Ekologiya va atrof muhit muhofazasi fanini predmeti va maqsadi, muhit va ekologik omil haqida tushuncha


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana28.09.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1688683
  1   2   3   4   5


 
 
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies 
Hosted online from Moscow, Russia 
Date: 11
th
October, 2022 
ISSN: XXXX-XXXX Website: econferenceseries.com
97 | 
P a g e
 
EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI FANINI PREDMETI 
VA MAQSADI, MUHIT VA EKOLOGIK OMIL HAQIDA TUSHUNCHA 
Azimova Sayyora Toshtemirovna
Nizomiy nomidagi TDPU umumiy pedagogika kafedrasi o`qituvchisi 
Bugungi kunda ekologiya va atrof muhit muhofazasi fani nafaqat mustaqil fan 
sifatida shakllandi, balki u mazmunan juda kengaydi. Ekologiya o‘rganadigan yangi 
sohalar ko‘paydi, boshqacha aytganda, ekologiyaning yangi-yangi yo‘nalishlari 
paydo bo‘ldi. 
«Ekologiya» tushunchasini fanga birinchi bo‘lib nemis biologi Ernest Gekkel 1866 
yilda chop etilgan “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” nomli kitobi orqali 
olib kirdi. Bu atama yunonchada “oikos” – uy, yashash joyi, yashash muhiti, “logos” 
– ta’limot degan ma’noni anglatadi.
Ekologiya biologik fan bo‘lib, u organizmlarning bir-biri va tashqi muhit sharoiti 
bilan o‘zaro munosabat qonuniyatlarini o‘rganadigan fan hisoblanadi. 
Organizmlarning moslashuvi (adaptatsiya)ni o‘rganish sifatida bundan 100 yil avval 
shakllangan hozirgi zamon ekologiyasi - tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni 
muhofaza qilishning nazariy asosi hisoblanadi. U o‘ziga xos predmetga, maqsadga, 
vazifalarga hamda izlanish usullariga egadir. 
Ekologiya antropogen va har xil tabiiy omillar ta’sirida tabiatdagi bog‘lanishlarning 
buzilishi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ekologiya tabiat resurslaridan oqilona 
foydalanishda va tabiatni muhofaza qilishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ekologiyaning predmeti - organizmlar guruhi va tashqi muhit orasidagi 
bog‘lanishlarning tuzilishini, unga bog‘liq bo‘lgan jonlanish, taraqqiy etish, 
tarqalish va konkurentlik (raqobat) xususiyatlarini; tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi 
qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson ta’siriga qanday javob beradi -
bularning hammasi ekologiyaning predmeti hisoblanadi. 
Ekologiyaning maqsadi - hozirgi va kelajak avlodlar uchun ekologik xavfsiz muhitni 
ta’minlash. Ekologik xavfsiz muhit organizmlarning barqaror holatda ko‘payishi, 
o‘sishi va rivojlanishi uchun toza, sog‘lom va qulay atrof tabiiy muhit holatini 
yaratishdan iborat. 
Ekologiyaning asosiy vazifalarini quyidagicha ta’riflash mumkin: 
- hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson ta’sirini hisobga olgan holda 
o‘rganish; 



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling