Экология ” фанидан амалий шилар учун ўқув-услубий қўлланма Тошкент 2021 Тузувчилар
Download 1.22 Mb.
|
Экология янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- P = (P N + P L + P SL ) · K I , (10)
- 12-Amaliy mashg’ulot. Sanoat chiqindilarni ushlab qolish qolish samaradorligini baholash “Biosferani muhandislik muhofaza qilish”
- Umumiy ma’lumotlar: Gazlarni adsorbsion tozalash usullarining mazmuni. Adsorbentlar turlari
- Oltingurgut dioksididan gazlarni tozalash
- Gazlarni vodorod sulfiddan tozalash.
- Gazlarni tozalashning katalitik usullari
- Azot oksidlarining katalitik parchalanishi
- Uglerod oksididan tozlash
- Oltingurgut dioksididan tozlash
Pl = ∑ni=1 Sli .(Mli-MNi) (8) 4 marta ishlanadi.
Mli-Belgilangan chegara bo‘yicha i-nchi IM tashlamasi t/yil, Sli- Belgilangan chegara bo‘yicha i-nchi IM chegaralaridagi 1 tonna tashlamasi uchun to‘lov me’yori, so‘m/t. 8. IM me’yordan ortiq tashlamasi uchun to‘lov: Psl =∑Cli.(M1- Mli) (9) 4 marta ishlanadi. 9.P statsionar manbalardan atmosferaga IM tashlamalari uchun umumiy to‘lov quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: P = (PN + PL + PSL) · KI, (10) bu yerda PN – foydalanuvchi uchun o‘rnatilgan chegaraviy ruxsat etiladigan me’yorlardan oshmaydigan tashlamalar (ChRET) hajmlaridagi HI tashlamalari uchun to‘lov so‘m/yil; PL – o‘rnatilgan me’yorlar chegaralaridagi (vaqtinchalik muvofiqlashtirilgan tashlamalar – VMT) HI tashlamalari uchun to‘lov so‘m/yil; PSL - me’yorlar chegaralaridan ortiq HI tashlamalari uchun to‘lov so‘m/yil; KI – indeksatsiyalash koeffitsienti. Inflyatsiya darajasini hisobga oladigan koeffitsient bilan qo‘llaniladigan RF hukumatining 01.07.2005 yidagi № 410-sonli Qarori bilan tasdiqlangan atrof-muhitga salbiy ta’sir uchun to‘lovlar asosiy me’yorlari (2012 yil uchun KI = 1,67 o‘rnatilgan). 11.3-jadval
12-Amaliy mashg’ulot. Sanoat chiqindilarni ushlab qolish qolish samaradorligini baholash “Biosferani muhandislik muhofaza qilish” Chegaraviy ruxsat etiladigan konsentratsiyalar Ishdan maqsad: Havoning yer usti qatlamida aholi, shuningdek hayvonot va o‘simlik dunyosi uchun chegaraviy ruxsat etiladigan konsentratsiyalar (ChREK) ta’minlanadigan bittalik manbadan (quvurdan) atmosferaga qizigan tashlamalarning chegaraviy ruxsat etiladigan qiymatini (ChREQ) o‘rnatish. Umumiy ma’lumotlar: Gazlarni adsorbsion tozalash usullarining mazmuni. Adsorbentlar turlari Adsorbsion tozalash usullari gazsimon va bug‘simon aralashmalarni takomillashtirilgan sirtli qattiq jismlar – adsorbentlar orqali yutilishiga asoslangan. Gazning yutiladigan molekulalari qattiq jismlarning sirtida Van-der-Vaals kuchlari orqali (fizik adsorbsiya) yoki kimyoviy kuchlar orqali (xemosorbsiya) ushlab qolinadi. Adsorbsiya bosqichlari: gazning molekulalarini qattiq jismning tashqi sirtiga o‘tishi, qattiq jismning g‘ovaklariga gazning molekulalarini kirib borishi, adsorbsiyaning o‘zi. Adsorbsiya uncha yuqori bo‘lmagan zararli komponentlar konsentratsiyasili gazlarni tozalash uchun tavsiya etiladi. Adsorbsiyalangan moddalar adsorbentlardan inert gazi yoki bug‘i bilan desorbsiyalash orqali chiqarib yuboriladi. Adsorbentlar sifatida yuqori takomillashtirilgan ichki sirtli materiallar ishlatiladi. Sanoat adsorbentlarining asosiy turlari: aktivlashtirilgan ko‘mirlar, silikagellar (SiO2*nH2O), alyumogellar, seolitlar, ionitlar. Oltingurgut dioksididan gazlarni tozalash Bunda adsorbentlar sifatida aktivlashtirilgan ko‘mirlar, yarim kokslar, aktivlashtirilgan silikagel, dolomit, karbonat kalsiy va boshqalar ishlatiladi, to‘g‘ridan yoqish kamerasida CO2 ohak yoki dolomit bilan adsorbsiyalash jarayonlari ishlab chiqilmoqda. Oltingurgut dioksidi yuqori haroratda kukunsimon material orqali adsorbsiyalanadi. Keyin tutungazlari quruq yoki nam chang to‘plagichlarda tozalanadi. Gazlarni vodorod sulfiddan tozalash. Bunda donachalashtirilgan temir oksidi va gidroksidi bir necha psevdo-suyultirilgan qatlamlarili apparatlar ishlatiladi. jarayonning kamchiliklari: tozalashning past samaradorligi, ohakdan foydalanishning yuqori bo‘lmagan darajasi, texnologik qurilmalarning to‘lib qolishi. Gazlarni tozalashning katalitik usullari Zaharli komponentlarni zaharsiz komponentlarga kimyoviy aylanishi katalizatorlar ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Katalizatorlar uchun changlar va zaharlarga ega bo‘lmagan gazlar tozalanadi. Usul gazlarni azot, oltigurgut, uglerod oksidalaridan va organik aralashmalardan tozalash uchun qo‘llaniladi. Azot oksidlarining katalitik parchalanishi Azot oksidlari katalizatorlar ishtirokidaqayta tiklovchi gaz (H2, CO, CH4) orqli qayta tiklanadi. Katalizatorlar sifatida turli metallar ishlatiladi, ularga olovga bardoshli materiallar (tashuvchilar) qoplanadi, aluminiy oksidiga yuritilgan palladiyli katalizator qo‘llaniladi. Qayta tiklashda kontaktlanishning boshlanishi harorati 400-470 graduslarni tashkil etadi. Reaksiyalar quydagicha: 4NO + CH4 = CO2 + 2H2O + 2N2; 2NO + 2H2 = N2 + 2H2O; 2N2O + 4CO = N2 + 4CO2. Uglerod oksididan tozlash Katalitik tozalash sanoat gazlarini SOdan zararsizlantirishda eng ratsional hisoblanadi. Nikelli va temir katalizatorlarda uglerod oksididan tozalash jarayoni yuqori bosimlarda va oshirilgan haroratlarda quyidagi reaksiya bo‘yicha o‘tkaziladi: CO + 3H2 = CH4 + H2O. Oltingurgut dioksididan tozlash Oltingurgut dioksididan gazlarni katalitik tozalash texnologiyasi nitroz yoki kontakt usulda SO2 va SO3 oksidlanish prinsipiga asoslangan. Gazni SO2 dan tozalashning sulfat ammoniy olinadigan usuli ham mavjud. SO2 400-420 graduslarda V2O5 ishtirokida SO3 gacha oksidlanadi. Keyin 220-260 graduslar haroratda gazsimon ammiak kiritiladi. Olingan sulfat ammoniy kristallari siklonlar va elektr filtrlarda ajratib olinadi. 12.1-jadval
12.2-jadval
W – quvurdan aralashmani o‘rtacha chiqish tezligi; kF – o‘tirishning ta’sirini aniqlaydigan koeffitsient; n – bog‘liqlik koeffitsienti Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling