Ekologiya va atrof muhit muhofazasi fanini predmeti va maqsadi, muhit va ekologik omil haqida tushuncha


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana28.09.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1688683
1   2   3   4   5
 
 
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies 
Hosted online from Moscow, Russia 
Date: 11
th
October, 2022 
ISSN: XXXX-XXXX Website: econferenceseries.com
98 | 
P a g e
 
- insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida tabiatda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni 
oldindan bilish; 
- biosferadagi kechayotgan jarayonlarni o‘rganish, boshqarish, bashorat qilish, inson 
yashaydigan muhitni saqlab qolish; 
- buzilgan tabiiy tizimlarni tiklash; shu jumladan foydalanishdan chiqarilgan qishloq 
xo‘jaligi ekin maydonlarini yana ishga solish (rekultivatsiya), yaylovlarning tuproq 
hosildorligini, suv havzalari va boshqa ekotizimlarning mahsuldorligini tiklash; 
- biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va 
boshqalar. 
Ekologiyaning bo‘limlari. Organizmlarning yashash sharoiti va ularning tashqi 
muhit bilan o‘zaro munosabati, turlar, populyatsiyalar, biotsenozlar, ekotizmlar, 
biosfera va boshqa tushunchalar ekologiya fanining manbaini tashkil etadi. Shu bois, 
umumiy ekologiya, asosan, to‘rt bo‘limga bo‘lib o‘rganiladi. Bular: autoekologiya, 
populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera haqidagi ta’limot.[2] 
Autekologiya - «autos» - yunoncha so‘z bo‘lib «o‘zi» degan ma’noni beradi.
Autekologiya – ayrim turlarning o‘zlari yashab turgan muhit bilan o‘zaro 
munosabatlarini, ularning qanday muhitga ko‘proq va uzviy moslashganini 
o‘rganadi. 
Populyatsiyalar ekologiyasi - «populatio» - fransuzcha so‘z bo‘lib, «aholi»degan 
ma’noni beradi. Populyatsiyalar tuzilmasi, dinamikasi, ma’lum sharoitlarda turli 
organizmlar sonining o‘zgarish sabablarini o‘rganadi.[1] 
Sinekologiya - «sin» degani yunoncha so‘z bo‘lib, «birgalikda» degan ma’noni 
bildiradi. 
Sinekologiya - biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o‘simlik va 
hayvon turlarining o‘zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan bo‘ladigan 
munosabatlarini o‘rganadi. 
Ekotizimlarni tadqiq qilishning rivojlanishi ekologiyaning yangi bir bo‘limini, ya’ni 
biosfera (yunoncha «bios»-hayot; «sfera» - shar) haqidagi ta’limotni vujudga 
keltirdi. Bu ta’limot asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi (1863-1945y). 
Organizmlar tarqalgan qobiq – biosferadir. 
Muhit organizmning fiziologik qobig‘i hisoblanib, har qanday muhit fizik, kimyoviy 
va boshqa omillarning majmui bilan namoyon bo‘ladi. Muhit tushunchasi fanda turli 
ma’nolarni anglatadi. Bular ekologik, geografik, fizik, falsafiy, ijtimoiy va 
boshqalar. Ekologiyada muhit deganda tirik organizmni o‘rab turgan fizik qurshov 
e’tiborga olinadi. Muhit – tevarak-atrofdagi o‘zaro bog‘lanishlardagi shart-sharoitlar 



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling