Eganing ishtirokiga ko‘ra gap turlari reja: kirish asosiy qism


Download 151 Kb.
bet4/6
Sana30.04.2023
Hajmi151 Kb.
#1410469
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
EGANING ISHTIROKIGA KO‘RA GAP TURLARI

Egali gaplar. Egasiz gaplar tilimizda chegaralangan bo’lib, ular egali gaplarga nisbatan juda kam miqdorni tashkil etadi. Egali gaplar esa tilimizning me‘yoriy xossasidan biridir. Chunki gap markazini tashkil etuvchi kesimning tarkibidagi Pm (kesimlik kategoriyasi)ning qismlaridan biri shaxs-son ma‘nosi bo’lib, u hamisha o’zining to’dirilishini, muayyanlashtirilishini talab qiladi. Bu esa gaplarning egali bo’lishini taqoza qiladi.
Yuqorida aytilganidek, o’zbek tilidagi gaplarning lisoniy strukturasi uch uzv (ega, hol, kesim) dan iborat bo’lib, egali gaplarda ega pozitsiyasi bo’sh bo’lmaydi, to’ldirilgan bo’ladi. U nutqda esa yuzaga chiqqan hol, yuzaga chiqqan kesim bo’lishi mumkin. Quyidagi ikki gapni qiyoslang:
1.Men kitobni o’qidim.
2.Kitobni o’qidim.
Har ikkala gap ham [Ye-N-Pm] qolipi hosilasi bo’lib, ularning kesimidagi Pmga xos shaxs-son qo’shimchalari ega, uning tabiati (qaysi shaxs, son) haqida to’liq axborot berib turibdi. Har ikkala gap uchun ham ega I-shaxs birlikdagi kishilik olmoshidir. Biroq, ulardan birinchisida bu lisoniy to’liqlik (ega pozitsiyasining bo’sh emasligi) nutqda namoyon bo’lgan, ikkinchisida esa nutqiy ehtiyoj bo’lganligi tufayli namoyon bo’lmagan. Ko’rinadiki, har ikkala gap ham lisoniy egali, ega pozitsiyasi to’ldirilgan gap qismining hosilasidir.
Egasi ifodalangan (nutqda namoyon bo’lgan) gaplar.
Egasi ifodalanmagan (nutqda namoyon bo’lmagan) gaplar.
Egasi ifodalanishi ixtiyoriy bo’lgan gaplar.
Egasi ifodalangan gaplar. Kesimdagi W, Pm xususiyatlari va ularning o’zaro munosabati tufayli nutqda eganing tushirib qoldirilishi mumkin bo’lmaydi. Bunda ham eganing nutqiy voqelanishini zarur qilib qo’yadigan:
Wga bog’liq omillar.
Pm ga bog’liq omillar mavjud.
I. Kesimdagi [W] ga bog’liq holda ega ifodalanishining zarurligi.
1.Kesimning [W] qismi vazifasida frazema (ibora) kelganda, egani tushirib qoldirishning iloji yo’q.1.Bu voqeadan Jamshidning kapalagi uchib ketdi.(Gazetadan.) 2.Markazga kelib, bo’lib o’tgan voqealarning butun tafsilotini eshitgan Qalandarovning fig’oni falakka chiqdi.
Bunda ega ifodalanishining zarurligi, ko’rinib turibdiki, gapning qolipiga
emas, balki iboralarda ega bilan kesim aloqasining o’ta zichligi, iboralarning barqaror hodisa ekanligi bilan bog’liqdir.
2.Ma‘lumki, ayrim xollarda o’timli fe‘llarning semantikasi ularning vositasiz to’ldiruvchi bilan kompletiv (o’ta zich) aloqa bo’lishini taqozo qila (masalan, kuzatmoq, ko’rmoq, aytmoq). Bu so’zlarning ob‘ekt valentligi (tushum kelishigidagi kengaytiruvchisi) zaruriydir. Shu boisdan fe‘l majhul nisbatga o’tgach, ularning vositasiz to’ldiruvchisi egaga aylanadi, shuningdek, mazkur kompletiv aloqa ham saqlanib qoladi, avval to’ldiruvchi, endi esa eganing ifodalanishi zarur bo’lib qoladi. 1.Oqibat, hozirgacha ham ayrim fuqoralar, ayniqsa, yoshlar orasida ikkilanishlar, hatto muxolifat tomoniga og’ib ketish kabi achinarli hollar kuzatilmoqda. (Gazetadan) 2.Natijada ko’plab fuqoralar uchun buzg’unchi muxolifatning asl basharasi, uning maqsad va vazifalari mohiyati, kirdikorlari to’laqonli bayon etib berilmadi. (Gazetadan.) 3.Yig’inda fermer xo’jaliklari taraqqiyoti uchun mahalliy fermerlar tomonidan qo’yilayotgan sun‘iy g’ovlarning sabablari ham aytildi. (Gazetadan.)
3.Kesimning [W] qismi taqlid so’zlardan yasalgan fe‘llar ham eganing ifodalanishini taqozo etadi. 1.Eshik taq-taq qildi. 2.Yuragim shuvillab ketdi. 3.Qarg’a qag’illaydi.
Tabiat hodisalarini ifodalovchi ayrim fe‘llar ham eganing mazmuni bilan o’ta zichlashib ketganligi bois nutqda eganing tushib qolishiga yo’l qo’ymaydi: Tong otdi. Kun botdi. Chaqmoq chaqdi. Qorong’i tushdi.


Eganing ishtirokiga ko'ra sodda gapning turlari
Gapning egasi bor yoki yoq bolishi mumkin. Shunga kora:
egali (shaxsli) gap;
egasiz (shaxssiz) gap farqlanadi.


Egali gap – egasi ifodalangan gap. Bunday gapning egasini kesim orqali soroq berish yoli bilan tiklash mumkin va u gapda mavjud boladi: 1. Salim shu vazifani bajarishi shart. 2. Bugun Samarqandga boramiz (biz).


Egali gap oz ornida ikkiga ajraladi:
egasi voqelangan gap: Salim shu vazifani bajarishi shart;
egasi yashiringan gap: 1. Bugun Samarqandga boramiz (biz). 2. Sozimning ustidan chiqaman (men). 3. Oylab korsin (u) 4. Hurmat qilsang, hurmat topasan (hamma).


Egasi yashiringan gap quyidagi turga ega:
egasi (shaxsi) ma’lum gap;
egasi (shaxsi) umumlashgan gap;


Egasi ma’lum gapda egani kesimdagi shaxs-son qoshimchasi orqali tiklasa boladi.
Bunday gapning kesimi, odatda, I, II qisman III shaxsda boladi: 1.Masalani yechdingizmi? 2. Shaftolizor boglarni kordim. 3. Derazadan kochaga tikilgani tikilgan.


Egasi umumlashgan gapda ega ikkinchi va uchinchi shaxsga qaratilgandek bolsa-da, aslida hamma uchun umumiy boladi. Bunday eganing umumlashishi maqol, matal, hikmatli ibora, odat tusiga kirgan rasm-rusumni bayon etuvchi gapda uchraydi: 1.Hurmat qilsang, hurmat topasan. 2.Sogliq tilasang ko`p yema. 3. Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar. Avtobusga orqa eshikdan kiriladiHar qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat butunlik bo’lishiga qaramasdan, yaqin yillargacha sintaktik tadqiqotlarda, asosan, gapning shakliy tomoniga e’tibor berilgan. Faqat ayrim o’rinlardagina (masalan, gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlarini belgilashda ikkinchi darajali bo’laklarning ichki tasnifida) mazmun tomoniga murojaat qilindi. Hozirgi kunda gap mazmunini o’rganuvchi mazmuniy sintaksis deyarli hamma tilshunoslar tomonidan e’tirof etilgan bo’lsa ham, ammo mazmuniy sintaksis maqomi masalasida bir xillik yo’q. Ular orasida ikki qaramaqarshi qo’nalish ajralib turadi. Birinchi yo’nalish tarafdorlari gapning zaruriy unsurlarining grammatik ma’nosiga asoslanadilar.
Bu yo’nalishda gapning xar bir tuzilish tarixning umumiy grammatik ma’nosini topishga xarakat qilinadi va tuzilish tarixining umumiy grammatik ma’nosi doirasida mazmuniy tuzilish aniqlanadi. Ularning fikriga ko’ra, mazmun grammatik shakllanmay, o’z xolicha mavjud bo’lmaydi. Shuning uchun gapning barcha sintaktik xususiyati gap mazmunining ifodachisi bo’lib xizmat qiladi.
Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari gapning nominativ minimumi uzvlarining leksik ma’nolariga asoslanadi. Bunga muvofiq, gapning mazmuniy tuzilishi tuzilish tarxlari doirasida emas, balki undan tashqarida ajratiladi. Tuzilish tarxlari va mazmuniy tuzilish bir-biri bilan kesishmaydigan yonma-yon qatorlarga teriladi.
O’zbek tilida gaplar grammatik asoslarining miqdoriga ko’ra 2 ga bo’linadi: Sodda va qo’shma: Bu shaharda tanish bilish yo’qligi Mirzayevga shu bugun bilindi. Kampirning ko’zlarini allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.
Sodda gaplar eganing ishtirok etish etmasligiga ko’ra 2 xil bo’ladi: Egasi mavjud gaplar va egasiz gaplar: Biz yangi filmni tomosha qildik – yangi filmni tomosha qildik.
Sodda gaplar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirokiga ko’ra 2 ga bo’linadi: sodda yig’iq gap (Kamola kirib keldi), sodda yoyiq gap: (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi).
O’zbek tilida gapda so’zlar o’zaro grammatik munosabatga kirishib gap bo’laklarini hosil qiladi. Har bir gap bo’ladi boshqa gap bo’laklari bilan bo’lgan grammatik munosabatiga ko’ra belgilanadi, ya’ni har bir gap bo’lagi o’zi munosabatga kirishgan so’z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo’ladi: Dildora kechagi uchrashuv haqida zavqlanib gapirdi – bu gapda so’zlar qo’yidagicha sintaktik aloqaga kirishgan: 1. Dildora gapirdi. 2. Zavqlanib gapirdi. 3. Uchrashuv haqida gapirdi. 4. Kechagi uchrashuv.
Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish harakatning bajaruvchisini ko’rsatadi. Kesim qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: fe’l kesim, ot kesim. Tuzilishiga ko’ra esa sodda kesim va murakkab kesimga bo’linadi.
Fe’l kesim qo’yidagi ko’rinishlarga ega:
A) sof fe’l kesim: Men maktabga boraman.
B) Ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Motor gurullab, mashina oldinga intildi.
S) Sifatdosh bilan ifodalangan kesim: It xurar – karvon o’tar.
Fe’ldan boshqa so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so’z, harakat nomi) bilan ifodalangan kesim ot kesimdir:
A) Yaxshi ro’zg’or – jannat, yomon ro’zg’or – do’zax.
B) Usti yaltiroq, ichi qaltiroq.
S) Birniki – mingga, mingniki – tumanga.
D) Maqsadim – shu.
E) Sizdan umidim ko’p.
Yo) Mening g’am ulug’ niyatlarim bor.
Murakkab kesim ikki yoki undan ortiq so’z bilan ifodalanadi: Ayozli kunlar asta-sekin o’tib borayotir.
Murakkab ot kesimlar ot+bog’lama vazifasida kelgan yordamchi fe’l yoki ko’makchi fe’l tarzidagi qo’shilishdan hosil bo’ladi. Bunda asosiy ma’no otdan anglashiladi. Bog’lama kesim bilan egani bog’lovchi so’zlardir. Ular mustaqil ma’nosini to’la yoki qisman yo’qotib, yordamchi vazifaga ko’chgan so’zlardir. Bularning vazifasi fe’l bo’lmagan so’zlar bilan qo’shilib, kesimni shakllantirishdir, ya’ni mayl, zamon, shaxs son ma’nolrini ifodalashdan iborat. Kesimni shakllantirishga hizmat qiladigan bunday bog’lamalar bo’l - , qil - , edi, ekan, emish, hisoblan-, sana – kabi yordamchilardir. Kerak, zarur, darkor so’zlari ham bog’lama vazifasida qo’llanadi.
Xursand edi, qiziqarli bo’ldi, Yaxshilik qil, obod qildi, ozod bo’ldi, oz emish, xursand bo’ldi, to’g’ri chiqdi, ko’p edi.
Kesim birikmalar va iboralar bilan ham ifodalanadi. Kengaygan birikma va iboralar gapda yaxlit xolda bitta gap bo’lagi bo’lib keladi va o’z ichida boshqa bo’laklarga ajratilmaydi: Vazifamiz – bilim maskanlarida hamisha a’lo o’qish. Tarixni o’rganishdan asosiy maqsad – milliy o’zligimizni chuqurroq anglash.
Baquvvat xotiraning mohiyati – unutmaslik. Komil insonlardagi olijanob hislat – o’tmishni unutmaslik.
Ega va kesim gapning grammatik asosidir. Gapni gap bo’laklariga ajratishda bir necha usullardan foydalaniladi. Ulardan ko’p qo’llaniladigani gap tarkibidagi so’zlarga so’roq berishdir. Ammo bu usul har doim ham o’zini oqlamaydi. Chunki gapda so’roqqa javob bo’la oladigan, amo gap bo’lagi vazifasida kelmaydigan bo’laklar – undalmalar ham ishtirok etadi. Masalan: Bolalar, ilm olish – yuksalishdir. Gapida bolalar so’zi so’roqqa javob bo’lsada lekin gap bo’lagi vazifasida kelmagan. Shuningdek gapni gap bo’laklariga ajratishda ularning grammatik shakliga ham e’tibor beriladi. Ammo bu usul ham to’liq o’zini oqlamaydi. Masalan, qaratqich kelishigidagi so’z qaratqichli aniqlovchi vazifasinibajarishi mumkin, ammo jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigidagi so’zlar to’ldiruvchi ham, hol ham bo’lishi mumkin: Paxtani zavq bilan terdim – paxtani mashina bilan terdim. Sen nimaga kechikding – suvni nimaga quymoqchisan.
Ba’zan gap bo’laklarini belgilashda uning qaysi so’z turkumiga taalluqli ekanligi ham e’tiborga olinadi. Lekin bu usul ham to’liq asos bo’la olmaydi. Chunki biror bo’lak aynan bir so’z turkumi bilan har doim ham ifodalanavermaydi. Shuning uchun gapni gap bo’laklariga ajratishda tobe aloqa asosiy vositadir.
Ega quyidagi so’z turkumlari bilan ifodalanadi:
Yo’lchi o’rnidan turdi.
Mard maydondda bilinar.
To’qqiz uchga kasrsiz bo’linadi.
Men mnstitutda o’qiyman.
Tirishgan tog’dan oshar.
So’zlagandan so’zlamagan Yaxshiroq.
Taraq-turuq o’zgarishsiz davom etadi.
Uzoqdan yosh bolaning dod-voyi eshitildi.
Burgaga achchiq qilib kurpani kuydirish sizga yarashmaydi.
“Edi” – to’liqsiz fe’l.
“A” – unli tovush.
Extiyot bo’ling, tag’in ketidan “lekin”i chiqib qolmasin.

Masalan: 1. Korxona ilg’orlariga mukofotlar topshirildi. 2. Sport zalida bolalar badantarbiya bilan shug’ullanadilar. 3. O’tkazilgan sayr sizda qanday taassurot qoldirdi? 4. Sinfingizda kimlar o’qish va intizomda boshqa o’quvchilarga namuna bo’lmoqda? 5. Bolalar, gullarni parvarish qilib tkring. 6. O’quvchilar uzrsiz dars qoldirmang.


Biz gap yordamida biror narsa haqida xabar beramiz, so’raymiz, iltimos qilamiz, buyuramiz, o’zimizning fikrimizni, tuyg’umizni, istagimizni boshqalarga bildiramiz.
Gap tugallangan fikr, mazmun bildiradi, anglatgan mazmuniga mos ohang bilan o’qiladi (aytiladi).
Gapda so’zlar bir-biri bilan grammatik bog’lanadi. Gapning asosini bosh bo’laklar – ega va kesim tashkil qiladi.
Berilgan so’zlarni bir-biri bilan bog’lab gap tuzing:


  1. Download 151 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling