Egey madaniyati. Gomer davri yunonistoni


Egey madaniyati va uning kelib chiqish


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1619697
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Egey madaniyati. Gomer davri yunonistoni

1.2. Egey madaniyati va uning kelib chiqish. 
 
Kritmiken madaniyati — Kiklad, Krit o., Yunonistonning materik qismi va 
Kichik Osiyo (Gʻarbiy Anadolu)dagi jez davri tamaddunining umumiy nomi 
(miloddan avvalgi 3—2ming yillik). Uning asosiy markazlari Miken (G.Shliman) 
va Krit (A.Evans)dagi qazishmalar natijasida ochilgan. Bir qancha lokal arxeologik 
madaniyatlarga ajratilgan: Kritdagi madaniyat, orolning afsonaviy podshosi 
Minosning nomi bilan Minoy madaniyati deb atalgan; Yunoniston materik 
qismining turli qismidagi madaniyatlar — fessaliya, makedon, ellada madaniyatlari; 
Kichik Osiyodagi — gʻarbiy anadolu madaniyati; Kikladdagi — kiklad madaniyati 
deb nom olgan. Egey madaniyati 3 davrga boʻlinadi: ilk (ellada madaniyati uchun 
— miloddan avvalgi 3000— 2100/1900-yillar, minoy madaniyati uchun — 
miloddan avvalgi taxminan 3000—2200-yillar), oʻrta (tegishli ravishda, miloddan 
avvalgi taxminan 2100/1900—1580-yil va miloddan avvalgi taxminan 2200—1700-
yillar), soʻnggi (tegishli ravishda, miloddan avvalgi taxminan 1580— 1200-yillar va 
miloddan avvalgi taxminan 1700— 1150-yillar). Gʻarbiy Anadolu va Oʻrta 
Yunoniston madaniyatlari mahalliy neolit davri madaniyati, Egey dengizi sharkiy 
qismidagi orollar madaniyati asosida vujudga kelgan va Troya madaniyati taʼsirida 
taraqkiy etganlar. Egey madaniyati notekis rivojlangan. Uning markazlari turli 
davrda yuksalish va tanazzul davrini kechirgan. 
Ingliz arxeologi A. Evans Egey madaniyati boʻyicha tadqiqot ishlari olib 
borib, koʻp jildli ilmiy asarlar yaratgan. Egey madaniyati ga oid piktografik 
yozuvlarni oʻrgangan. 
Egey madaniyatiga oid obidalar mahalliy aholining Misr va Odd Osiyo bilan 
yaqin aloqada boʻlganini koʻrsatadi (Misr va Suriyada Egey sanʼati yodgorliklari, 
Krit o.da esa Misr va Old Osiyo sanʼati namunalari topilgan). Krit sanʼati oʻziga 
xosligi bilan ajralib turadi. Egey madaniyatining muhim markazlaridan biri Knos 
shahridagi Hukmdorlar saroyi (taxminan miloddan avvalgi 2000-yildan soʻng) 
qoldiqlari saqlangan. Saroy murakkab tarhli (16 ming m2ga yaqin maydonini 
egallagan), koʻp marta qayta qurilgan, 3 qavatli boʻlib, xonalar ustunli, tor hovlili, 


10 
yuqori qavatlarga zinapoyalardan chiqilgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 1-
yarmiga mansub kichik saroy, podsho villasi, karvonsaroy, 2—3 qavatli turar joylar 
qazib oʻrganilgan. Knos, AgiaTriadada mineral boʻyoq bilan ishlangan freska 
qoldiqlari topilgan, ularda akrobatika oʻyinlari, suhbatlashayotgan ayollar, hayvon, 
oʻsimliklar aks ettirilgan. Ayniqsa, Krit vaza rassomligi diqqatga sazovor. Suyak 
haykalchalar koʻp ishlangan. Miloddan avvalgi 3-ming yillik va 2-ming yillikning 
boshlarida Kikladda marmar ayol haykalchalari ishlash, sopol idishlar sanʼati 
rivojlangan. Tirinf akropoli — mustahkamlangan tepalik (miloddan avvalgi 2-ming 
yillikning oʻrtalari)da bino qoldiqlari saqlangan; bu bino qadimiy yunon 
ibodatxonalariga namuna boʻlgani koʻrinadi. Devoriy rasmlarda jang lavhalari aks 
ettirilgan. Mikenda relyef bilan bezatilgan "Sherdor darvoza", usti tuproq bilan 
gumbazsimon qilib yopilgan maqbara saqlangan. Maqbaralardan topilgan oltin va 
kumush bezak buyumlari zargarlik rivojlanganligidan darak beradi. Miloddan 
avvalgi 2-ming yillikning oxirlarida doriy qabilalari hujumi oqibatida Egey 
madaniyati markazlari vayron qilingan. Egey sanʼati yunon sanʼatiga samarali taʼsir 
koʻrsatgan. 
Miken madaniyati ilk Miken (er.avv.1700 yillarga yaiqn 1550 yillargacha). 
O’rta
Miken (1550-1400), so’nggi Miken (1400-1200) davrlariga bo’linadi.
Er. avv. III ming yillik oxirlarida Bolqon Yunonistonida qabilalarning ko’chishi
bilan jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. Taxminlarga
ko’ra bu vaqtda Sharqiy O’rta Yer dengizi qirg’og’ida hind-yevropa tillarida
so’zlashuvchi 
etnik 
guruhlar 
paydo 
bo’ladi.
Er. avv. II ming yillik boshlarida kulolchilikda, kumushga ishlov berish
ishlarida, urf-odat, an’analarda (jumladan, uy ichida, pol ostida yoki devor orasida
bolalar qabri) yangi jihatlar paydo bo’ladi. Yangi etnik birliklar eskilari bilan
aralashaib yangi moddiy va ma’naviy madaniyatini vujudga keltirdilar.
Taxminan, er. avv. XVIII asr oxirlarida Bolqon Yunonistonida
mustahkamlangan kichik-kichik qishloqlar ko’plab paydo bo’ladi. Qabrlarda metall
qurollar uchramaydi. Bolqon Yunonistonini Kritdan (qabrlarda krit ko’zalari, krit


11 
namunasiga taqlid qilib yasalgan sopol buyumlar) boshqa hududlar bilan aloqalar
deyarli yo’q. Er. avv. 1600 yillar atrofida Kritda yuksak rivojlangan madaniyat
mavjud bo’lgan paytda Bolqon Yunonistonida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi.
Markaziy va janubiy Yunoniostonda qudratli markaz Mikena shahri va boshqa ilk
shaharlar shakllana boshlaydi.
Egey havzasida 400 yil davomida bir xil madaniyatni mavjud bo’lishi uni 
shartli
ravishda “Miken” madaniyati deb atalishiga sabab bo’ldi. Mikena siyosiy markaz
sifatida o’z hukmronligini keng qamrovda amalga oshira olmadi. Faqat Mikenada
olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Mikena madaniyatiga mansub
inshootlar qazib ochilgan. 1876 yilda arxeolog G.Shliman Mikenada qoyaga 
o’yilgan shaxta tipidagi qabrlarni topdi. Qabrlarda kumush va oltin bilan bezatilgan 
bronza (jez) qilichlar, oltin va kumush qadahlar, tilla niqoblar va boshqa buyumlar 
topildi. 
Qabr 
toshlarida 
ov 
va 
jang 
lavhalari 
tasvirlangan.
Er. avv. XV asrdan boshlab Mikenada va Yunonistonning boshqa viloyatlarida
gumbazli qabrlar rasm bo’la boshladi. Bunday qabrlarda hokimlar dafn qilingan.
Mikenadagi mashhur “Agamemnon qabri” hashamatli va ulug’vor qilib qurilgan. 5
metrgacha balandlikda bo’lgan og’ir eshiklar, usti har biri taxminan 120 tonna
keladigan ikki xarsang tosh bilan yopilgan. Qabrlarda ko’p miqdorda qimmatli
buyumlar 
qurol-yarog’lar 
topilgan. Mikena madaniyatining kulolchilik 
mahsulotlari. 
Rodos, Kipr, Kichik Osiyo, Misr, Sitsiliya va Janubiy Italiyaga chiqarilgan. 
Bolqon Yunonistonida Er. avv. 1400 yildan boshlab mustahkamlangan qo’rg’onlar 
(Terin, 
Mikena, 
Afina, 
Fiva, 
Iolik) 
paydo 
bo’ladi. 
Mikena san’ati ko’p jihatdan Krit madaniyati bilan o’xshash. Mikena tasviriy
san’atida mavhum va o’simliklar tasviri, hashamatli kiyingan kishilarni bir xildagi
tantanali yurishlar, tasvirlarda statiklik, shartlanganlik hukm suradi. Bu davrda
monumental me’morchilik mavjud emas. Diniy tasavvurlar to’g’risida ma`lumotlar
juda kam. Diniy rasm-rusmlar gemma va muxrlarda ifodalangan, joylarda diniy
topilmalar 
mehroblar 
topilgan. 


12 
XX asrning 60 yillarida Mikena akropolida (mustahkamlangan qalba) diniy
marosimlar bajariladigan markaz topildi. Markazda qo’llarini yuqoriga ko’targan 
16 ta loy haykalcha, loydan yasalgan ilonlar va mexrob bor. Muqaddas joy yaqinida
turar joy binosi bo’lib, tadqiqotchilarning fikricha bu binoda bosh kohin yashagan.
1953 yil ingliz olimlari Ventris va Chedvik Mikena saroylari buyumlarida sanoq
hisob-kitoblar to’g’risida ma’lumot beradigan loy taxtachalardagi mikena 
yozuvlarini o’qidilar. 
Er. avv. 1000 yillikni oxirida Kipr Kichik Osiyodagi panfiliyalik axeylar
tomonidan o’zlashtiriladi. Er. avv. XIV asrda Kichik Osiyoda Axaya davlati 
mavjud bo’lgani to’g’risida mixxat yozuvlari ma’lumot beradi. Xett manbalarida 
(XIV-XIII asrlarda) Axaya deb atalgan davlatni tadqiqotchilar Bolqon yarim oroli 
Kichik 
Osiyo 
va 
Rodos 
orolida 
deb 
turli 
farazlar 
qiladilar. 
Er. avv. XII asr boshida Sharqiy O’rta yerdengizining osiyo qirg’og’ida
filimstinlar deb atalgan xalqlar o’rnashadi. Ularning manzilgohlarida bu erda ilgari
bo’lmagan shu yerning o’zida ishlab chiqarilgan mikena sopol buyumlari ko’plab
topilgan. Bu vaqtda Bolqon Yunonistoniga shimoldan turli qabila guruhlari
migratsiyasi boshlanadi. Yodgorliklarda moddiy – ma’naviy madaniyatning
tushkunligi ko’rinadi. Bu vaqtdan boshlab lekin temir o’zlashtirila boshlanadi. Eng
avvalo Peloponnes yarim oroli va Kritga doriylar kelib o’rnashadilar. Troya urushi
to’g’risida muammoli fikrlar juda ko’p. Qadimgi Troya Kichik Osiyoda joylashgan
bo’lib, yer er. avv. 3000-yillik atrofida bronza asrida o’zlashtiriladi. Lekin bu Troya
Mikenadagi shaxta qabrlaridan yosh jihatdan 600 yil katta bo’lgan va Bolqon yarim
XIX asrdan so’ng Egey dengizi orollarida ham faol arxeologik qazilma ishlar
olib borildi. Ingliz arxeologik ekspeditsiyasi Antikoros orolida bronza davri
yodgorliklarini topdi. Shundan so’ng Melos, Seros, Spornos, Loros, Naksos
orollarida arxeologik qazish ishlari olib borildi. 1967 yil arxeologlar Fera oroligidan
Akrotir shahrini topishdi. Uni Egey Pompeyasi deb atashgan. 1932 yil yosh 
yunon arxeologi Spiridan Marinotos Minos orolining yirik porti Amnissni topdi. U
arxeologik ishlarda Strabonning “Geografiya” asaridan keng foydalandi. 


13 
Kiklada Krit shimolidagi Egey dengizidagi ko’pgina orollar majmuasidir. Ularni
greklar “kikladalar” ya’ni aylana deyishgan. Kiklada madaniyati uch yirik davrga
bo’linadi:

Qadimgi kiklad davri (2700-2300)

O’rta kiklad davri (2300-1500)

So’ngi kiklad davri (1500-1100) 
Kiklad madaniyati bronza davri madaniyati bo’lib orollardan bronzadan
yasalgan mehnat qurollari, sopol buyumlar, zeb-ziynatlar topilgan. Rassomchilikda
freska tasvir san’ati yuksak rivojlangan. Eng mashhur freskalar “Ikki ayol jangi” va
“antilopalar” tasviridir. Kiklad madaniyati shakllarida Kichik Osiyo orollari muhim
ahamiyat kasb etgan. 
Miloddan avvalgi III ming yilliklar boshlariga kelib keyingi davr, 
umuminsoniyat madaniy taraqqiyotiga kuchli ta‘sir ko`rsatgan qadimgi yunon 
madaniyatining kurtaklari paydo bo`la boshlagan. Bu madaniyatning yuksak 
darajada rivojlanishi qo`shni davlatlar, ayniqsa, qadimgi Rim madaniyatining 
yuksalishiga sabab bo`lgan. 
Qadimgi yunon madaniyati o`zining ulug`vorligi, nafisligi, qamrab olgan 
ko`lamining kengligi bilan hozirgacha kishilarni hayratlantirib keladi. Qadimgi 
yunonlar tomonidan vujudga keltirilgan madaniyat inson tafakkurining naqadar 
kengligi va bitmas-tuganmasligini ko`rsatib berdi. Hozirgi zamon san‘ati va 
adabiyotining ko`pgina tur va janrlarining shakllanishiga sabab bo`ldi. 
Yunon madaniyati o`sha davr kishilarining his-tuyg`ulari, intilishlari-yu, 
orzu-umidlari va ruhiy holatlarining ifodasi sifatida shakllangan. Yunonistonlik 
buyuk tafakkur egalari g`oyaviy va badiiy jihatdan yuksak darajadagi asarlar 
yaratishib, insoniyat uchun abadiy muammo hisoblangan vatanparvarlik, jasurlik, 
insoniy qudrat, kurashchanlik kabi hislatlarni madh etishib, pastkashlik, qurqoqlik, 
sotqinlik kabilarni qoralaganlar. 
Qadimgi yunon madaniyati inson badiiy tafakkurining shunday cho`qqisiga 
chiqqanki, butun Yevropa xalqlari o`z madaniyatlarini taraqqiy ettirishda mazkur 
xalq madaniyatiga etalon sifatida qaraganlar. Hatto diniy mutaassiblik hukmronlik 


14 
qilgan O`rta asrlarda ham Yevropa madaniyati qadimgi yunon madaniyatidan kuch 
olgan. 
Uyg`onish davrida esa Yevropa xalqlari antik davr/,,antik"so`zi lotincha 
so`zdan olingan bo`lib, ,,qadimgi"degan ma‘noni anglatadi/ madaniyatidan madad 
olib butun Yevropani chulg`ab olgan mutaassiblik va xurofotga qarshi kurashganlar. 
Qadimgi yunon madaniyatining taraqqiyot bosqichlari to`g`risida to`liqroq 
tasavvurga ega bo`lish uchun uni davriylashtirib o`rganish muhim ahamiyatga ega. 
Chunki, har bir tarixiy-madaniy bosqichda bir-biridan farqlanib turadigan 
mazmunan boy va g`oyaviy jihatdan mukammal madaniy boyliklar yaratilganligi 
ko`zga tashlanadi. 
Qadimgi yunon madaniyatini o`rganar ekanmiz quyidagi bosqichlarning 
madaniy hayoti va ma‘naviy-badiiy tafakkurining asosiy jihatlarini tahlil qilamiz. 
Qadimgi yunon madaniyatining dastlabki bosqichi ,,Krit-Mikena" yoki 
Egey madaniyati deb nomlanadi. Bu davr madaniyati asosan mil.avv.II ming 
yilliklarda juda katta ko`tarilishta ega bo`lib, bir muncha sodda ko`rinishda bo`lsa-
da arxitektura, tasviriy san‘at, haykaltaroshlik va diniy qarashlarda o`z aksini 
topgan.
Krit madaniyati mil.avv. III - II ming yilliklarda shakllanish jarayonini 
boshdan kechiradi va mil.avv. XVI asrdan boshlab Gretsiyaning quruqlikdagi 
hududlari, ayniqsa, Mikena madaniyatiga kuchli ta‘sir ko`rsatadi. Krit orollari va 
quruqlik-Elladada /Mikena deb ham yuritiladi/ olib borilgan arxeologik qazishmalar 
natijada topilgan ko`plab ashyoviy dalillar qadimgi yunon madaniyatining qay 
tarzda rivojlanganligini ko`rsatadi.
Mazkur bosqichning ,,Krit-Mikena"deb atalishiga asosiy sabab, ingliz 
arxeologi A.Evans XIX asrning 90 yillarida Krit orollarida katta qazishma ishlarini 
olib bordi. Natijada nemis arxeologi G.Shliman tomonidan 1874 yilda 
Peloponnesning shimoliy-sharqiy qismi - Mikeanada topilgan madaniy qatlamdan 
ham ko`ra qadimiyroq bo`lgan madaniy qatlamni ochadi. Shu boisdan, XX asrning 


15 
birinchi o`n yilliklaridan boshlab ilmiy adabiyotlarda ana shu ikkala hudud nomidan 
kelib chiqib, , ,Krit-Mikena madaniyati'' atamasi ishlatila boshlangan.
Taxminan,mil.avv.II ming yillikda qurilgan Knoss saroyi qoldiqlari qadimgi 
Kritda arxitektura, tasviriy san‘at ancha Rivojlanganligini ko`rsatadi. A.Evansning 
ko`rsatishicha, Knoss saroyi uch va hatto to`rt qavatli qilib qurilgan. Saroy 
markazida xalq yig`inlari o`tkazilib turiladigan zal mavjud bo`lgan. Sopol quvurlar 
orqali saroyda ishlatilgan tashlandiq suvlar oqizilib turilgan. Saroy binolarining 
devorlariga o`simliklar, g`aroyib hayvonlar suratlari va saroy ahlining hayotini 
tasvirlovchi rasmlar chizilgan. Krit arxitektorlari yuqoriga kengayib boruvchi 
ustunlardan ustalik bilan foydalanganlar. Bu esa saroy xonalarining hashamdorligini 
yanada oshirgan.
Kritliklar madaniyati rivojlanishining asosiy sabablaridan yana biri - kritliklar 
ko`proq dengizda suzish uchun ko`plab qayiqlar, so`ngra yirik kemalar qurishga 
majbur bo`lganlar. Natijada hunarmandchilik yanada rivojlangan. Boshqa tomondan 
esa ular kemalarda suzishib Shimoliy Afrika, Misr va Old Osiyo hududlari bilan 
madaniy va savdo aloqalarni o`rnatganlar. Mazkur aloqalar natijasida kritliklar 
Sharqning keng rivojlangan madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`lganlar. 
A.Evans qazishmalari natijasida topilgan ko`plab piktografik va ieroglif yozuvlar 
tushirilgan sopol lavhalar kritliklar o`z yozuv belgilarini yaratishda mil.avv. Ill ming 
yillikda, Shumer, Finikiya, Misrda keng tarqalgan suratli va belgili yozuvlardan 
foydalanganliklarini ko`rsatadi. Natijada kritliklar taxminan mil.avv. XVII asrlarga 
kelib o`zlarining bo`g`in chiziqli yozuvlarini vujudga keltirganlar.
Kritliklarning diniy qarashlari bir muncha sodda ko`rinishda bo`lgan. Shu 
sababli ular yirik-yirik ibodatxonalar qurmaganlar. Diniy topinish markazlari kichik-
kichik sajdagohlap va mehroblar shaklida bo`lgan. Ularning dastlabki diniy 
qarashlari totemistik ko`rinishda bo`lgan. Keyinchalik Kritda xudo Zevs 
to`g`risidagi tasavvurlar vujudga kela borgan. Muayyan davr ichida bu tasavvurlar 
sistemalashib, turli xil afsonalarning paydo bo`lishiga olib kelgan. Bir afsonada 
ko`rsatilishicha, yunonlarning bosh xudosi, mabudlar ma‘budi Zevs Kritda 


16 
to`g`ilgan. So`ngra Zevs dengiz to`lqinlaridan o`tib Finikiya malikasi go`zal 
Yevropani Kritga olib keladi. Ulardan Kritning eng odil hukmdori Minos to`g`iladi.
Mil.avv.II ming yillikdayoq oltindan mashhur Krit zargarlik buyumlari 
yasalgan. Kritlik kulollar sopol idishlarni nihoyatda bejirim qilib yasaganlar va 
ularning tashqi tomonidan o`simliksimon naqshlar bilan bezaganlar. Shuningdek, 
kulollar pishiq loydan ma‘bud va ma‘budalarning, odamlar va hayvonlarning 
haykalchalarini yasaganlar.
Miloddan avvalgi III-II ming yilliklar davri materik /quriqlik/ uchun ellada 
davri deb, orollar uchun ellada davri deb atalgan. Shuningdek, ellada davri mikena 
davri deb ham atalgan. Mikenadagi ko`plab saroylarning ichki binolari har xil 
freskalar /devor yuzasiga tushiriladigan rang tasvir surat / bilan bezatilgan. 
Shuningdek, ayrim suratlarda urush manzaralari tasviri ham uchraydi. Mikena 
/Tirinf/ da joylashgam shox Atrey maqbarasi arxeologlar tomonidan o`rganilganida 
u yerdan oltin, tog` xrustallaridan ishlangan idishlar, sher boshli oltin vaza, 
kabutarlarning bo`rtma suratlari tushirilgan oltin qadax va boshqa buyumlar 
topilgan. Bu buyumlar Mikena hunarmandchiligi va halq amaliy san‘ati ham 
nihoyatda rivojlanganligini ko`rsatadi. Umuman, Krit-Mikena davri madaniyati 
qadimgi yunon madaniyatining sodda ko`rinishdagi rivojlanish bosqichi bo`lib, 
keyingi davr arxitektura, tasviriy san‘at, xalq, amaliy san‘ati vadiniy qarashlarning 
shakllanishiga samarali ta‘sir ko`rsatadi.
Aql-idrokda qudratli kuch bo`lgan inson obrazi bu davr madaniyatiga singa boradi. 
Bu davrga kelib, Krit-Mikena davri dunyoqarashida hukmronlik qilgan mifologik 
obrazlar, ya‘ni yirtqich hayvonlar obrazi inson ko`z oldida o`z kuchini yo`qota 
boradi. Mifologik dunyoqarash sifatida shakllangan hodisalar o`zining sir-asrorini 
ocha boradi.
Inson tabiat hodisalarini qanday bo`lsa, shu holda qabul qila boshlaydi. Uning 
noma‘lum bo`lgan sir-sinoatlariga chuqurroq kirib borishga intiladi. U tabiat 


17 
kuchlari ustidan sehrlash yoki jodu qilish orqali hukmron bo`lishga intilmaydi, balki 
aql-idorokni ishga solib hukmronlik qilishga intiladi.
Bu davrda qadimgi Grek dinining asosiy belgilari shakllana boradi. Ular o`z 
dinlarini Fessaliya va Makedoniya chegarasida joylashgan Olimp tog`i bilan Olimp 
dini, Olimp tog`ining qorli cho`qqisini o`z xudolarining yashash joyi deb 
xisoblaydilar.
Qadimgi 
Yunonlarning 
tasavvuriga 
ko`ra, 
olam 
dastlab 
,,xaos" 
/tartibsizlik/dan iborat bo`lgan. So`ngra, Zevs boshchiligidagi xudolar olamning 
turli hodisalarini boshqarib, tartibga keltira boshlaganlar. Zevsning avlodlari butun 
olamga hukmronlik qila boshlaydilar, ya‘ni butun koinotni o`zlarining mulklariga 
aylantiradilar. Zevs momaqaldiroq hamda bulutlar sultoni, ma‘budlar ma‘budi 
bo`lib qoladi. Uning ukasi Poseydon dengizlar hukmdori, yana bir ukasi Aid oxirat 
xudosi bo`lib tayinlanadi. Zevsning rafiqasi Gera osmon ma‘budasi, ma‘budlar 
malikasi, homilador ayollar va kelin-kuyovlar raxnamosi hisoblanadi. Zevsning har 
bir farzandi ikkinchi darajali ma‘bud va mabudalarga aylanadilar. Ular ham 
olamning turli xil hodisalariga hukmronlik qila boshlaydilar yoki raxnamolarga 
aylanadilar. Masalan, Gefest-otash, ma‘budi, temirchilar piri; Ares qonli urushlar 
ma‘budi; Appolon-yorug`lik, san‘at, she‘riyat va musiqa ma‘budi; Artemida-kamar 
ma‘budasi, o`rmon va o`rmonda yashovchi jonivorlar malikasi; Afina-shaharlar 
homiysi; Afrodita-go`zallik ma‘budasi; Erot-sevgi ma‘budi; Germes-Ma‘budlar 
jarchisi, o`lganlar ruhini oxiratga kuzatib boruvchi; Gelios-Quyosh xudosi; Nika-
g`alabalar ma‘budasi; Dionis-bog`dorchilik, uzumchilik, vinochilik xudosi; 
Demetra-tabiat ma‘budasi hisoblangan.
Qadimgi Greklarning tasavvuriga ko`ra butun tabiatda ilohiy mavjudotlar 
yashaydi. Chakalakzorlarda driadalar, nimfalar, echki oyoqli satirlar yashasa, 
dengizda nayadalar va ayol boshli qush -sirenalar hayot kechiradilar. 
Qadimgi Yunonistonda xudolarga atab turli-tuman bayramlar tashkil etilgan. 
Bayramlar diniy xarakterga ega bo`lish bilan birga insonni jismoniy chiniqtirgan, 


18 
musiqa, poeziya, qo`shiq va boshqa san‘at turlarining rivojlanishiga ham ulkan hissa 
qo`shgan. 
Qadimgi yunonlar xudolarga atab tashkil etgan ulkan bayramlardan biri-
Olimpiada o`yinlaridir. Olimpiada o`yinlari xar to’rt yilda bir marta ma‘budlar 
ma‘budi Zevs sharafiga o`tkazilgan. Birinchi Olimpiada o`yini miloddan 
avvalgi 776 yilda o`tkazilgan. Olimpiada o`yinlari Peloponnesning shimoli-g`arbida 
joylashgan Olimpiya shahrida o`tkazilgan. Olimpiada o`yinlari tantanali namoyish 
va qurbonlik qilish bilan boshlangan. Dastlab olimpiadachilar faqat yugurish 
bo`yicha musobaqalashgan. Vaqt o`tishi bilan olimpiada o`yinlariga kurash, 
pentatlon/yugurish, uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza otish va kurashdan 
iborat besh kurash/mushtlashish jangi hamda aravalar poygasi kiritilgan. Olimpiya 
o`yinlari kunlari dramaturglar, shoirlar, ashulachilar va sozandalar ham 
baxslashganlar, o`zlari yaratgan asarlarni yig`ilgan xalq hukmiga havola qilganlar. 
Umuman olganda, olimpiya o`yinlari singari bayram-musobaqalar qadimgi 
yunon madaniyati, adabiyoti va san‘atining keng ko`lamda rivojlanishida ham 
muhim rol o`ynagan, ijodkorlarning haqiqiy minbariga aylangan. 
Qadimgi yunon madaniyati taraqqiyotida yunon yozuvining ahamiyati ham 
beqiyos katta bo`lgan. Yunon yozuvi mil.avv. IX-VIII asrlarga kelib finikiyaliklar 
alifbosidan 
foydalanish 
asosida 
vujudga 
kelgan. 
Qadimgi 
yunonlar 
finikiyaliklarning faqat undosh tovushdan iborat bo`lgan 22 harfidan o`zgartirilgan 
holda foydalanganlar, ya‘ni greklar o`z alifbolariga unli tovushlarni qo`shib 24 
xarfdan iborat o`z alifbolarini tuzganlar. Qadimgi yunon yozuvining ahamiyati, 
shundaki, slavyan alifbosi grek alifbosi asosida tashkil etilgan. 
Gomer davri arxitekturasi va san‘atida yuqori badiiy taraqqiyotga 
erishilmagan bo`lsada, diniy e‘tiqodlar bilan bog`liq bo`lgan terrakota/ma‘budaning 
kichik haykalchalari/ haykalchalar, yog`och va toshdan ishlangan qupol sanam va 
butlar ishlangan. Bu davrda hunarmandchilik, kulolchilik va u bilan bog`liq bo`lgan 
vazaga gul solish san‘ati ravnaq topgan. Vazalar va boshqa sopol idishlar yuzasiga 
geometrik naqshlar ishlana borgan. 


19 
Xulosa 
qilib 
aytganda, 
Gomer 
davri 
madaniyati-umumyunon 
madaniyatining ko`zga yaqqol tashlanib turadigan bosqichlaridan biri hisoblanadi. 
Bu davr madaniyati, birinchidan, sistemalashgan diniy qarashlarning vujudga kelishi 
bilan harakterlanadi. Dastlab xaosdan iborat bo`lgan olam hamda barcha voqea va 
hodisalarni tartibga solib turadigan o`ziga xos diniy dunyoqarash shakllanadi. 
Ikkinchidan, diniy dunyoqarashga bog`liq bo`lgan turli xil marosimlar, bayramlar 
tarkib topa bordi. Birgina olimpiya o`yinlari yoki Dionisga bag`ishlangan bayram 
marosimlarini olib qarasak, ular diniy qarashlar natijasida vujudga kelganligini 
ko`ramiz. Tasavvurdagi xudolar, ularning tashqi ko`rinishi-ko`rkamligi, kuch-
qudrat ufurib turadigan tashqi qiyofasi to`g`risidagi tasavvurlar, dastlab umum 
Yunonistonga, so`ngra butun Ellinistik dunyoga keng tarqalgan olimpiya 
o`yinlarining vujudga kelishi va rivojlanishiga olib keldi. Uchinchidan, xalq og`zaki 
ijodining rivojlanishi yozma adabiyotning paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Bu esa o`z 
navbatida voqea hamda hodisalarni mifologik tarzda tasvirlashdan realistik tarzda 
ifodalashga olib keldi. 
Miloddan avvalgi VII-VI asrlar, ya‘ni antik quldorlik shahar-davlatlarining 
shakllanish hamda mustahkamlanish davri arxaik davri deb yuritiladi. ,,Arxaika" 
so`zi grekcha ,,arxayos" so`zidan olingan bo`lib ,,qadimgi" degan ma‘noni anglatadi. 
Arxaika davrida qadimgi yunonlar zudlik bilan O`rta Yer dengizi sohillarida 
o`rnashib oladilar. Shaharlar barpo etishib, Kichik Osiyo, O`rta Yer dengizi 
qirg`oqlaridagi davlatlar va ayniqsa, Misr bilan savdo-sotiq ishlarini olib boradilar. 
Ularning madaniyati bilan tanishadilar. Qadimgi Bobil va Misr madaniyati 
yutuqlaridan foydalanishib, o`zlarining takrorlanmas sanati asarlarini yaratadilar. 
Bu davrga kelib Greklarning siyosiy-iqtisodiy va madaniy ta‘sir doirasi O`rta 
Yer dengizi bo`ylari Marmar va Qora dengiz qirg`oqlarigacha kengayadi. 
Greklarning vatanparvarlik va milliy g`urur tuyg`usi shaxsiy manfaat tuyg`usidan 
ustun kela boshlaydi. Shu boisdan ,,fanlarning fani" sanalgan filosofiya, diniy 
e‘tiqod va san‘ati qaerda bo`lmasin va qaysi sharoitga tushmasin, yunoncha ruhini 
saqlab qolgan. Qadimgi yunonlar barcha yerda va har qanday holatda o`zlarining 


20 
grek ekanliklarini, tashqi dunyoga ta‘sir qila oladigan, barcha mavjudotlardan aql 
jihatidan ustunlik qilishini unutmagan. 
Qadimgi yunonlar qo`shni davlatlar bilan amalga oshirgan madaniy aloqalari 
natijasida o`zlaridan boshqa barcha xalqlardan ustun turish hissiyotini uyg`ota 
olganlar. Bu hissiyot natijasida o`sha davr kishilari aql-bovar qila olmaydigan 
san‘atlarini yarata olganlar, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirib, aqliy-ma‘naviy 
tafakkur mahsuli hisoblangan turli fan sohalariga asos solganlar, mukammal diniy-
ahloqiy sistemani yuzaga keltirganlar. 
Greklardagi vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirishda maktablarning roli 
beqiyos katta bo`lgan. Gretsiyaning har bir ozod fuqarosi bilim olish imkoniyatiga 
ega bo`lgan. Shu boisdan, Gretsiyaning turli shaharlarida maktablar tashkil etilgan. 
7 yoshga tulgan har bir o`g`il bolaning maktabga qatnashi shart bo`lgan. Badavlat 
kishilarning 18 yoshga to`lgan farzandlari gimnaziyalarda o`qishni davom 
ettirganlar. Hunarmandlar va dehqonlarning farzandlari o`qish va yozishni bilish 
bilan chegaralangan. 
Arxaika davrida puxta o`ylangan arxitektura uslublari vujudga keladi. Bu 
davr me‘morchilik san‘ati shaharlarining qurilishi bilan bog`liq bo`lgan. Xudo va 
ilohiylashtirilgan qahramonlarga atab qurilgan ibodatxona oldidagi maydonlar 
shaharlarning muhim, ijtimoiy markazi hisoblangan. Bu maydonlarda muntazam 
ravishda xalq. yig`inlari va bayramlar o`tkazilib turilgan. Shaharlarning tepalik 
/akropol/ qismida polis /shaxar davlat/ning xaloskori hisoblangan ma‘budaga 
atalgan ibodatxona, akropol yonbag`rida asa turar-joy binolari qurilgan. 
Grek me‘morchiligida bir necha order /lotincha ,,ordo"-,,tuzilish", "tartib" 
degan ma‘nolarni bildiradi /ayniqsa, doriy va ion orderlaridan foydalanilgan. Doriy 
orderi Shimoldan ko`chib kelgan doriy kabilalari arxitekturasining asosiy elementi 
hisoblangan. Ioniya orderi esa, kichik Osiyo sohillarida yashagan qabilalar 
arxitekturasi uslubi hisoblangan. 
Ion orderi mil.avv. VII asr oxirlarida paydo bo`lgan va doriy orderidan 
o`zining nafisligi, bejirimligi hamda tag tomonidan tosh asosga qo`yilgan 
tagkursining mavjudligi bilan ajralib turgan. Ion orderida tarnovchali ustunning 


21 
kapitel/muqarnas/ qismini ikki tomonga buralib turgan jingalak sochni eslatuvchi 
shakl tashkil etgan. 
Korinf orderi bir muncha kechroq-klassika davrida paydo bo`lgan. U ion va 
doriy orderiga nisbatan jimjimador va ko`rkam, kapiteli akanf daraxti barglaridan 
tashkil topgan buketni eslatadi. Qadimgi yunon arxitekturasining ana shu uchala 
Orderlari nafaqat antik dunyo arxitekturasida, balki Uyg`onish va yangi davr 
Yevropa me‘morchiligida ham keng qo`llanilgan va rivojlangan. 
Taxminan er.avv. VII asrga kelib, grek monumental haykaltaroshligi 
taraqqiy etadi va unga o`ziga xos haykaltaroshlikda haykalning bo`shlikdagi 
ko`lami, ya‘ni joylanishi, a‘zolarining mutanosibligi va harakatning tabiiyligi kabi 
uch ulchovga qatiy amal qilish asosiy tamoyilga aylanadi. Dastalbki haykallar turli 
musobaqalar g`oliblari sharafiga yaratilgan bo`lib, dastlab stadionlar va 
gimnaziyalar hovlilariga o`rnatilgan. Bu davr haykaltaroshligida odam gavdasini 
alohida tasvirlash bilan birga, voqealarni aks ettiruvchi kompozitsiyalar, masalan 
olishuvlar ko`rsatiladi. Qadimgi yunon pahlovonlari Persey va Gerakllarning 
qahramonliklariga, xudolar hamda gigantlar jangiga bag`ishlangan kompozitsiyali 
haykallar ana shu davrda yaratilgan. 
Greklarning polis-shahar-davlat fuqarosi to`g`risidagi tasavvurlari kiyimsiz 
holda tasvirlangan kuroslar - yigitlar obrazida namoyon bo`lgan. Dastlabki 
yaratilgan kuroslar haykallari kam harakat va birmuncha qotib qolgan tarzda 
tasvirlangan bo`lsa, keyinchalik kuch va jasoratni aks ettiruvchi san‘at asariga 
aylana borgan. Gavda, tana, bosh, qo`l, oyoq nisabatlari to`g`ri olina boshlangan. 
Arxaika davri plastikasining kiyimda tasvirlangan qizlar -qoralar haykalida 
namoyon bo`ladi. Qoralar haykallari o`zining his-tuyg`uga boyligi, ayollarga xos 
latofat, iffat va nazokatni ifoda etganligi bilan ajaralib turgan. Kiyimlarning 
jimjimali va buklanib turishlari, ularga hamohang bo`lgan sochlarning taralishi 
haykallarning tabiiyligini yanada oshirgan. Kuroslar va qoralar haykallariga 
jamlangan go`zallik va ulug`vorlik qadimgi greklarning ahloqiy ideali to`g`risidagi 
tasavvurlarini ifodalagan. 


22 
Qadimgi yunonlar o`z shaharlari, ibodatxonalari, saroylari va turar-joylarini 
turli hil haykallar bilan bezashga harakat qilganlar. Haykallarni yog`och, marmar va 
bronzadan yasaganlar. So`ngra inson tanasi rangida bo`yaganlar yoki fil suyagi bilan 
qoplaganlar. Yunon haykaltaroshlari birinchi bo`lib haykalga inson tanasining tabiiy 
ko`rinishini berishga e‘tibor berganlar. 
Mil. avv. VII asr oxiri va VI asr boshlarida grek san‘atida realistik tasvirga 
intilish yanada kuchayadi. Tasviriy san‘at asarlarida insonparvarlik g`oyalari ko`zga 
tashlana boshlaydi. Insonni ham ma‘naviy, ham jismoniy jihatdan takomillashtirish 
san‘atning asosiy maqsadiga aylanadi. Inson obrazining madh, otilishi, ichki 
kechinmalarining tashqi qiyofada ifodalanishi qadimgi yunonlar harakterining 
shakllanishiga yordam beradi. 
Mil. avv. VII asrning boshlariga kelib Ellada tuprog`ida shaxsiy xis-
tuyg`ular va ichki kechinmalarni, sevgi muhabbat va hayot quvonchlarini 
ifodalovchi lirik poeziya maydonga kelgan. 
Lirik pozziyaning vujudga kelishi Elladaning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy 
hayotidagi tub o`zgarishlar bilan chambarchas bog`liqdir. ”Lirika” so`zi o`sha davr 
yunon musiqa asboblarining ,,shohi" deb hisoblanuvchi lira musiqa asbobi nomidan 
olingandir. Chunki, she‘riy asrlar ana shu lira asbobi jo`rligida deklamatsiya 
qilingan. Mashhur Arxilox qadimgi yunon lirikasining asosichilaridan biri bo`lib, 
keyingi davr lirik asarlarning rivojlanishga kuchli ta‘sir ko`rsatgan va she‘riy 
qofiyaga asos solgan. Lirik poeziyaning rivojiga ulkan hissa qo`shgan mashhur 
shoira Sapfo esa maktab ochib, yosh qizlarni musiqa, ashula, raqs hamda she‘r 
to`qishga o`rgatadi. 
Qadimgi 
shahar 
madaniyatining 
rivojlanishi 
savdo-sotiq 
va 
hunarmandchilikning taraqqiy etishiga olib keladi. Shaharda maxsus bilim va kasb 
bilan shug`ullanuvchi kishilar guruhi paydo bo`lgan. Bu guruh vakillari insonni 
qurshab turgan tashqi dunyo to`g`risida boshqacha fikr yurita boshlaganlar. Bu holat 
mil. avv. VII -VI asrlarga kelib yunon falsafasida yangi bir yo`nalish - sodda 
materialistik falsafaning paydo bo`lishiga olib kelgan. Bu ilk falsafiy tafakkurlar 
stixiyali yoki sodda materialistik falsafa hisoblanadi. Sodda materialistik falsafa 


23 
vakillari tashqi olam, unda joylashgan narsalar va hodisalarning asosiy manbai. kelib 
chiqish sabablarini aniqlashga intilganlar. O`zlarining falsafiy fikrlarini ilgari 
surishlarida sharqda mavjud bo`lgan falsafiy tafakkurga suyanadilar. 
Agar dastalbki yunon falsafasining shakllangan geografik o`rniga e‘tibor 
bersak, u qadimgi Gretsiyada emas, balki uning tasarrufidagi Kichik Osiyo - 
Ioniyada vujudga kelganligini ko`ramiz. Ioniya (O`rta Yer dengizining sharqiy 
hududlari, hozirgi Turkiyaning O`rta Yer dengizi qirg`oqlari) geografik qulay joyda, 
hunarmandchilik va savdo-sotiq dastlab paydo bo`lgan hudud hisoblanib, Eron 
shohlarining Kichik Osiyoni bosib olganlaridan so`ng Sharq bilan madaniy-iqtisodiy 
aloqalari kuchayib ketgan. Natijada Sharq madaniyati, sharq falsafiy tafakkuri 
Ioniya hududida keng tarqala bordi. Ikkinchi tomondan Ioniya zardushtiylik dini 
tarqalgan Midiya davlati bilan ham iqtisodiy-madaniy aloqa qilib turgan. Demak, 
Eron va Midiyada keng tarqalgan zardushtiylik dini, uning kosmogonik (olamning 
paydo bo`lishi va tuzilishi to`g`risidagi) tasavvurlari Ioniyaning madaniy-iqtisodiy 
jihatdan rivojlangan Milet va Efes kabi shaxarlarida keng tarqalgan bo`lishi 
ehtimoldan uzoq emas. 
Milet va Efes falsafa maktablarining vakillari Fales, Anaksimandr, 
Anaksimen va Geraklitlar falsafiy tafakkuri asosida dunyoning moddiy asosi va uni 
tashkil etuvchi elementlar (unsurlar) tushunchasi markaziy o`rilni egallaydi. 
Ularning olamning asosini tashkil etuvchi elementlar-suv (Fales), nomuayyan 
modda-appeyron (Anaksimandr), havo (Anaksimen), olov ( Geraklit) to`g`risidagi 
fikrlari zardushtiylik ta‘limotida e‘zozlangan asosiy elementlar (suv, tuproq, havo 
va olov) bilan bir xildir. 
Milet va Efes falsafa maktablari vakillari sharq falsafiy tafakkuriga 
asoslanishib, olamning asosi moddiy elementlardan tashkil topganligini isbotlashga 
harakat qiladilar. Masalan, Milet falsafa maktabining asoschisi astronom, fizik, 
matematik va faylasuf Fales (mil. avv. 624-574 yillar) suv barcha narsalarning 
moddiy asosi deb hisoblaydi, ya‘ni barcha narsalar suvdan kelib chiqqan va yana 
suvga aylanadi-. shuningdek Fales dunyoning jonli va ilohiyligi to`g`risidagi fikrni 
ham ilgari suradi. Jonni esa nozik modda - efirdan iborat deb qaraydi. 


24 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling