Ekologiya fanining asosiy qonunlari


Download 17.63 Kb.
bet2/6
Sana31.01.2024
Hajmi17.63 Kb.
#1828721
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ekologiya

Populyatsion ekologiya. Populyatsiya so’zi (frantsuzcha bo’lib “populus” – “xalq” degan ma’noda) populyatsiyalar dinamikasi, ma’lum sharoitlarda turli organizmlar sonining o’zgarishi (biologik dinamikasi) sabablarini tekshiradi. “Populyatsiya” deb uzoq muddat davomida muayyan bir joyda yashaydigan, o’sadigan bir turga yoki individlar yig’indisiga aytiladi.

3. Sinekologiya (“sin” – yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi “birgalikda” demakdir) biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simlik va hayvon turlarining o’zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatlarini o’rganadi.

3. Sinekologiya (“sin” – yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi “birgalikda” demakdir) biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simlik va hayvon turlarining o’zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatlarini o’rganadi.

4. Ekotizimlarni tadqiqot qilishning rivojlanishi ekologiyaning yangi bir bo’limini, ya’ni biosfera (yunoncha “bios” – hayot, “sfera” - shar) haqidagi ta’limotni vujudga keltiradi. Ushbu ta’limotning asoschisi V.I. Vernadskiy hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya’ni yer qobig’idagi mavjudotlar tizimi “biosfera” deb ataladi.

Ekologiya fanining vazifalari

Ekologiya kundalik turmushimizda kerak bo’ladigan ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishda, xalq xo’jaligining turli sohalarini rivojlantirishda asosiy baza bo’lib hisoblanadi va bugungi kunda ekologiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • biotsenozlar hosil qilish (sun’iy yaylovlar hosil qilish);
  • qumlarni ko’chishini to’htatish, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish;
  • qishloq xo’jalik ekinlarini rayonlashtirish;
  • o’simliklarni zararkunandalardan muhofaza qilish;

atrof-muhitdagi antropogen o’zgarishlarni o’rganish va muhitni yaxshilash metodikasini asoslash;

  • atrof-muhitdagi antropogen o’zgarishlarni o’rganish va muhitni yaxshilash metodikasini asoslash;
  • yuqori hosildorli asosiy o’simliklar optimal zichligini aniqlash;
  • ekologik xavfni oldindan aniqlash va uning oldini olish;
  • ekologik me’yor tizimini tuzish. Tabiatdan unumli foydalanish;
  • tabiatda oz uchraydigan va yo’qolib borayotgan o’simlik va hayvonlarni muhofaza qilish, ko’paytirish yo’llarini ishlab chiqish;
  • havo va tuproqning tozaligini ta’minlash;
  • suvning tozaligini asrash, ifloslanishga yo’l qo’ymaslik;
  • biologik xilma-xillini asrash;
  • o’simlik va hayvonlar populyatsiyalarini aniqlash va ularning muhofaza qilish;
  • tabiat va jamiyat orasidagi muvozanatning buzilishiga yo’l qo’ymaslik;
  • tabiat ustidan xukmronlik qilmasdan u bilan hamkorlik qilish va boshqalar.

Download 17.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling