Ek sper im en ta L
Eksperimental psixologiyaning vazifalari
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Eksperimental psixologiya. Nishonova Z kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vundt
- A.F.Lazurskiy
Eksperimental psixologiyaning vazifalari:
1. Psixologiya fanida eksperiment o'tkazishning qonunlari, tartibi va tamoyillari bilan tanishtirishdan iborat. 2. Turli metodikalar yordamida shaxsning psixik jarayonlari, holatlari va psixomotor rivojlanishini o'rganishdir. M a’lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, ximiya va boshqa fanlarning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Fanda paydo boMgan eksperimental metodning keng qoMlanilishi bu fanning rivojlanishiga yordam berdi. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlaridayoq psixologlar o'rtasida psixik hodisalarni o ‘rganishda eksperimentni tatbiq qilish mumkin emasmikan, degan muammo paydo boMdi. Bu muammo bo‘yicha faylasuf Kant o ‘z fikrini bildirdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning b o iish i mumkin emas, chunki psixik hodisalarni oMchash mumkin emas, ularga matema- tikani tatbiq qilish ham mumkin emas. Psixik hodisalarni o‘lchashning mumkinligi, binobarin, psixo logiyada eksperimentning b o iish i mumkinligi haqida nemis psixo- logi I.Gerbart (1776-1841) ijobiy fikr bildirgan. U «psixologiyada matematikani tatbiq qilish mumkin va zarurligi haqida» shunday degan: «M ening tadqiqotlarim amalda faqat psixologiyaning o ‘zi bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va umuman tabiat fan- lariga ham qisman aloqadordir». Gerbartning fikricha, asosiy psixofizik element tasavvurdir, qolgan barcha jarayonlar - hissiyot, iroda, tasaw urlar majmuasidan va munosabatlaridan iboratdir. Ruhiy holatlar doimo o ‘zgarish jarayonida bo ladilar. Tasavvurlarning bu doimiy o ‘zgarish va alma- shish jarayonida ma lum darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu doimiylikning miqdor tomonini o'lchash mumkin. Shuning uchun ham, Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tatbiq qilish mumkin. Gerbart garchand psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini isbotlagan boMsa ham, lekin uning o ‘zi bu metoddan foydalanmadi. Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo‘yicha dastlabki ishlami fiziolog Veber (1796-1878) va fizik Fexner (1801-1887) amalga oshirdilar. Veber v<\ Fexneming maqsadi tashqi tassurotlar (fizik omillar) ta sirida sezgilarning o'zaro munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo‘zg‘atuvchi ta’sirlar о rtasidagi qiyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo‘zg‘atgich logarif- miga proporsionaldir, degan psixofizik qonunni kashf etadi. Veber va Fexner о tkazgan tajribalar «Psixofizika» degan alohida fanning paydo bo'lishiga olib keldi. Veber va Fexner ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo‘lib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimen tal fanga aylantirish m um kin ekanligini isbotladilar. Shu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan o ‘z-o‘ zini kuzatishdan foydalanib kelayotgan psixologiya, endi aniq fanlardagi obyektiv metoddan foydalana bosh- laydi. Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundtning (1832-1920) ishlari katta ahamiyat- ga ega bo ldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o ‘z-o‘zini kuza tishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina ijtimoiy fan edi. Vundt eksperiment va o ‘lchash metodlarini zarur deb topib, psixo logiyani eksperimental fanga aylantirishni maqsad qilib qo‘ydi. Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo‘lib qolgan bir qancha metodlami, ya ni kuzatish ruetodi, ifodalash metodi va reaksiya me todlarini kashf etdi hamda rivojlantirdi. Vundt 1879—у ili Leypsigda birinch i eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi. Vundt shug ullangan masalalardan biri o‘sha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan diqqatai bir vaqtda ikkita har xil qo'zg'atuv- chiga to plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. Bu hodisani aniqlash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861- yilda alohida mayatnik o ‘ylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga boMingan yoy atrofida harakatlanadi va har bir m a’lum vaqtdan keyin shigMrlaydi. Bu psixologik eksperimentlar uchun kashf etilgan birinchi asbob edi. Ilmiy psixologiyani rivojlantirish uchun Vundt qo'shim cha vosita sifatida turdosh fanlar, ayniqsa fiziologiya, astronomiya, geografiya, tarix va boshqa fanlardan olingan ma’lumotlardan foydalanish zaru- riyatini ilgari surdi. Leypsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib, Germaniya- ning boshqa shaharlarida ham, shuningdek boshqa mamlakatlarda ham, jum ladan, Fransiya, Angliya va Amerikada laboratoriya hamda institutlar tashkil qilindi. XIX asrning oxirida Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, Q o z o n d a - Bexterev, Odessada N.N.Lengerlar tomonidan shunday laboratoriya ochildi. 1911—yilda Moskva universiteti huzurida, maxsus qurilgan binoda professor Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi. Professor A.F.Lazurskiy (1874-1917) tomonidan eksperimental metodning alohida turi - tabiiy eksperimental metod 1910-yilda ishlab chiqilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixolo- giyasini o'rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta’lim psixo- logiyasi masalalarini ishlab chiqishda keng va unumli foydalanil- moqda. Eksperimental metodning tadbiq qilinishi psixologiya fani taraq- qiyotiga juda unumli ta’sir ko‘rsatdi. Bu metod yordamida oddiy kuzatish va o ‘z-o‘zini kuzatish yo‘li bilan aniqlash qiyin boMgan yoki butunlay mumkin boMmagan ko‘p m a’lumotlar aniqlandi, ayrim psixik hodisalar o'rtasidagi bogManishlar aniqlangan, psixik jarayon- lardagi, ayniqsa, sezgilar, idrok, diqqat, xotira sohasidagi ba’zi bir qonuniyatlar ochilgan. Eksperimental analiz yoMi bilan murakkab psixik jarayonlar (idrok, xotira, tafakkur)ning alohida, tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik jarayonning fiziologik hodisalar bilan, shuningdek tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan boMgan bogManishlari ochilgan. Eksperimental tekshirishiaming yakunlari, shuningdek, eksperimen tal metodning usullaridan foydalanishda amaliy faoliyatning turli sohalarida - o'quv tarbiya ishlarida, tibbiyotda, mehnatni tashkil qilish vu ratsionalizatsiyalashda, sud ishlarida, san’atda juda ko‘p foyda keltirdi. Shuuday qilib, Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling