Ek sper im en ta L
III. EKSPERIMENT 0 ‘TKAZISH
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Eksperimental psixologiya. Nishonova Z kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ekspcrimentini
III. EKSPERIMENT 0 ‘TKAZISH
3.1. Eksperimental metodning imkoniyatlari Tadqiqotchini qiziqtirgan hodisa, holat. funksiyalarni o‘zi xohla- ganda yaratishi mumkin. Bunda tadqiqotchi real shart-sharoitlarda qanday hodisa sodir boMishini kutib turishi shart emas. Tadqiq qilinayotgan jarayonning kechishi va ular kutayotgan sharoitlarni yetarlicha qat’iy miqdoriy ravishda chegaralashga eri- shadi, y a’ni tadqiqot natijalarini sekin-asta matematik tahlil qilishga erishadi. Psixologiyada eksperimentning 2 turi: laboratoriya va tabiiy turlari mavjud bo‘lib, ular 1910—yil A.F.Lazurskiy tomonidan taklif etilgan. Laboratoriya ekspcrimentini maxsus jihozlangan laboratoriya- larda, tabiiysi esa, oddiy tabiiy sharoitlarda o'tkaziladi. Lekin ular- ning farqi faqatgina o'tkazishda emas, balki laboratoriya eksperi- mentining eng asosiy qiyinchiligi u yoki bu nuqsonni yo'qotishga qaratilgan b o iad i. Har qanday laboratoriya eksperimenti sun’iydir, chunki unda ishtirokchilarning faoliyati tadqiqotchi yaratgan muhit yoki sharoitda kechadi. Bu yerda hech qanday zamonaviy takomil- lashgan eksperimental laboratoriya ham jiddiy ahamiyatga ega bo'lm ay qoladi. lnson doimo biladiki, bu eksperiment, ya’ni haqiqiy ish emas va har qaysi sharoit yoki vaqtda ishtirokchining talabiga ko'ra to ‘xtatilishi shart va mumkin. Bu vaqtda tadqiqotchi muhim bo‘lgan bog‘lanishlar, qonuniyatlarni aniqlashga qiynalib qoladi. Eksperiment doimo m a’lum darajada mavhumdir, chunki tadqiq qilinayotgan jarayon qat’iy sun'iylashgan sharoitlar tizimida ro‘y beradi. Laboratoriya sharoitida xulosa va tavsiyalarni real amaliyotga ko‘chirish qiyinligi bundan ko‘rinib turibdi. Ushbu metodologik muammoni hal qilishda B.M.Teplov bosh- cliiligidagi differensial psixofiziologiya maktabi o lz hissasini qo‘sh- di. Ular eksperiment usuli bilan olingan natijalarni boshqa meto- dikalar yordamida tekshirib ko‘rish kerakligini ta’kidlashdi, y a ’ni, buni hai qilishda alohida analiz apparati (faktorli yoki dispersiyali analiz) zarur bo‘ladi. So‘ngra «hayotiy ko'rsatkichlar» tizimini ishlab chiqish muhim- ligi masalasi qo‘yiladi, y a’ni, tekshiruvchining psixologik xususiyati eksperimentda va real faoliyatida qandayligining ilmiy talqini beri- lishi kerak. Hayotiy ko‘rsatkichlami jam langan holda qiyoslab ko'rish kerak. Shuningdek, bu jarayonlarning ichki tomonlarini ham bilish kerak, chunki uning natijaviy ifodasi bizga oz m a’lumot beradi. Insonning xulqi uning asab sistemasining ko'pgina xusu- siyatlariga bog‘liqdir, y a’ni hayotiy ko'rsatkichlar bir xil emas, doimiy ham emas, qolaversa, normal sharoitlarda ular faqatgina asab sistemasining mahsuli emas, balki hayotiy sharoitlarga qaratilgandir, chunki ularning ta’sirida qaror topgan boiad i. Tabiiy eksperiment esa qayd etilgan kamchilikni bartaraf etishga yordam beradi, chunki u laboratoriya eksperimenti va kuzatish metodi orasida «joylashgandir». Laboratoriya - tabiiy - kuzatish. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling