Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

O‘zgaruvchan xarajatlar – bu ishlab chiqarish hajmining oshishi va 
kamayishigaga ko‘ra sarfi miqdor jihatdan bevosita o‘zgarib turadigan 
xarajatlar. Masalan, material sarfi bevosita ishlab chiqarilgan tayyor 
mahsulotning 
miqdoriga 
bog‘liq, ishbay ishlaydigan xodimga 
hisoblanadigan ish haqi summasi esa - uning ishlab chiqargan 
mahsuloti(bajargan ishi)ning miqdoriga bog‘liq. 
Shartli o‘zgarmas xarajatlar – bu ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga 
qaramasdan summasi o‘zgarmaydigan, lekinda nisbiy darajasi o‘zgarishi 
mumkin bo‘lgan xarajatlar. Misol qilib ishlab chiqarish qurollari va 
vositalari bo‘yicha shartnomaga asosan qat’iy summada to‘lanadigan ijara 
haqi, mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarini keltirish mumkin. Bunday 
xarajatlar miqdor jihatdan shartli o‘zgarmas, lekinda ishlab chiqarish 
hajmiga nisbatan darajasi o‘zgaruvchan xarajatlar hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish jarayonidagi roliga 
qarab 
ishlab 
chiqarish 
xarajatlari asosiy ishlab chiqarish, yordamchi ishlab chiqarish, umum 
ishlab chiqarish xarajatlariga bo‘linadi. 
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari deganda ishlab chiqarishning 
asosiy texnologik jarayonlarini bevosita olib boruvchi ishlab chiqarish 
sexlari xarajatlari tushuniladi. Bunday xarajatlarga asosiy sexlarning 
texnologik jarayonlarida mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarilishiga 
bevosita sarflangan xarajatlar kiradi. 
TAQSIMLANMAGAN FOYDA (TF) bu korxonaning ta’sischilari 
o‘rtasida taqsimlanmay qolgan sof foydasining summasi. 
TARIF TIZIMI tarif-malaka ma’lumotnomasi, tarif setkasi va tarif 
stavkasi kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. 
TARIF SETKASI -bu razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan tarif 
koeffisiyentlari ko‘rsatiladigan hujjatdir. 


564 
TARIF STAVKASI — ishchining razryadiga muvofiq unga ma’lum 
vaqt birligi davomida to‘lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda, tarif 
stavkasi birinchi razryad uchun belgilanib, qolgan razryadlar uchun esa 
birinchi razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar tarif koeffisiyentlariga 
ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling