560
tayyor mahsulot hamma turlarining harakati hisobga olinadi. Yoki “Mol
yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar” schyotida barcha
mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob hisobi yuritiladi.
Sintetik schyotlar yordamida amalga oshiriladigan hisob
sintetik hisob
deb ataladi. Lekin mablag‘larning holati va harakatini har tomonlama
nazorat qilish imkoniyati bo‘lsin uchun sintetik hisob ma’lumotlarigina
yetarli emas.
Analitik schyotlar deb, sintetik schyotlardagi ma’lumotlarni tafsilot-
lab, aniqlashtirib ko‘rsatuvchi schyotlarga aytiladi.
Analitik schyotlar – bu
ma’lumotlarni turli batafsilliklarda va turli o‘lchov birliklarida qayd etib
va
jamlab beruvchi schyotlar. Ular yordamida amalga oshiriladigan hisob
analitik hisob deb ataladi. Analitik schyotlar
korxonalar tomonidan
mustaqil ravishda ochiladi va yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: