Eganing ishtirokiga ko‘ra gap turlari reja: kirish asosiy qism


II.Egasiz gaplarning ikkinchi turi kesimdagi [Pm] ning xususiyatlari bilan bog’liq


Download 151 Kb.
bet3/6
Sana30.04.2023
Hajmi151 Kb.
#1410469
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
EGANING ISHTIROKIGA KO‘RA GAP TURLARI

II.Egasiz gaplarning ikkinchi turi kesimdagi [Pm] ning xususiyatlari bilan bog’liq.
1.керак, lozim, mumkin, zarur, darkor, muhim, shart, joiz, farz kabi kesimlik so’zlari harakat nomlari bilan kesim mavqeida kelganda, egasiz gaplar vujudga keladi. Bunda [Pm) tarkibidagi uchta - mayl, zamon, inkor, tasdiq turli shakl va ma‘nolarda bo’lib, ularning shaxs-son shakli III shaxs birlikda bo’ladi. 1.Bu haqda boshqarmada tashkil etilgan «ishonch telefonlari» orqali batafsil javob olish mumkin. 2.Bu topshiriqni bajarish shart. 3.Ustozlar ishini har doim davom ettirmoq va rivojlantirmoq kerak.
Bu gaplar kesimidagi mumkin, shart, kerak kesimlik so’zlari Pm dagi mayl ma‘nosi ifodalovchilari bo’lib, ulardan keyin zamon va tasdiq, inkor ma‘nolarini ifodalovchi vositalar keladi.
2.Kesimi «fe‘lning III shaxs shart mayli+bo’ladi» qurilmasi asosida ifodalangan gaplar ham o’zbek tilida egasiz gaplarni hosil qiladi. 1.Hosilni o’n-o’n besh kunda yig’ib olsa bo’ladi.3.Bu ig’voning sabablarini tahlil qilsa bo’ladi.
Bunda kesimlarning yig’ib ol, tahlil qil qismlari W (lugaviy birlik) va -sa bo’ladi qismlari esa Pm voqelanishlaridir.
3.Kesim ravishdoshning -(i)b shakli va bo’lmoq fe‘lining turli ko’rinishlari bilan ifodalanganda ham egasiz gaplar vujudga keladi. 1.Bu xatning mazmunini birovga aytib bo’lmaydi.(A.Q) 2.Falakka qo’l uzatib, shamsi anvarni olib bo’lmas. (Mashrab). Bu kesimlarda aytib bo’l, olib bo’l qismlari W va -maydi, -mas qismlari Pm takomilidadir.
III. O’zbek tilidagi atov gaplar egasiz gaplarning o’ziga xos turini namoyon qiladi.1.Keng sahro. Quruq cho’l. Suv manbalaridan darak yo’q. 2.Yoqimli ohang. Zavqli qo’shiqlar. Anorxon yo’llaridan to’xtab tinglaydi.(I.R) Bu gaplar bir qarashda kesimsiz, faqat egadan iborat gaplardek tasavvur uyg’otadi. Biroq gaplarni zamonlar bo’yicha paradigmaga solsak, quyidagi ko’rinish hosil bo’ladi:
Keng sahro - Keng sahro edi.
Tun - tun edi.
Demak, atov gaplar hozirgi zamon ko’rinishidagi kesimlardan iborat egasiz gaplardir. Qiyoslang:
1.Navbahor, ochildi gullar,sabza o’ldi bog’lar. (Muqimiy)
2.Hamon yodimdadir, gul chog’i erdi.
3.Ko’rishgan maskanim, gul bog’i erdi. (I.Sulton)
IV.Semantik-funktsional shakllangan gaplar ham egasiz gaplarning alohida ko’rinishidir. 1. -Bugun bormoqchimisan? -Ha. 2.-U ham bormoqchimi? -Yo’q. 3.-Kitobni olasanmi? - Bo’lmasamchi! 4.Nasriddin xaltani uloqtirib yubordi: Ma! Sen to’y! (Afandi latifalaridan). 5. Salom, - dedi ko’rish bilan hamma birdan. Qo’llar o’tdi biqinlarining orasidan. (G’afur G’ulom.)

Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling