Ekologiya fani va uning asosiy vazifalari
Ekologik omillar o’z tabiatiga ko’ra qo’yidagi guruhlarga bo’linadi
Download 108.07 Kb.
|
EKOLOGIYADAN MUSTAQIL ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- ATMOSFERANING IFLOSLANISHI, UNING ASOSIY
Ekologik omillar o’z tabiatiga ko’ra qo’yidagi guruhlarga bo’linadi.
Abiotik omillar {olik}: ularga quruqlik biostenozlarida qo’yidagilar kiradi: 1) iqlim omillari - yorug’lik, namlik,harorat, havo va hokazo. 2) Edafik {yoki tuproq grunt} tuproqning ximiyaviy va fizik xossallari. 3) Topografik {relef sharoiti}. Biotik omillar {tirik}ikki guruhga. 1.Fitogen – birgalikda yashayotgan o’simliklarning bir-biriga ta’siri. 2.Zoogen-hayvonlarning {oziqlanishi, payhon qilishi,changlanishi, tarqatish. 3.Mikrobiogen va mikogen: mikroorganizmlar va zamburug’larning ta’siri. Antropogen omil: Insoning xo’jalik yuritish faoliyati, mehnat vositalari, zavod, fabrika, shahar, qishloq, turli-tuman inshootlar, texnika vositalari, madaniy landshaftlar va hokazo. Muhitning ayni bir faktori har xil organizmlar uchun turlicha ta’sir etadi va ahamiyatga ega. Masalan: Suv pardasining sirt tortishish kuchi suvdagi mayda qisqichbaqalar {dafniya, stiklonlar } uchun xavfli, chunki ular bu kuchga bardosh bera olmaydi, chunki ular suv sathiga yopishib qoladi. Suv qandalalari esa bemalol so’zib yuraveradi. Har qaysi faktorning organizmga ta’sir etish darajasi uning dozasi (normasi) ga bog’liq. Faktorning yashash mumkin bo’lgan minimal va maksimal ahamiyati organizmning chidamlilik chegarasini belgilaydi. Har bir turning turli faktorlarga o’ziga xos chidamlilik chegarasi bor. Faktorning organizmga eng qo’lay ta’sir etadigan chegarasi OPTIMUM zona deyiladi. M: Rif hosil qiluvchi marjon poliplar faqat +20-300 doirasida yashaydi. Tilogoch esa yakutiada 69-350 C t da yashaydi. Fil,oq ayiq va hokazo ATMOSFERANING IFLOSLANISHI, UNING ASOSIYSABABLARIAtmosfera geografik qobiqda muhim ahamiyatga ega. Atmosferani Yerning “ko‘rpasi” va “qalqoni” deyishadi. U Yerning issiqlik rejimini tartibga solib turadi, issiqlikni Yer yuzasida taqsimlanishiga imkon beradi. Binobarin, uning mavjudligi tufayli Yer yuzasi sovib ham ketmaydi, isib ham ketmaydi. Agar havo qobig’I bolmaganda edi, yer yuzasida haroratlarning kunlik ozgarishi 2000 gacha yetgan holda, kunduzi jazirama issiq (+1000 dan yuqori ) va oqshom izg’irin sovuq (-1000ga yaqin) bo‘lar edi. Havodagi kislorodning miqdori hajmiga ko‘ra o‘rtacha 20,95 %ni tashkil etadi.Atmosferadagi erkin kislorodning umumiy miqdori nihoyat darajada katta (1,5*1015t).F.F.Davitayaning (1978) hisoblariga ko‘ra kislorodning fotosintetik mahsulotining yillik miqdori 120-190*109.Yoqilg’ilarni yoqish, metallurgiya va kimyo mahsulotlari, turli xil chiqindilarning qo‘shimcha oksidlanishiga har yili 10-20*109t kislorod sarf bo‘ladi. Binobarin, insonning xo‘jalik faoliyati tufayli har yili biogen paydo bo‘lgan kislorodning 10-16%i sarflanadi. Lekin atmosferada kislorodning kamayib ketish xavfi yo‘q. Chunki yashil o‘simliklar va okean fitoplankton (yunoncha fito-o‘simlik va plankton-sahqib yuradigan, adashib yuradigan, darbadar kezadigan) karbonat angidrid gazini o‘ziga singdirib , fotosintez jarayonida kislorod ajratadi. Atmosferaning mahalliy miqyoslarda ifloslanishi anchadan buyon ma‘lum bo‘lsada, XX asrda global muammoga aylandi. Atmosferaning ifloslanishi antropogen manbalardan chiqarilayotgan gazlar (90%) va aerozollar (yun. air – havo; nem. sol – erituvchi) (10%) tufayli sodir bo‘moqda. Atmosferaga chiqariladigan gazlar va aerozollar tarkibida 160 ga yaqin zararli moddalar borligi aniqlangan. Transport, sanoat, issiqlik stantsiyalari va shuningdek, aholi manzilgohlari, xarbiy harakatlar, sinov maqsadlarida o‘tkaziladigan yadroviy portlatishlar atmosfera ifloslanishining asosiy antropogen manbalaridir. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab energiya olish maqsadlarida katta miqdorda mineral yoqilg‘ilardan foydalanish atmosferaga katta miqdorda turli chiqindilarni chiqarishga olish keldi.Hisoblarga ko`ra XX asr oxirida yonilg`ini yoqish natijasida Yer atmosferasiga har yili 250 mln. t kul, 250 oltingugurt dioksidi (SO2), 93 mln.t serovodorod, 300 mln.t uglerod oksidi, 23 mln.t uglerod dvuokisi, 50 mln.t azot oksidi va boshqa ko`pgina ifloslovchi moddalar chiqarilgan. [elektroenergiya ishlab chiqarish, po‘lat quyish va avtomobillarning harakati natijasida atmosferaga 5 mlrd. t uglerod, taxminan 100 mln.t oltingugurt va azot oksidi chiqarilgan.] Endilikda uglerodning atmosferaga chiqarilayotgan jami miqdori 6 mlrd. t ga yetdi. Tabiiy o‘rmonlarning yo‘q qilinishi ham is gazi hajmining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Atmosferaga ko‘p miqdorda turli chiqindilarning chiqarilishi Yerda havoning o‘rtacha haroratini 1890 yildagi 14,50 dan 1980 yilda 15,20 ga oshishiga sabab bo‘ldi. Atmosferaga turli chiqindilarning chiqarilishi tufayli haroratning ko‘tarilishi davom etmoqda. AQSHlik olimlarning hisoblaricha 2030 – 2050 yillar orasida havoning o‘rtacha harorati 1,5 – 4,50 ga ko‘tarilishi bashorat qilingan. Rossiyalik olim M.I. Budiko (1992) Yerning o‘rtacha havo harorati quyidagicha bo‘lishini bashorat qiladi: 2000 yilda 0,90 (yo‘l qo‘yilgan hato ± 0,30), 2025 yilda – 1,40 (± 0,70), 2050 yilda – 2,00 (± 1,00), 2075 yilda – 2,50 (± 1,60), 2100 yilda – 3,20 (± 2,00). Download 108.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling