Ekologiya fanining asosiy qonunlari


Mavzu:Muhit va uning turlari. Suv, havo, tuproq va tirik organizmlar yashash muhitlari. Organizmlarning muhitga moslanishi


Download 17.63 Kb.
bet3/6
Sana31.01.2024
Hajmi17.63 Kb.
#1828721
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ekologiya

Mavzu:Muhit va uning turlari. Suv, havo, tuproq va tirik organizmlar yashash muhitlari. Organizmlarning muhitga moslanishi.


Muhit omillarining organizmlarga ta’sir etish qonuniyatlari. Ekologik omillar xilma-xil bo‘lishiga qaramay ularning tirik organizmlarga ta’sir etish xarakterida, ekologik omillarning ta’siriga tirik organizmlarning javob reaksiyalarida bir qator umumiy qonuniyatlarni aniqlash mumkin.
Muhit omilining yetishmasligi ham, me’yordan ortib ketishi ham tirik organizmlar hayot faoliyatining o‘zgarishiga olib keladi. Ekologik omilning organizm hayot faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’sirining eng qulay chegarasi biologik optimum yoki optimum zonasi deyiladi.
Ekologik omil ko‘rsatkichlarining tirik organizmlar yashashi mumkin bo‘lgan chidamlilik chegaralari doirasi tolerantlik (lot. «tolerantia» – sabrtoqat)zonasideb ham yuritiladi.
Omilning ma’lum ta’sir kuchi bir tur uchun optimal bo‘lsa, boshqa tur uchun maksimal yoki minimal, uchinchi tur uchun esa, chidamlilik chegarasi doirasidan chetga chiqishi mumkin.
Ekologik nisha haqida tushuncha. Muhitning ekologik omillari bilan murakkab munosabatlar tizimida har bir tur o‘zining muayyan ekologik o‘rniga – ekologik nishasiga ega. Turning biotizim sifatida mavjudligini belgilab beruvchi barcha abiotik va biotik omillarning yig‘indisi ekologik nisha deyiladi.
Ma’lum bir hududdagi muhofazaga muhtoj turni saqlab qolish uchun qaysi ekologik omil chidamlilik chegarasidan tashqariga chiqayotganini aniqlash muhim. Ayniqsa, shu turning ko‘payish va rivojlanish davrida bu tadbirlar o‘ta ahamiyatli bo‘ladi.

Mavzu:Muhitning abiotik omillari. Iqlim omillari-harorat, yorug`lik va namlikka organizmlarning moslanishlari


Harorat Yerdagi organizmlarning yashashi, rivojlanishi va tarqalishiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim abiotik omillardan biridir. Hayotiy jarayonlar tor harorat diapazonida kechadi. Ko‘pchilik o‘simlik va hayvonlar sovuq haroratli sharoitda nobud bo‘ladi yoki anabioz (hamma kimyoviy jarayonlarning juda susayishi yoki to‘xtashi) holatiga o‘tadi. Ammo Antarktidada — 70°C sovuqda ham suvo‘tlari, lishayniklarning ayrim turlari, pingvinlar yashay oladi. Yerda hayotning eng yuqori chegarasi 50—60°C ga tengdir. Bunday haroratda fermentlar faolligi buziladi va oqsillar ivib qoladi. Lekin geotermal buloqlarda ayrim mikroorganizmlar 70—80°C da ham yashay olishi kuzatiladi.
Yorug‘lik. Ekosistemalarda kechadigan jarayonlarni asosan quyosh energiyasi ta’minlaydi. Biologik ta’sir nuqtayi nazaridan olganda quyosh nuri uch xil spektrga: ultrabinafsha, ko‘rinadigan, infraqizil nurlarga ajratiladi.
Namlik. Bu — havoda, tuproqda, tirik organizmlarda suv- ning miqdori bilan xarakterlanadigan ekologik omildir. Suv organizmning asosiy mineral tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu tufayli ham atrof-muhitdagi suvning miqdori harorat bilan bir qatorda yashash muhitining eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblan adi.

Download 17.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling