Ehtimollar nazariyasining iqtisodiy texnik masalalar uchun ahamiyati reja


Download 31.61 Kb.
bet3/9
Sana17.09.2023
Hajmi31.61 Kb.
#1679874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ehtimollar nazariyasining iqtisodiy texnik masalalar uchun ahami-fayllar.org

3-misol. Tasodifiy tanlangan 80 ta bir xil detaldan 3 tasi yaroqsiz ekanligi aniqlandi. Yaroqsiz detallarning nisbiy chastotasi W ( A )  ga teng.
4-misol. Bir yil davomida ob‘ektlarning birida 24 ta tek-shiruv o’tkazildi, bunda 19 marta qonunchilikning buzilishlari qayd etildi. Qonunchilik buzilishlarining nisbiy chastotasi W ( A )  ga teng.
Uzoq kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, agar bir xil shart-sha-roitlarda tajribalar o’tkazilib, ularning har birida tajriba-lar soni yetarlicha katta bo’lsa, u holda nisbiy chastota juda oz (tajribalar qancha ko’p o’tkazilgan bo’lsa, shuncha kam) o’zgarib, bi-ror o’zgarmas son atrofida tebranadi. Bu o’zgarmas son hodisa-ning ro’y berish ehtimolligi ekan.
Shunday qilib, agar tajriba yo’li bilan nisbiy chastota aniqlangan bo’lsa, u holda uni ehtimollikning taqribiy qiyma-ti sifatida olish mumkin. Bu ehtimollikning statistik ta‘ri-fidir.
Xotimada ehtimollikning geometrik ta‘rifini ko’rib chi-qaylik.
Agar elementar hodisalar fazosi ni tekislik yoki fazo-dagi qandaydir bir soha, A ni esa uning qism to’plami deb qaray-digan bo’lsak, u holda A hodisaning ehtimolligi A va  ning yuzalari yoki hajmlari nisbatida qaraladi hamda
P ( A)  S ( A) (1.4)
S ( )
va
P ( A)  V ( A) (1.5)
V ( )
formulalar bo’yicha topiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Pyer Simon de Laplas (1812). Ehtimollarning analitik nazariyasi.
Dastlab frantsuz tilida ehtimollik nazariyasi bilan aralashtirilgan birinchi yirik risola: Théorie Analytique des Probabilités.
2.A. Kolmogoroff (1933). Grundbegriffe der Wahrscheinlichkeitsrechnung. doi:10.1007/978-3-642-49888-6. ISBN 978-3-642-49888-6.
3.Natan Morrison tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan sarlavha ostida paydo bo'ldi Ehtimollar nazariyasining asoslari (Chelsi, Nyu-York) 1950 yilda, ikkinchi nashri 1956 yilda.
4.Patrik Billingsli (1979). Ehtimollik va o'lchov. Nyu-York, Toronto, London: Jon Vili va Sons.
5.Olav Kallenberg; Zamonaviy ehtimollikning asoslari, 2-nashr. Statistikada Springer seriyasi. (2002). 650 bet. ISBN 0-387-95313-2
6.Xenk Tijms (2004). Ehtimollarni tushunish. Kembrij universiteti. Matbuot.
  1. Tabiat va jamiyat qonunlari sababiy bog’lanishlarning namo-yon bo’lish shakli bo’yicha qanday sinflarga bo’linadi?


  2. Hodisalarni qanday turlarga bo’lish mumkin?


  3. Ehtimollar nazariyasining predmeti nima?


  4. Ehtimollar nazariyasi rivojlanishi tarixi haqida nimalar-ni bilasiz?


  5. Ehtimollar nazariyasining iqtisodiy, texnik masalalar uchun ahamiyati qanday?


  6. Eksperiment, tajriba, elementar hodisa va hodisa nima, ular qanday belgilanadi?


  7. Elementar hodisalar fazosi deb nimaga aytiladi?


  8. Hodisaning ehtimolligi qanday aniqlanadi?


  9. Ehtimollikning qaysi xossalarini bilasiz?


  10. Hodisaning nisbiy chastotasi haqida nima bilasiz?


  11. Ehtimollikning statistik ta‘rifining mohiyati nimada?


  12. Ehtimollikning geometrik ta‘rifi qanaqa?





Download 31.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling