«ekg signallaridan ekvivalent faoliyatdagi yurak modulini yaratish»


III BOB. EKG SIGNALLARIDAN EKVIVALENT FAOLIYATDAGI YURAK MODULI


Download 0.95 Mb.
bet2/17
Sana18.06.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1575701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Бекмирзаев Саиджалолни БМИ си

III BOB. EKG SIGNALLARIDAN EKVIVALENT FAOLIYATDAGI YURAK MODULI…………………………………………………………...




3.1.Akumlyator yordamida ishlaydigan EKG aparatini loyihalash va yaratish.




3.2.EKG signallaridan ekvivalent faoliyatdagi yurak modulining xulosalari…




XULOSA...........................................................................................................




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.........................................................




ILOVALAR…………………………………………………………………..




KIRISH
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Bugungi kunda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash, Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon sog‘liqni saqlash sohasida ham jadallik bilan kechayotir. Tibbiyoti rivojlangan davlatlardagi kabi eng ilg‘or innovatsion taraqqiyotga erishish borasida jiddiy qadamlar tashlanmoqda. Ayniqsa, so‘nggi ikki-uch yilda tibbiy xizmatni yanada yuksaltirishga daxldor xayrli tashabbuslar sog‘liqni saqlash istiqbolini belgilab berdi. Davlatimiz rahbari, tizimda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan dolrzarb masalalar, tibbiyot muassasalari faoliyatiga oid to‘planib qolgan muammolarni bartaraf etish vazifasini qat’iy qo‘ydilar. Shundan kelib chiqqan holda, bugungi kunga kelib tibbiy xizmat samaradorligi va sifatiga baho berishda mezonlar butunlay o‘zgardi. Endilikda sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarning natijasi tahlil qilinganda, statistik ma’lumotlar emas, xalqimiz faoliyatimizga qanday baho berayotgani, aholi davlat tomonidan yaratilgan zamonaviy tibbiy xizmatlardan nechog‘lik bahramand bo‘layotganiga asosiy urg‘u berilmoqda. Tabiiyki, bu tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inidan tortib yuqori tuzilmalargacha ish faoliyatini tashkil etishda asosiy e’tiborni inson omiliga yo‘naltirish, tibbiy xizmatning sifati va samaradorligini oshirishga zamin yaratmoqda. Natijada tez fursatda butun boshli tizimda keskin jonlanish bo‘y ko‘rsata boshladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi asosida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, pirovardida eng ulkan maqsad - odamlarni rozi qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga alohida urg‘u berildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 7 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimiz tibbiyoti taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Farmon bilan tasdiqlangan 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasida muhim vazifalar belgilandi. Jumladan, sohada milliy qonunchilikni takomillashtirish, tibbiyot sohasida zamonaviy boshqaruv tizimi va hududlarda “klaster” modelini shakllantirish, moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish, tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va ommabopligini oshirish, onalik va bolalik muhofazasini kuchaytirish, xususiy tibbiyot, davlat-xususiy sheriklik mexanizmi va tibbiy turizmni rivojlantirish orqali investitsiyalarni keng jalb etish, farmatsevika tarmog‘i, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tibbiyot fanini rivojlantirish hamda elektron sog‘liqni saqlash tizimini keng joriy etish kabi ustuvor vazifalar aks etgan konsepsiya ijrosini ta’minlash barchamizning zimmamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Aslida ham jahon standartlari asosida menejment va tibbiy xizmatlar sifatini boshqarishning eng namunali amaliyotlarini joriy etish uchun sohada boshqaruvni xalqaro andozalar talablari darajasiga olib chiqish bugungi kunning muhim talabidir. Bugun tibbiyot tizimida qo‘llanilayotgan moliyalashtirishning smeta usulida tibbiyot muassasalari qancha bemor davolanganiga qarab emas, o‘rinlar soniga qarab moliyalashtirib kelinmoqda. Bu tibbiy xizmat sifati va samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Endilikda tibbiyot muassasalarida har bir davolangan holat uchun to‘lash tizimini hamda kishi boshiga moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy etish choralari ko‘rilayapti. Konsepsiyaga muvofiq, 2019 yil 1 apreldan ayrim tumanlardagi tibbiyot muassasalarida jahon tibbiyotidagi eng ilg‘or amaliyotlardan bo‘lgan kishi boshiga moliyalashtirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari boshlandi. Ushbu eksperiment chuqur tahlil etilib, ijobiy natijalar 2020 yil 1 apreldan boshlab boshqa hududlarga ham tatbiq etiladi. Shuningdek, statsionar sog‘liqni saqlash muassasalarida aralash moliyalashtirish mexanizmlarini qo‘llash, ayrim davolash-profilaktika muassasalarini investorlarga ishonchli boshqaruvga berish, elektron sog‘liqni saqlash tizimini keng joriy etish, 2021 yil 1 yanvardan majburiy tibbiy sug‘urtalash bosqichma-bosqich tatbiq qilish kabi vazifalar soha rivojida muhim poydevor vazifasini o‘taydi. Xususiy tibbiyotni rivojlantirish ham bugungi tibbiy-ijtimoiy islohotlarning muhim yo‘nalishidir. Davlat tomonidan Koreya Respublikasi iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondi (EDCF) bilan birgalikda bunyod etilayotgan ushbu loyihaning umumiy qiymati 130,58 million dollarni tashkil etadi. Yana bir tibbiyoti rivojlangan, jumladan, onkologiya yo‘nalishida ko‘plab yutuqlarga erishgan Germaniya davlati bilan ham qator loyihalarni amalga oshirishga kirishildi. Kelgusida bu tarmoqni yanada rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay sharoit yaratish alohida e’tiborda bo‘ladi. Bundan tashqari, elektron sog‘liqni saqlash tizimini keng joriy ham rejalashtirilgan bo‘lib, elektron tibbiyot kartasi, elektron kasallik tarixi va telemeditsina kabi yo‘nalishlar uch bosqichda amalga oshiriladi [2].
Davolash maqsadlarida qo'llaniluvchi tok iste’moli kam va ixchamlashtirilgan elektroforez aparatini loyihalash ishlarini oʻrganish zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolaridan biri boʻlib hisoblanadi. Mazkur bitiruv malakaviy ishida ham davolash maqsadlarida qo'llaniluvchi tok iste’moli kam va ixchamlashtirilgan elektroforez aparatini loyihalash ishlarini oʻrganish masalasi qoʻyilgan.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling