2-mavzu
Hodisalar ustida amallar. Shartli ehtimollik
Reja:
Hodisalar ustida amallar.
Shartli ehtimollik.
Ikkita A i V tasodifiy hodisalar bir-biri bilan qancha-lik bog’langan, bu hodisalardan bittasining sodir bo’lishi ik-kinchisining sodir bo’lish imkoniyatiga qay darajada ta‘sir qi-ladi degan savol tez-tez paydo bo’ladi.
Ikkita hodisa o’rtasidagi bog’lanishning eng sodda misoli sifatida hodisalardan birining sodir bo’lishi ikkinchisining albatta sodir bo’lishiga olib keladigan yoki, aksincha, hodisalar-dan birining sodir bo’lishi ikkinchisining sodir bo’lish imko-niyatini yo’qqa chiqaradigan holatlarni keltirish mumkin.
Agar eksperiment natijasida A va V hodisalar bir vaqt-ning o’zida ro’y berishi mumkin bo’lmasa, ular birgalikda bo‘lma-gan hodisalar deb ataladi, aks holda esa birgalikda bo‘lgan hodi-salar deb ataladi.
1-misol. Yashikdan tavakkaliga bitta detal olindi. Uning standart bo’lishi nostandart ekanligini istisno qiladi. «Tavak-kaliga olingan detalning standart bo’lishi» va «Tavakkaliga olingan detalning nostandart bo’lishi» hodisalari birgalikda bo’lmagan hodisalardir.
Agar hodisalar elementar hodisalar fazosining qism to’p-lamlari sifatida qaralsa, u holda hodisalar o’rtasidagi munosa-batlarni to’plamlar o’rtasidagi munosabatlar sifatida talqin qilish mumkin. Birgalikda bo’lmagan hodisalar — bu umumiy elementar hodisalarga ega bo’lmagan hodisalardir.
Agar eksperiment natijasida A hodisaning ro’y berishidan V hodisaning ro’y berishi albatta kelib chiqsa, A hodisa V hodi-sani ergashtiradi deyiladi va bu A B orqali belgilanadi. Agar A B va B A bo’lsa, u holda A B bo’ladi.
2-misol. Shashqoltosh tashlanmoqda. «4 raqamli tomon chiq-di» hodisasi «juft ochko chiqdi» hodisasini ergashtiradi.
Ikkita A va V hodisalarning yig‘indisi deb yo A hodisaning, yo V hodisaning, yo shu ikkala hodisaning ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga aytiladi. U A+V yoki A B orqali belgilanadi. Bir nechta hodisalarning yig‘indisi deb shu hodisalardan hech bo’lmaganda bittasining ro’y berishidan iborat bo’lgan hodisaga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |