Ekologiya va atrof muhit muhofazasi fanini predmeti va maqsadi, muhit va ekologik omil haqida tushuncha


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana28.09.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1688683
1   2   3   4   5
 
 
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies 
Hosted online from Moscow, Russia 
Date: 11
th
October, 2022 
ISSN: XXXX-XXXX Website: econferenceseries.com
99 | 
P a g e
 
va ta’sirlar majmuidir. Soddaroq qilib aytganimizda, organizmlarni o‘rab olgan 
barcha omillar yig‘indisini tushunamiz.[4]Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar 
ajratiladi. Tabiiy muhitni suv, quyosh, shamol, havo, yer, o‘simlik va hayvonot 
dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi. Sun’iy muhit inson tomonidan 
yaratilgan bo‘lib, bunda insonning mehnat mahsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy muhitlar 
bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ularning mavjudligini ekologik muhit 
tushunchasi ifodalaydi. Ekologik muhit tabiiy va sun’iy atrof-muhit bo‘lib, tirik 
mavjudotlar sub’ekt va ob’ekt ta’sirlar sifatida qatnashib, ta’sirlar soni esa tevarak-
atrofni saqlab qolish yoki xavf solish sharoitini keltirib chiqaradi. Ekologik muhit 
muayyan ekologik tizim hisoblanib, uni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy qismlarga 
ajratish mumkin.Tabiiy ekotizim yoki ekosfera hayotni rivojlanishiga imkon 
beradigan yerning tavsifi va abiotik jismlarning majmuidan iborat. Ijtimoiy-iqtisodiy 
tizim esa, insonning barcha atrof-muhitga (jonsiz va jonli tabiatga) bo‘lgan 
munosabatini bildiradi.Ekologik muhit muvozanatda yoki muvozanat buzilgan 
holatlarda bo‘ladi. Tirik organizmlarning hayoti o‘zgarmagan shart-sharoitlar va 
ta’sirlar barqaror holatida muvozanat o‘zgarmaydi, aksincha, muhitning shart-
sharoitlari va ta’sirlar buzilganda muvozanatsiz holat kelib chiqadi.[5] 
Ekologik muhitning buzilishi atmosferaning, yer osti suvlarining ifloslanishi, qattiq 
chiqindi moddalarning to‘planishi va ozuqaning zaharlanishi, shovqinlarning 
ko‘payishi, radioaktiv moddalar va boshqalarning ta’sirini ortib borishida ko‘rinadi. 
Inson tabiat qonunlarini chuqurroq o‘rganish o‘rniga hayot muhitini tezkorlik bilan 
buzib ifloslantira boshladi. Sayyoramizda tirik organizmlar bir-birlaridan keskin 
farq qiluvchi o‘ziga xos to‘rtta muhitda tarqalgan. Ulardan ikkitasi, ya’ni suv va 
havo muhitlari o‘lik, tuproq muhiti oraliq va organizm (muhit sifatida) tirik 
xususiyatga ega. Har bir hayot muhiti o‘z navbatida organizmlar yashashi uchun har 
xil yashash joylaridan iborat. Masalan, suv muhiti quyidagi yashash joylari sifatida 
uchrashi mumkin: chuchuk va sho‘r suv, ko‘lmak va oqar suv, chuqur va sayoz, iliq 
va sovuq va h.k. Havo va tuproq ham nihoyatda xilma-xil yashash joylarini tashkil 
etadi. Tirik organizmlar (o‘simliklar, zamburug‘lar, hayvonlar) ham parazit va 
simbiontlaruchun muhit sifatida o‘ziga xosdir. Sayyoramizda tirik organizmlar bir-
birlaridan keskin farq qiluvchi o‘ziga xos to‘rtta muhitda tarqalgan ekan, dastlab 
hayot ulardan biri hisoblangan suv muhitida kelib chiqqan. Keyinchalik tirik 
organizmlar quruqlikka chiqib, tuproq hosil bo‘lishida qatnashadilar va uni 
egallaydilar. Shuningdek, havo va boshqa bir tirik organizmni ichida yoki sirtida 
ham tarqalganlar. Demak, bizga ma’lum bo‘lgan tirik tabiat va uning tarkibiy 



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling