Ekologiya fanining asosiy qonunlari


Download 17.63 Kb.
bet4/6
Sana31.01.2024
Hajmi17.63 Kb.
#1828721
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ekologiya

Tuproq omillari. Tuproqni tuproqshunoslik fani o‘rganadi.
Tuproqshunoslik ta’limotiga rus olimi V.V. Dokuchayev asos solgan. U o‘z asarlarida birinchi bo‘lib tuproqning o‘zga- rishi va rivojlanishini, unda tinmasdan fizik-kimyoviy va biologik jara yonlar kechishini isbotlab berdi.
V.V. Dokuchayev 5 ta asosiy tuproq hosil qiluvchi omillarni aniqladi:
  • Iqlim.
  • Geologik omillar (tog‘ jinslari).
  • Topografik omillar (relyef).
  • Tirik organizmlar.
  • Vaqt.

Tabiatdagi mavsumiy o‘zgaruvchanlik. Tabiatning eng ajo- yib xususiyatlaridan biri — uning mavsumiy o‘zgaruvchanligidir. Yil davomida harorat, namlik va boshqa ekologik omillar davriy o‘zgaruvchanlikka egadir. Abiotik ekologik omillarning mavsumiy o‘zgarishlari o‘z navbatida tirik organizmlar hayot faoli- yatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Har xil regionlarda hayot uchun qulay davr turlicha bo‘ladi. Masalan, Markaziy Osiyo regi- onida bu davr 6—7 oygacha davom etadi. Bizning regionda ham qishki tinim davri yaqqol namoyon bo‘ladi. Haroratning pasayishi, vegetatsiya davrining tugallanishi natijasida ko‘pchilik o‘simliklarda moddalar almashinuvi susayadi, o‘simliklar bargini to‘kadi. Qishki tinim davri hasharotlarda, suvda hamda quruqlikda yashovchilarda, sudralib yuruvchilarda va boshqa hayvonlarda kuzatiladi. Ko‘pgina qushlar issiq mamlakatlarga migratsiya qiladi.

Mavzu:Muhitning biotik omillari. Organizmlarning bir biri bilan munosabatlari. Antibioz, simbioz va neytralizm


Organizmlarning o‘zaro munosabatlari. Bu o‘zaro muno sabatlarni asosan 3 ta turga ajratish mumkin.
  • Neytralizm — birga yashaydigan organizmlar bir-biriga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
  • Antibioz — birga yashaydigan ikki organizmlarning bittasi yoki ikkalasi ham salbiy ta’sir ostida bo‘lishadi.
  • Simbioz — bunda ikki organizmning har ikkalasi yoki bittasi birga yashashdan o‘ziga foyda oladi.

  • Antibioz va simbioz bog‘lanishlarning tabiiy tanlanishda ahamiyati juda katta bo‘lgani uchun ular bilan quyida batafsil ta nishamiz:
    Antibioz — antagonizm, salbiy bog‘lanish bo‘lib, ularni quyidagi shakllarga ajratish mumkin:
  • O‘zaro raqobat.
  • Parazitizm.3. Yirtqichlik.


Download 17.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling