Egey madaniyati. Gomer davri yunonistoni


 Gomer davridagi Yunoniston


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana19.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1619697
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Egey madaniyati. Gomer davri yunonistoni

2.2. Gomer davridagi Yunoniston 
 
Mil.avv.X1-1X asrlar odatda Gomer davri deb yuritiladi.Bu davr 
madaniyatini o`rganishda Gomerning ,,Iliada" va ,,Odessiya" dostonlari qimmatli 
manba hisoblanadi. Gomerning mazkur dostonlari qadimgi yunonlarni ulug`lovchi, 
yuksakliklarga ko`taruvchi dostonlardir. Chunki, buyuk haykaltarosh Fidiy 
ta‘kidlaganidek, „Gomerning ,,Iliada" dostonini o`qiganda undagi kishilar obrazi 
ikki marta ulug’vor bo`lib ko`rinadi". 
Bu davrning Gomer davri deb atalishida Gomerning ,,Iliada" va ,,Odisseya" 
dostonlarida qadimgi yunonlarning o`ta ulug`vorlik darajasiga olib chiqilganligi 
muhim rol o`ynagan. Chunki, ,,Iliada" va ,,Odisseya" dostonlarida oddiy insonlar 
xudolar darajasiga olib chiqiladi. Yunonistonning oriyat va nomusni inson ahloqiy 
idealining eng yuqori cho`qqisi deb bilgan qahramonlari Troyaga qarshi kurash olib 
boradilar. Bu urush bosqinchilik urushi emas, balki toptalgan or-nomusni himoya 
qilish urushi sifatida talqin etiladi. Bu urushda kishilarning ulug`vor bo`lib 
ko`rinishining yana bir sababi, xudolar va qahramonlarning hamkorlikda jang olib 
borganliklaridir. Xudolar ham oddiy insonlar singari jangu-jadalda qatnashadi, 
tarafkashlik urushida tomonlarni qo`llab-quvvatlab turadi. 
Aql-idrokda qudratli kuch bo`lgan inson obrazi bu davr madaniyatiga singa 
boradi. Bu davrga kelib, Krit-Mikena davri dunyoqarashida hukmronlik qilgan 
mifologik obrazlar, ya‘ni yirtqich hayvonlar obrazi inson ko`z oldida o`z kuchini 
yo`qota boradi. Mifologik dunyoqarash sifatida shakllangan hodisalar o`zining sir-
asrorini ocha boradi. 
Inson tabiat hodisalarini qanday bo`lsa, shu holda qabul qila boshlaydi. 
Uning noma‘lum bo`lgan sir-sinoatlariga chuqurroq kirib borishga intiladi. U tabiat 
kuchlari ustidan sehrlash yoki jodu qilish orqali hukmron bo`lishga intilmaydi, balki 
aql-idorokni ishga solib hukmronlik qilishga intiladi. 
Bu davrda qadimgi Grek dinining asosiy belgilari shakllana boradi. Ular o`z 
dinlarini Fessaliya va Makedoniya chegarasida joylashgan Olimp tog`i bilan Olimp 


28 
dini, Olimp tog`ining qorli cho`qqisini o`z xudolarining yashash joyi deb 
xisoblaydilar. 
Qadimgi Yunonlarning tasavvuriga ko`ra, olam dastlab ,,xaos" 
/tartibsizlik/dan iborat bo`lgan. So`ngra, Zevs boshchiligidagi xudolar olamning 
turli hodisalarini boshqarib, tartibga keltira boshlaganlar. Zevsning avlodlari butun 
olamga hukmronlik qila boshlaydilar, ya‘ni butun koinotni o`zlarining mulklariga 
aylantiradilar. Zevs momaqaldiroq hamda bulutlar sultoni, ma‘budlar ma‘budi 
bo`lib qoladi. Uning ukasi Poseydon dengizlar hukmdori, yana bir ukasi Aid oxirat 
xudosi bo`lib tayinlanadi. Zevsning rafiqasi Gera osmon ma‘budasi, ma‘budlar 
malikasi, homilador ayollar va kelin-kuyovlar raxnamosi hisoblanadi. Zevsning har 
bir farzandi ikkinchi darajali ma‘bud va mabudalarga aylanadilar. Ular ham 
olamning turli xil hodisalariga hukmronlik qila boshlaydilar yoki raxnamolarga 
aylanadilar. Masalan, Gefest-otash, ma‘budi, temirchilar piri; Ares qonli urushlar 
ma‘budi; Appolon-yorug`lik, san‘at, she‘riyat va musiqa ma‘budi; Artemida-kamar 
ma‘budasi, o`rmon va o`rmonda yashovchi jonivorlar malikasi; Afina-shaharlar 
homiysi; Afrodita-go`zallik ma‘budasi; Erot-sevgi ma‘budi; Germes-Ma‘budlar 
jarchisi, o`lganlar ruhini oxiratga kuzatib boruvchi; Gelios-Quyosh xudosi; Nika-
g`alabalar ma‘budasi; Dionis-bog`dorchilik, uzumchilik, vinochilik xudosi; 
Demetra-tabiat ma‘budasi hisoblangan. 
Qadimgi Greklarning tasavvuriga ko`ra butun tabiatda ilohiy mavjudotlar 
yashaydi. Chakalakzorlarda driadalar, nimfalar, echki oyoqli satirlar yashasa, 
dengizda nayadalar va ayol boshli qush -sirenalar hayot kechiradilar. 
Qadimgi Yunonistonda xudolarga atab turli-tuman bayramlar tashkil etilgan. 
Bayramlar diniy xarakterga ega bo`lish bilan birga insonni jismoniy chiniqtirgan, 
musiqa, poeziya, qo`shiq va boshqa san‘at turlarining rivojlanishiga ham ulkan hissa 
qo`shgan. 
Qadimgi yunonlar xudolarga atab tashkil etgan ulkan bayramlardan biri-
Olimpiada o`yinlaridir. Olimpiada o`yinlari xar to’rt yilda bir marta ma‘budlar 
ma‘budi Zevs sharafiga o`tkazilgan. Birinchi Olimpiada o`yini miloddan 
avvalgi 776 yilda o`tkazilgan. Olimpiada o`yinlari Peloponnesning shimoli-g`arbida 


29 
joylashgan Olimpiya shahrida o`tkazilgan. Olimpiada o`yinlari tantanali namoyish 
va qurbonlik qilish bilan boshlangan. Dastlab olimpiadachilar faqat yugurish 
bo`yicha musobaqalashgan. Vaqt o`tishi bilan olimpiada o`yinlariga kurash, 
pentatlon/yugurish, uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza otish va kurashdan 
iborat besh kurash/mushtlashish jangi hamda aravalar poygasi kiritilgan. Olimpiya 
o`yinlari kunlari dramaturglar, shoirlar, ashulachilar va sozandalar ham 
baxslashganlar, o`zlari yaratgan asarlarni yig`ilgan xalq hukmiga havola qilganlar. 
Umuman olganda, olimpiya o`yinlari singari bayram-musobaqalar qadimgi 
yunon madaniyati, adabiyoti va san‘atining keng ko`lamda rivojlanishida ham 
muhim rol o`ynagan, ijodkorlarning haqiqiy minbariga aylangan. 
Qadimgi yunon madaniyati taraqqiyotida yunon yozuvining ahamiyati ham 
beqiyos katta bo`lgan. Yunon yozuvi mil.avv. IX-VIII asrlarga kelib finikiyaliklar 
alifbosidan 
foydalanish 
asosida 
vujudga 
kelgan. 
Qadimgi 
yunonlar 
finikiyaliklarning faqat undosh tovushdan iborat bo`lgan 22 harfidan o`zgartirilgan 
holda foydalanganlar, ya‘ni greklar o`z alifbolariga unli tovushlarni qo`shib 24 
xarfdan iborat o`z alifbolarini tuzganlar. Qadimgi yunon yozuvining ahamiyati, 
shundaki, slavyan alifbosi grek alifbosi asosida tashkil etilgan. 
Gomer davri arxitekturasi va san‘atida yuqori badiiy taraqqiyotga 
erishilmagan bo`lsada, diniy e‘tiqodlar bilan bog`liq bo`lgan terrakota/ma‘budaning 
kichik haykalchalari/ haykalchalar, yog`och va toshdan ishlangan qupol sanam va 
butlar ishlangan. Bu davrda hunarmandchilik, kulolchilik va u bilan bog`liq bo`lgan 
vazaga gul solish san‘ati ravnaq topgan. Vazalar va boshqa sopol idishlar yuzasiga 
geometrik naqshlar ishlana borgan. 
Xulosa 
qilib 
aytganda, 
Gomer 
davri 
madaniyati-umumyunon 
madaniyatining ko`zga yaqqol tashlanib turadigan bosqichlaridan biri hisoblanadi. 
Bu davr madaniyati, birinchidan, sistemalashgan diniy qarashlarning vujudga kelishi 
bilan harakterlanadi. Dastlab xaosdan iborat bo`lgan olam hamda barcha voqea va 
hodisalarni tartibga solib turadigan o`ziga xos diniy dunyoqarash shakllanadi. 
Ikkinchidan, diniy dunyoqarashga bog`liq bo`lgan turli xil marosimlar, bayramlar 
tarkib topa bordi. Birgina olimpiya o`yinlari yoki Dionisga bag`ishlangan bayram 


30 
marosimlarini olib qarasak, ular diniy qarashlar natijasida vujudga kelganligini 
ko`ramiz. Tasavvurdagi xudolar, ularning tashqi ko`rinishi-ko`rkamligi, kuch-
qudrat ufurib turadigan tashqi qiyofasi to`g`risidagi tasavvurlar, dastlab umum 
Yunonistonga, so`ngra butun Ellinistik dunyoga keng tarqalgan olimpiya 
o`yinlarining vujudga kelishi va rivojlanishiga olib keldi. Uchinchidan, xalq og`zaki 
ijodining rivojlanishi yozma adabiyotning paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Bu esa o`z 
navbatida voqea hamda hodisalarni mifologik tarzda tasvirlashdan realistik tarzda 
ifodalashga olib keldi. 
Iskandariya olimlari matematika, tabiiyot va texnika fanlari sohasida ham 
ulkan yutuqlarga erishadilar. Mashxur matematik Yevklid /mil.avv.Ill asr/ o`zining 
,,Negizlar" nomli asari orqali matematika va geometriyaning rivojlanishiga ta‘sir 
ko`rsatgan bo`lsa, Museyon /Muzey/ kutubxonachisi Erotasfen /mil.avv.272-208 
yillar/ esa yer shari aylanasining uzunligini ko`p darajada aniqlik bilan hisoblab 
chiqib, geografiyaning fizika-matematika asoslarini yaratadi. ,,Geografiya" 
terminini ham birinchi bo`lib Erotasfen qo`llagan. 
Ellinistik dunyo madaniyatining rivojida nafaqat Aleksandriya shahri muhim 
rol o`ynagan, balki Orantdagi Pergam va Antioxiya kabi shaharlar ham fan va 
madaniyatning yuksalishiga o`z hissasini qo`sha olgan. Ellinistik dunyoning ko`zga 
ko`ringan olimlaridan Teofrast Afina shahrining, Arximed Sirakuza shahrining 
dong`ini atrof javonibga tarata olishgan. Injener-ixtirochi hisoblangan Arximed 
nazariy mexanikaning, gidrostatikaning, sferik geometriya va trigonometriyaning 
asoslarini yaratib bergan. Shuning uchun Arximed katta sonlarni hisoblab 
chiqishning arifmetik uslublarini takomillashtiradi va oliy matematikaning 
hisoblash uslublarini yaratishda dastlabki ilmiy izlanishlarni amalga oshiradi. U 
Misrda dalalarni sug`orish uchun chig`iriq - Arximed parragini yasaydi. 
Quldorlik 
jamiyati 
sharoitida 
texnikaning 
yuksalishi 
ellinistik 
madaniyatining yana bir hususiyati edi. Qadimgi Sharq va qadimgi yunonlar 
tajribasiga suyanish mehnat qurollari, hunarmandchilik va hayvon kuchi bilan 
harakatlanuvchi nomurakkab mexanizmlarning takomillashuviga olib keladi. 
Harbiy va binokorlik texnikasida katta yutuqlarga erishiladi. Ellinizm davri sanatiga 


31 
to`xtaladigan bo`lsak, bu davr hukmdorlari o`zlarining saltanatlarini muhtasham 
binolar, ajoyib san‘at namunalari bilan boyitishga harakat qiladilar. Bu davrda 
san‘atning yangidan-yangi janrlari yuzaga kelib, Park-bog` san‘ati bilan bog`liq 
bo`lgan dekorativ haykaltaroshlik keng tarqaladi. Ijtimoiy binolar, teatr, 
hukmdorlarning saroy va Qasrlari, turli park va bog`lar, sport maydonlari va savdo 
markazlari vujudga keladi hamda ular o`zining serhashamligi va serfayzligi bilan 
ajralib turadi. 
Bu davr me‘morlari devorga yopishib turgan ustun va yarim Ustunlardan 
binoni bezash maqsadida foydalana boshlaydilar. Qadimgi Gretsiyada ibodatxona 
shahar markazi rolini o`ynagan bo`lsa, endilikda katta ma‘muriy bino oldidagi 
maydon yoki savdo uchun mo`ljallangan maydonlarga alohida e‘tibor berila 
boshlanadi. 
Hulosa qilib aytganda, qadimgi Sharq va yangi davr Yevropa madaniyatning 
bir-biri bilan bog`lab turuvchi antik davr yunon madaniyati o`z ahamiyati jihatidan 
umuminsoniy madaniyatning bir bo`lagi hisoblanadi. Birinchi navbatda qadimgi 
yunon fani va falsafasi keyingi davr insoniyat ilmiy va falsafiy tafakkuri taraqqiyoti 
uchun zamin bo`lib qoldi. Chunki eng qadimgi sodda materialistik falsafa olam va 
uning hodisa hamda voqealariga yangicha-ilmiy-moddiy tafakkur nuqtai nazaridan 
turib yondoshishni boshlab berdi. Ikkinchidan, qadimgi yunon yozuvi ko`pgina 
Yevropa 
xalqlari 
yozuvining 
shakllanishiga 
asos 
bo`lib 
xizmat 
qildi. Uchinchidan, qadimgi Gretsiya teatr va dramaturgiyaning vatani 
hisoblanadi. To`rtinchidan, qadimgi yunon arxitekturasi, haykaltaroshligi va tasviriy 
san‘ati 
keyingi 
davrlar 
san‘atining 
umumtaraqqiyotiga 
kuchli 
tasir 
ko`rsatdi. Beshinchidan, hozirgi paytda xalqlar va millatlar o`rtasidagi do`stlik 
aloqalarini o`rnatishda muhim rol o`ynayotgan Olimpiada o`yinlari ham dastlab ana 
shu qadimgi yunonlarning eng sevimli bayram va sport musobaqasi 
hisoblangan. Oltinchidan, qadimgi yunonlarning matematika, geometriya, 
astronomiya, fizika, geografiya, tarix va boshqa fanlari umuminsoniyat tomonidan 
zrishilgan fan-texnika taraqqiyotiga samarali tasir ko`rsatgan. 


32 
XULOSA 
Hulosa qilib aytganda, qadimgi Sharq va yangi davr Yevropa madaniyatning 
bir-biri bilan bog`lab turuvchi antik davr yunon madaniyati o`z ahamiyati jihatidan 
umuminsoniy madaniyatning bir bo`lagi hisoblanadi. Birinchi navbatda qadimgi 
yunon fani va falsafasi keyingi davr insoniyat ilmiy va falsafiy tafakkuri taraqqiyoti 
uchun zamin bo`lib qoldi. Chunki eng qadimgi sodda materialistik falsafa olam va 
uning hodisa hamda voqealariga yangicha-ilmiy-moddiy tafakkur nuqtai nazaridan 
turib yondoshishni boshlab berdi. Ikkinchidan, qadimgi yunon yozuvi ko`pgina 
Yevropa 
xalqlari 
yozuvining 
shakllanishiga 
asos 
bo`lib 
xizmat 
qildi. Uchinchidan, qadimgi Gretsiya teatr va dramaturgiyaning vatani 
hisoblanadi. To`rtinchidan, qadimgi yunon arxitekturasi, haykaltaroshligi va tasviriy 
san‘ati 
keyingi 
davrlar 
san‘atining 
umumtaraqqiyotiga 
kuchli 
tasir 
ko`rsatdi. Beshinchidan, hozirgi paytda xalqlar va millatlar o`rtasidagi do`stlik 
aloqalarini o`rnatishda muhim rol o`ynayotgan Olimpiada o`yinlari ham dastlab ana 
shu qadimgi yunonlarning eng sevimli bayram va sport musobaqasi 
hisoblangan. Oltinchidan, qadimgi yunonlarning matematika, geometriya, 
astronomiya, fizika, geografiya, tarix va boshqa fanlari umuminsoniyat tomonidan 
zrishilgan fan-texnika taraqqiyotiga samarali tasir ko`rsatgan. 
Umuman olganda bu davr san‘atining asosiy hususiyati shunda ediki, 
san‘atkorlar insoniyat tarixida birinchi marta o`z ijodlarini qat‘iy aniq ilmiy asosga 
qurib, odam bolasining tanasidagi hatto eng kichik a‘zolarini ham aniq mutanosib 
uyg`unlikda tasvirlaganlar va abadiy barhayot go`zallik yaratib qoldirganlar. 
Demokrit, Platon, Aristotel, Epikurlarning falsafiy ta‘limotlariga kuchli ta‘sir 
ko`rsatgan. Xulosa qilib aytganda, arxaika davri ijodkorlarining dunyoqarashi ruhiy 
holatlari, his-tuyg`ulari va kechinmalarini, hatto, ijtimoiy hayot voqealarini aks 
ettiruvchi falsafiy tafakkur, san‘at va adabiyotning yangidan-yangi yo`nalishlarining 
shakllanishiga to`rtki beradi. Birgina diniy dunyoqarashning sistemalashuvi o`ziga 
xos ilmiy dunyoqarash - materalistik dunyoqarashning paydo bo`lishiga olib keldi. 


33 
Bu esa o`z navbatida qadimgi yunon fani asoslarining shakllanishi va taraqqiy 
etishiga kuchli turtki berdi. 
Gomer davri madaniyati-umumyunon madaniyatining ko`zga yaqqol 
tashlanib turadigan bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu davr madaniyati, 
birinchidan, 
sistemalashgan 
diniy 
qarashlarning 
vujudga 
kelishi 
bilan 
harakterlanadi. Dastlab xaosdan iborat bo`lgan olam hamda barcha voqea va 
hodisalarni tartibga solib turadigan o`ziga xos diniy dunyoqarash shakllanadi. 
Ikkinchidan, diniy dunyoqarashga bog`liq bo`lgan turli xil marosimlar, bayramlar 
tarkib topa bordi. Birgina olimpiya o`yinlari yoki Dionisga bag`ishlangan bayram 
marosimlarini olib qarasak, ular diniy qarashlar natijasida vujudga kelganligini 
ko`ramiz. Tasavvurdagi xudolar, ularning tashqi ko`rinishi-ko`rkamligi, kuch-
qudrat ufurib turadigan tashqi qiyofasi to`g`risidagi tasavvurlar, dastlab umum 
Yunonistonga, so`ngra butun Ellinistik dunyoga keng tarqalgan olimpiya 
o`yinlarining vujudga kelishi va rivojlanishiga olib keldi. Uchinchidan, xalq og`zaki 
ijodining rivojlanishi yozma adabiyotning paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Bu esa o`z 
navbatida voqea hamda hodisalarni mifologik tarzda tasvirlashdan realistik tarzda 
ifodalashga olib keldi.


34 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI: 
 
1. Karimov İ. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. Toshkent 1998. 
2. Boynazarov F. A. Kadimgi dunё tarixi. Toshkent 2004.
3. Lentsman Ya. A. Rabstvo v mikenskoy i gomerovskoy Gretsii. M., 1963.
4. Lure S. Ya. Yazık i kultura mikenskoy Gretsii. M.-L., 1957. 
5. Pendlberi Dj. Arxeologiya Krita. M., 1950.
6. Polyakova G. F. Sotsialno-politicheskaya struktura pilosskogo 
obshestva. M., 1978. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling