Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet335/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

Subschyot – bu bitta sintetik schyot doirasida bir xil analitik 
schyotlarni qo‘shimcha guruhlash usulidir. 
Buxgalteriya schyotining schyotlar rejasi schyotlarning iqtisodiy 
mazmuniga karab turkumlarga ajratilishiga asoslanib ishlab chiqilgan. 
Buxgalteriya hisobi schyotlari tuzilishi va vazifalariga ko‘ra quyidagi 
guruhlarga bo‘linadi: 
Asosiy aktiv schyotlar guruhi moddiy va pul mablag‘larining 
harakatini, hamda debitorlar bilan hisob-kitob ishlarini olib borishga 
mo‘ljallangan (“Asosiy vositalar”, “Materiallar”, “Tayyor mahsulot”, 
“Kassa” va boshk.). 
Asosiy passiv schyotlar fondlar holatining o‘zgarishini, kreditorlar 
bilan hisob-kitob hisobini olib borishga mo‘ljallangan (“Ustav kapitali”, 
“Kreditorlar bilan hisob-kitob” schyotlari va boshk.). 
Tartibga soluvchi schyotlar hisobga olinadigan xo‘jalik mablag‘lari va 
ularning tashkil topish manbalarining bahosini tartibga solishga 
mo‘ljallangan schyotlardir (“Asosiy vositalarning eskirishi”, “Nomoddiy 
aktivlarning eskirishi”va boshk.). 
Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar guruhiga umumishlab chiqarish 
xarajatlari va boshqalar kiradi. 


561 
Kalkulyasiya schyotlari guruhi xarajatlar umumiy summasini aniqlash 
va tannarxni hisoblashga mo‘ljallangan (“Asosiy ishlab chiqarish”, 
“Yordamchi ishlab chiqarishlar” schyotlari va boshk.). 
Taqqoslovchi schyotlar guruhiga kiruvchi schyotlar bo‘yicha 
schyotning debet va kredit tomonlariga yozilgan yozuvlar taqqoslanib, 
xo‘jalik jarayonlarining natijalari aniqlanadi (moliyaviy natija schyoti). 
Balansga karab schyotlar ikkiga bo‘linadi. Balansda aks ettiriladigan 
va balansdan tashqari schyotlar. Balansda aks ettiriladigan schyotlarga 
korxonaga karashli mablag‘lar holati va o‘zgarishlarini hisobga olishga 
mo‘ljallangan schyotlar kiradi. Balansdan tashqari schyotlarga korxonada 
vaqtincha foydalanishda bo‘lgan mablag‘larni hisobga olish mo‘ljallangan 
schyotlar kiradi. 
Balansdan tashqari schyotlarda yozuvlar bir yoqlama aks ettiriladi. 
Bu schyotlar boshqa xech qanday schyotlar bilan aloka qilmaydi. Ularda 
ijaraga olingan asosiy vositalar, qayta ishlashga qabul qilingan xom ashyo 
va materiallar, vaqtincha saqlashga qabul qilingan moddiy boyliklar 
hisobga olinadi. 
Amalda qo‘llanilayotgan schyotlar rejasi buxgalteriya schyotlarini 
quyidagi guruhlarga bo‘ladi: 
Doimiy schyotlar, bu aktivlar, majburiyatlar va kapitallar schyotlari 
bo‘lib, bu schyotlarda buxgalteriya balansida aks ettiriladigan hisobot 
davri oxiriga qoldiq bo‘ladi. Doimiy schyotlar aktiv, passiv kontr-aktiv va 
kontr-passiv schyotlarga bo‘linadi. 
Aktiv schyot (A) – bu aktivlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan 
shunday schyotlarki, iqtisodiy resurslarning hisobot davri boshiga qoldig‘i 
va hisobot davridagi ko‘payishi schyotning debet tomonida aks ettiriladi. 
Passiv schyot (P) - bu majburiyat va kapitallarni aks ettirish uchun 
mo‘ljallangan schyot bo‘lib, unda majburiyat va kapitallar qoldig‘i va 
ko‘payishi schyotning kredit tomonida, kamayishi esa debet tomonida aks 
ettiriladi. 
Kontr-aktiv (KA) schyoti, bu shunday schyot bo‘lib, moliyaviy 
hisobotda sof aktiv qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig‘i, u bilan 
bog‘liq bo‘lgan aktiv schyot qoldig‘idan ayirib tashlanadi. 


562 
Kontr-passiv (KP) bu shunday schyot bo‘lib, moliyaviy hisobotda 
majburiyat yoki kapitalning sof qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig‘i 
u bilan bog‘liq bo‘lgan passiv schyot qoldig‘idan ayirib tashlanadi. 
Tranzit schyotlar (T) – bu moliyaviy natijalar haqidagi hisobotda aks 
ettiriladigan, hisobot davri oxirida yopiladigan va qoldiq summasi 
bo‘lmaydigan, hisobot davri davomida foydalaniladigan daromadlar va 
xarajatlar schyotlaridir. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling