"Ekologik tarbiya" atamasi pedagogikada nisbatan yangi tushuncha, biroq inson va atrof-muhit, tabiatning o‘zaro ta’siri muammosi pedagogik yondashuv tarixi davomida turli nuqtai nazardan ko‘rib chiqilgan


Download 19.3 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi19.3 Kb.
#1790945
Bog'liq
Ekologiya


XX asrning ikkinchi yarmida inson ongi va tafakkurining mahsuli texnik yangiliklarning rivoji, industurial jamiyatga o‘tish taraqqiyot mezonini belgilab berish bilan bir vaqtda insoniyat oldida juda ko‘p va murakkab muammolar yuzaga keldiki, ular ta’sir doirasining miqyosi va ahamiyatiga ko‘ra global muammolar nomini oldi. Buning natijasida mahalliy, mintaqaviy, umumbashariy xarakterga ega bo‘lgan turli xil ekologik muammolar yuzaga kelib, insoniyat sivilizasiyasi davomiyligiga tahdidi ortib bormoqda. Ayni vaqtda dunyo aholisining aksariyati ekotizimni buzilishi va atrof-muhitni ifloslanishi kabi ekologik muammolar insoniyat uchun katta xavf ekanligini ta’kidlamoqdalar.Insoniyat hayotini tahlikaga solayotgan ekologik masalaga yondashuvni bugungi kunda kelajak istiqboli nuqtai nazaridan yoshlar ta’lim-tarbiyaning ajralmas va asosiy omili sifatida tashkil etish davr talabi bo‘lib qolmoqda. O‘quvchilarga ekologik tarbiyani singdirishning ilmiy-nazariy jihatlarini tadqiq etgan holda amaliy – tarixiy bilimlar tizimi bilan uzviy bog‘liqligini ta’kidlash zarur. Bu yondashuv pedagogikada ekologik madaniyatni shakllantirishning zamini bo‘lib xizmat qilgan holda, ekologik ta’lim konsepsiyasiga muvofiq tabiat bilan o‘zaro munosabatlarni muvaffaqiyatli ravishda o‘zlashtirishga imkon bergan holda "Ekologik tarbiya" omilining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi.
"Ekologik tarbiya" atamasi pedagogikada nisbatan yangi tushuncha, biroq inson va atrof-muhit, tabiatning o‘zaro ta’siri muammosi pedagogik yondashuv tarixi davomida turli nuqtai nazardan ko‘rib chiqilgan. Ekologik ta’limning hayotga tatbiq etilishi pedagogik tarixiy ta’limot yondashuvlarida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini inson shaxsining shakllanishi, yaxlitligi, inson va tabiat, jamiyat va koinot birligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilgan.YA.A.Komenskiy nuqtai nazaricha insonda tabiiy, mustaqil va o‘z –o‘zini harakatga keltiruvchi kuch mavjud degan qarash ilgari surilgan holda, ta’limning muntazamligi asosida o‘quvchi dunyoni anglash va zaruriy bilimlarni egallashda o‘zini o‘zi faoliyatga undovchi tamoyil nazariyasini shakllantiradi, degan fikrlarni ilgari surgan [30].Tabiat va unga bo‘lgan munosabat bolaning yoshligidan paydo bo‘lishi haqidagi qarash va nazariyalar J.J.Russo ijodida ham alohida ahamiyat kasb etgan bo‘lib, uning nuqtai nazaricha bolaning "tabiiy rivojlanishi" tarbiyaning uchta kombinasiyasiga, ya’ni tabiat, odamlar va jamiyatning uzviy bir-biriga ta’sir va doimiy aloqasiga bog‘liqligiga asoslanishini ta’kidlaydi. Shuningdek, ta’lim jarayonida J.J.Russoning fikriga ko‘ra bola tabiat qoidalariga rioya qilishi zarur. Tabiiy ta’lim jarayonida bolaning moyilligi va ehtiyojlarini hisobga olnishi, ijtimoiy majburiyatlarga yo‘naltirish zarur bo‘lgan hayotiy bilimlar bilan uyg‘unlashish g‘oyasini ilgari suradi. O‘quvchingizni yoshiga qarab jismonan va ruhan davolang, uni har kuni tabiat bag‘riga olib chiqing, u o‘sha erda yugursin va bir necha marta yiqilsin, bu jarayon uni tezroq turib ketishga, ya’ni hayotiy pozitsiyasini o‘zi belgilash va tiklash imkoniyatini beradi[36]. Tarbiya muammolarini faqatgina ta’lim muassasasi doirasida ko‘rib chiqish bir tomonlama qarash bo‘lib, bu borada to‘g‘ri qaror qabul qilishda etarlicha asosga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun bola shaxsini shakllantirishda atrof-muhit - tabiat, oila, ijtimoiy institutlar, davlat va nodavlat tashkilotlar, davlat siyosati va iqtisodiyoti ham o‘z o‘rninga ega bo‘lib, ma’lum funksiya va vazifalarni bajargan holda ta’sir doirasi darajasida ekologik ta’lim muammolari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan maktab va atrof-muhitning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirishda tizimlilik muvozanatini ta’minlashda katta xizmat qiladi. Bunda:
- maktab ta’limi o‘z faoliyatida atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qitish tizimini amalga oshiradi;
- o‘quvchilarda atrof-muhitga qiziqish va jonli tabiatga mehr ko‘rsatish hamda uning bir bo‘lagi ekanligini singdirish borasidagi targ‘ibot va tashviqotni samaradorligini oshirish borasida zamonaviy dasturlar yaratadi;
- maktabda o‘quvchilarga nafaqat atrof-muhitni o‘rganish balki uning faol iste’molchisi ekanligini singdirish orqali, kelajakda yashab qolishning birdan-bir manbai ekanligini uqtiradi;
-maktab ta’limida jamiyat muvozanati hamda sog‘lom fikr yuritish tabiat va ekotizim mahsuli ekanligini nazariy manbalar va amaliy omillar orqali tushuntiradi;
-o‘quvchi yoshlarda atrof-muhit va ekotizm yuzasidan ilg‘or fikrlarni, zamonaviy qarash va nazariyalarni singdirgan holda ijtimoiy faolligini oshirib konservativ qarashlardan holi etadi.
Ushbu qarashlarimiz "ekologik pedagogika" muammolarini faol rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, yoshlarda ekologik ta’lim va tarbiyaning yangicha qarashlarini shakllanishiga nazariy va amaliy omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. "Ekologik pedagogika" ta’limi tahlili shuni ko‘rsatadiki, maktab o‘quvchilariga zamonaviy ekologik ta’lim tizimini rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan bir qator asosiy yondashuvlarni aniqlash imkonini yaratib, fan dasturiga, xususan, atrof-muhitning mohiyatini va uning pedagogik ahamiyatini, ta’lim tizimidagi o‘rnini asoslash, atrof-muhitning har xil turlarini o‘rganish, atrofmuhit bilan pedagogik ishlarni tashkil etishning uslubiy masalalarini ishlab chiqish, “ko‘rsatkichlar” va "o‘lchov birliklari" kabi masalalar joy olishini taqozo etadi. Shundan kelib chiqqan holda, "atrof-muhit pedagogikasi" konsepsiyasining tarafdorlari insonning shakllanishiga ta’sir qiluvchi tabiiy omillarni, qonuniyatlarni, tashkil etish shakllarini va usullarini, insonni ijtimoiy shakllanishining butun jarayonini doimiy integral sifatida o‘rganish zarurligini ta’kidlaganlar.
"Ekologik pedagogika" nazariyasini ishlab chiqish natijasida atrof-muhit va ekologik ta’limni tashkil etishda yangi istiqbollarni ko‘rib chiqishga imkon berdi. Yuqorida ilmiy jihatdan tahlil etilgan ta’lim muhitining g‘oyalari birinchi navbatda ijtimoiy ta’lim muammolari sifatida rivojlandi va pedagogikada ekotizimdan maqsadli foydalanish, avvalambor tabiiy muhit bilan yaqin aloqada "ochiq" pedagogik tizimni yaratishning o‘ziga xos tajribasi yuzaga keldi. Bu qarash va nazariyalar haqida tadqiqotchi V.A.Suxomlinskiy bir qator ilmiy nazariyalarni ilgari surgan bo‘lib, tabiat bilan aloqa qilish orqali insonni tarbiyalash u yaratgan butun pedagogik tizimni qamrab oladi deydi.
Ekologik masala yuzasidan 2019-yil 12-aprel kuni Xalqaro ekologik bilimlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Ekoharakat deputatlik guruhi hamda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi hamkorligida “Mamlakatimizda ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish” masalasi atroflicha muhokama qilinib, dunyoda kun sayin keskinlashib borayotgan ekologik muammolarni bartaraf etish uchun ekologik bilim yuqori bo‘lmog‘i lozimligi ta’kidlangan. Unda har yili dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ekologik bilimlar kuni keng ommaviy ravishda nishonlanishi e’tirof etilgan holda 1992-yil Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan BMT konferensiyasida atrof-muhit muammolari muhokamasi chog‘ida insoniyatning hayoti va barqarorligi uchun butun dunyo aholisi o‘rtasida ekologik bilimni targ‘ib etish atroflicha bayon etilganligi xususida ilmiy-amaliy fikr-mulohazalar yuzasidagi masalalarga e’tibor qaratilgan.Bundan ko‘zlangan maqsad – sayyoramiz aholisining ekologik bilimini boyitish g‘oyasini ilgari surish, aholida ekologik madaniyatni rivojlantirish, jamiyatning ekologik xavfsizligi haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirish hamda har bir fuqaroni tabiatga hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalashni targ‘ib etishdir.
Ekologik muammolarning tobora global ahamiyat kasb etib borayotganligi inobatga olinib, so‘nggi yillarda muhim ustuvor vazifalar bilan bir qatorda atrof muhit muhofazasi, ekologik madaniyat, ekologik ta’lim-tarbiya, ekologik ma’rifat masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.
«Inson tomonidan biosferaga ko‘rsatilayotgan ta’sirni tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda hal etilsa, ko‘p jihatdan hozirgi va kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatini beradi».
Bugungi kunda insoniyat tabiatga jiddiy zarar etkazganiga qaramay, uni asl holatiga qaytarish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Ekologik vaziyatni yaxshilashga ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri jamiyatning har bir a’zosida zamonaviy ekologik dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.
XXI - asr ekologiya asri bo'lishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatiga ziyon etkazmasdan o'zgartirish, tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish va yashash muhitini saqlashdek muqaddas ishga o'zining munosib hissasini qo'shishi lozimdir. Ekologik ta’limning dolzarbligi mamlakatimiz tabiati, ekotizimlari, atrof muhitni beqarorlik va izdan chiqishdan asrash, aholining ekologik madaniyatini oshirish, ushbu o‘ta jiddiy, hayotiy masalalarga aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlar hissa qo‘shishi zarurligi bilan belgilanadi. Yurtimizda ekologik ta’limni rivojlantirish bo'yicha tegishli normativehuquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Jumaladan, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasida ekologik ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" [2] qarori qabul qilindi. Unga binoan, Konsepsiyaning asosiy maqsadi o‘sib kelayotgan yosh avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish hamda rivojlantirish, ekologik ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish, shuningdek, ekologiya sohasidagi ilm-fanni jahonning ilg‘or innovatsion texnologiyalarini jalb etgan holda yanada takomillashtirishdan iborat.
Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”[3]gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimida ekologik ta’limni rivojlantirishdan iborat.
Shuningdek, “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni [4] qabul qilindi. Unga ko'ra, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini 2019 — 2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tuzilgan bo'lib, unda O‘zbekiston Respublikasining Ekologik kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish orqali atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlarining funksiya hamda vazifalarini aniq chegaralash, shuningdek, ularning harakatlari muvofiqlashtirilishini ta’minlash, ekologiyani yanada yaxshilash bo'yicha ilm-fanni rivojlantirish, ekologik ta'lim-tarbiyani, ekologik ong va madaniyatni shakllantirish bo'yicha alohida qoidalar kiritilgan.
"O'zbekiston Respublikasining ekologik nazorat to'g'risida"[5]gi Qonunida ekologik ta'lim-tarbiya berish, tushuntirish ishlari olib borish, jamoaviy atrofmuhitga ehtiyotkorona munosabatlarni o'z ichiga olgan. Ekologiyani himoya qilish, muhofazalash, uning insonlar uchun qanchalik muhim ekanligi, atrof-muhitga ziyon yetkazish kelajak avlodlarga hiyonat qilish bilan barobar bo'lib, ekologiyani saqlash bo'yicha konstitutsiyamizda ham alohida moddalar kiritilgan. Jumladan, Tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy va huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasining konstitusiyasida o'z aksini topgan. Konstitusiyaning 50, 54, 55 va 100-moddalarida[6] fuqarolarning ushbu sohasidagi huquq va majburiyatlari, atrof-muhitga munosabat va boshqaruv tizimi bo'g'inlarining faoliyati belgilangan. Jumladan 50-moddada “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar” deyiladi. 100-moddada atrof muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari vazifasiga kirishi ta'kidlangan. O'zbekistonda tabiiy sharoitlarni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini “Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida”gi[7] Qonuni belgilab beradi. Qonunga muvofiq O'zbekistonda tabiatni muhofaza qilishga taalluqli huquqiy munosabatlarni tartibga solish Oliy Majlisning mutlaq vakolati doirasiga kiradi. Bularga tabiatni muhofaza qilish sahasidagi davlat siyosatini belgilash, davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash; ushbu sohadagi respublika qonun xujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish; tabiatni muhofaza qilishga taaluqli qonunlar ijrosini muvofiqlashtirib borish va boshqalar kiradi.
Ekologik ta'lim-tarbiyani maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablardan boshlab yuqori ta'lim muassasalarida uzluksiz olib borish kerak. Uzluksiz ta’limjarayoni maktabgacha ta’lim muassasalarida atrofdagi tabiat va o’rab turgan olam bilan tanishuvdan boshlanadi. Ushbu mavzuni chuqurlashtirish boshlang’ich sinflar negizida «Sog’lomlashtirish», «Atrofimizdagi olam» va «Tabiatshunoslik» kabi fanlar orqali, so’ngra o’rta maktabda, o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida tabiiy hamda gumanitar fanlar majmui orqali davom ettiriladi. Tabiat, uning go'zalligi va tabiiy boyliklarni saqlash borasidagi ishlarni oila, bog'cha bolalari va maktab o'quvchilari orasida olib borishdan boshlab, yosh va o'sib kelayotgan avlodni atrof muhit, undagi o'simlik, hayvon, suv va tuproqqa mehr-shafqatli, ularni asraydigan, boyitadigan jonkuyar qilib tarbiyalash kerak.
Ekologik ta’lim – maqsadli yo‘naltirilgan reja asosida tizimli ekologik bilim, madaniyat, malaka va o‘quvni rivojlanish jarayonida o‘rganib borishdir. Shuningdek, ekologik madaniyatning shakllanishi – ekologik ong va tushunchani shakllanishi bo‘lib, atrof-muhit bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishdir.
Ekologik madaniyatning asosiy g‘oyasi – inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlik moddiy tomondan emas, balki ma’naviy jihatdan bo‘lishi kerak"-[8] deydi D.Yo.Yormatova. Bu ayni haqiqat va qachonki odamlar ma'naviy, vijdonan atrofmuhitga munosabatda bo'lish zarur. Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo‘lib, maktabda barcha fanlarni o‘qitishda amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi.
Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o‘rgata boriladi.P.S.Sultonovning ta'kidlashicha, tabiatni muhofaza qilish bo'yicha ta’limberish - bu tabiatni muhofaza qilish masalalarining nazariy va amaliy jihatdan o'zlashtirishga yo'naltirilgan o‘qitish tizimidir. Umumiy va maxsus ekologiya asoslarini bilish har bir zamonaviy kishi uchun zarur bo'lgan madaniyat elementi hisoblanadi. Ekologik ta’lim berishdan maqsad, har bir kishiga kelajakda u qaysi sohada ishlashidan qat’i nazar , tabiat va jamiyatning o'zaro munosabati to'g'risidagi bilimlarni berishdir.
P.S.Sultonovning fikri va taklifiga qo'shilgan holda, shuni qo'shimcha qilamizki, ekologiya fanini uzluksiz ta'lim tizimining barcha yo'nalishda olib borish hozirgi davrning dolzarb atrof-muhit muammolarini yechishga yordam beradi.
Shuningdek, ekologiyani muhofaza qilish qaratilgan ba'zi bir taklif va mulohazalarni keltirib o'tsak maqsadga muvofiq bo'lardi.
Birinchidan, maqsadlarga erishish uchun maktabgacha ta’lim muassalari tarbiyalanuvchilarini maxsus «Ekologik ta'lim-tarbiya metodikasi», «Tabiat bilan tanishish» kabi dasturlar asosida tarbiyalash hamda turli o'yinlar vositasi bilan tabiatga oid ekologik ta'lim elementlarini bolalar ongiga singdirish;
Ikkinchidan, tabiatga nisbatan mehr-muhabbat uyg'otish borasida olib boriladigan ishlar maxsus metodik qo'llanmalar, tavsiyalar, «Atrofimizdagi olam» darslarida olib borilishi;
Uchunchidan, Maktablarda «Atrofimizdagi olam», «Tabiatshunoslik» o'quv kitoblari asosida «atrof muhit», «tabiat», «atrof muhit muhofazasi», «ekologiya», «ekologiya ziddiyatlari» kabi tushunchalar botanika, zoologiya, adabiyot, kimyo, fizika va ayniqsa, «Umumiy biologiya» fanlarini o'tishda alohida o'rin olishi kerak;
To'rtinchidan, Bolalarga atrof-muhit borasida ekologik ta'lim-tarbiya beradigan tarbiyachi va metodistlarning o'zlari maxsus kurslarni tamomlagan, tajribali mutaxasislar bo'lishi;
Beshinchidan, maktab va litsey o'quvchilari «yosh tabiatshunoslar», «Yashil patrullar» «Jonivorlarni asrovchi jonkuyarlar», «Ona yer patrullari», «Toza havo», «Moviy suv» patrullari, sog'lomlashtirish lanerida tuzilgan «Tabiat va fantaziya», «Yosh fenologlar», «Tabiatni muhofaza qilish» kabi to'garaklarda maxsus tayyorlagan «Yosh ekologlar», «Tabiatni muxofaza qilish» kabi to'garaklarni maxsus tayyorlagan «Yosh ekologlar» o'quv dasturi asosida atrof muhit muammolarini har tomonlama o'rganib borish;
Oltinchidan, «Ekologik ta'lim va tarbiya uslubi» dasturi asosida tarbiyachilarni qayta tayyorlash kurslari, leksiyalar, tajriba almashish seminarlari tashkil qilib, xizmatchilarning bilim va saviyalari, ishlash qobiliyatlarini oshirish kerak;
Yettinchidan, o'quvchilarni tabiat, agrotsenozlarga, ekskurssiyalarga olib chiqishda atrof muhit holati, uning muhofazasi alohida o'rin olishi, o'quvchilar shu ekskursiya davomida o'zlari yashayotgan joyning tabiati, uning ekologik holati, unga ta'sir qilayotgan salbiy va ijobiy omillar, tabiat boyliklarini saqlash va boyitish borasida chora-tadbirlar ko'ra bilish bo'yicha bilim, ko'nikmalar va fikrlash qobiliyatiga ega bo'lib, ekskursiyadan qaytishlari kerak. Ekologik monitoringni olib borishida ham jadal ishlar olib borilmoqda.
Ekologik monitoring (EM) – ekologik ta’lim tizimining bir qismi bo‘lib, asosan ekologik bilimlar va tushunchalarning, dunyoqarashning amaliy ishlar asosida shakllanishiga, o‘zi yashab turgan joydagi tabiat o‘zgarishlarini uzluksiz ravishda kuzatib borishga aytiladi. Ekologik monitoring aslida tabiiy muhit, ekotizim va boshqa hodisalarni bir muddatda o‘rganilgan izlanishlar asoslamaydi, balki alohida ajratib olingan joylarda bir necha yillar davomida olib borilgan ko‘p yillik ishlarni taqqoslash natijasiga amal qilgan holda olib boriladi.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirib o'tilgan normativ - huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi, ekologik ta’limning izchillik bilan joriy qilinishiyoshlarda ekologik – huquqiy ong va madaniyatni oshirishga salmoqli hissa qo‘shadi, deb o’ylaymiz.


Adabiyotlar:
1.suvonqulov, jamshid. (2020). Ўрмонларни муҳофаза қилиш соҳасида жамоат
назоратининг ҳуқуқий асослари .
https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/5174
2.suvonqulov, jamshid. (2020). Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари экологик
ваколатларининг ҳуқуқий асослари тушунчаси, таркиби ва муаммолари.

Reja:
1.EKOLOGIK TA'LIM-TARBIYA
2.EKOLOGIK ONG VA MADANIYAT
3.EKOLOGIK MONITORING
Download 19.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling