Ekologiya fanining asosiy qonunlari


Organizmlarning o‘zaro raqobati (konkurensiya)


Download 17.63 Kb.
bet5/6
Sana31.01.2024
Hajmi17.63 Kb.
#1828721
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ekologiya

Organizmlarning o‘zaro raqobati (konkurensiya). O‘simliklar hayvonlardan farqli ravishda energiyani birdan bir asosiy man ba — fotosintez orqali oladi. Shuning uchun ham o‘simliklarda raqobat birinchi navbatda «yorug‘lik uchun ku rash» sifatida namoyon bo‘ladi. Soyada o‘sadigan o‘simliklarda yorug‘lik kam bo‘lganida ham fotosintezlash mexanizmlari paydo bo‘lgan.
O‘simliklarda ovqat resurslari uchun ham kuchli raqobat mavjuddir. Agar ovqat yetishmasa birga o‘sayotgan o‘simlik va hayvonlar bir-biriga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Raqobatning bu shakli rus olimi G. F. Gauze tomonidan yaxshi o‘rganilgan. U infuzoriyalarning ikki turini bir xil sharoit va bir xil muhitda o‘stirib, biroz vaqtdan keyin ulardan faqat birining qolishini aniqladi.
Parazitizm — har xil turga mansub organizmlarning o‘zaro munosabatlari shakli bo‘lib, bunda bir organizm (parazit) ikkinchi organizmdan (xo‘jayin) yashash muhiti va ovqat manbayi sifatida foydalanadi. Parazitlar hayvonlarning har xil a’zolarida (teri, ichki organlar, qon, limfa suyuqligi va boshqalarda) yashashga moslashishi mumkin. Ularda parazit hayot kechirishga moslashishni ta’minlovchi so‘rg‘ichlar, maxsus og‘iz apparati, ilmoqchalari va shunga o‘xshash moslamalar rivojlanadi. Xo‘jayin organizmida parazitlarga qarshi har xil himoya me- xanizmlari paydo bo‘ladi.
Mutualizm (lotincha mutus o‘zaro) o‘zaro biologik bog‘lanishning bir shakli bo‘lib, bunda birga yashash har ikkala organizmga ham foyda keltiradi. Mutualizmga misol qilib suvo‘tlar bilan zamburug‘larning, dukkakli o‘simliklar bilan azotfiksatsiyalovchi bakteriyalarning, daraxtlar bilan tuproqda mikoriza zamburug‘larining o‘zaro munosabatlarini keltirish mumkin.
Hamsoyalik. Sinoykiya (yunoncha syn — birga, oikos — uy) o‘zaro munosabatdan bir organizmgina o‘ziga foyda oladi, ikkinchisi bunday munosabatdan hech qanday naf ko‘rmaydi. Masalan, chuchuk suvda yashaydigan baliqlardan biri o‘zining tuxumlarini ikki pallali yumshoq tanli — baqachanoqning mantiya bo‘shlig‘iga qo‘yadi. Baliq tuxumlari yumshoq tanliga hech qanday zarar keltirmaydi, chig‘anoqlar himoyasida bo‘ladi. Bu holatda yumshoq tanlidan baliqlar faqat yashash joyi sifatida foydalanadi.

Download 17.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling