Ekologiya va atrof muhit muhofazasi fanini predmeti va maqsadi, muhit va ekologik omil haqida tushuncha
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date: 11 th October, 2022 ISSN: XXXX-XXXX Website: econferenceseries.com 100 | P a g e qismlari hisoblangan zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonlar ana shu muhitlarda yashashga moslashganlar. Xo‘sh moslashishni o‘zini qanday tushunish lozim? Moslashish yoki adaptatsiya ayrim individlar, populyatsiyalar tur yoki jamoalarning morfofiziologik, xulqiy va axborot - biotsenotik xususiyatlarining majmuidan iborat bo‘lib, boshqa individlar, populyatsiyalar, tur yoki jamoalar bilan yashash uchun kurashda g‘olib chiqishga sababchi bo‘ladigan, shuningdek abiotik muhit omillarining ta’siriga chidamliligini ifodalaydi. Moslashish turli daraja va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Moslashishning ko‘rinishlariga kelsak, morfologik, fiziologik va xulqiy moslashishlar ajratiladi.[3] Morfologik moslashishlarga misol qilib suv muhitida gidrobiontlarning suvni qarshiligini kesib yurishga mos tana tuzilishi, shuningdek, plankton organizmlarning suvda osilgan holda yashashi kabilar hisoblansa, harorat omiliga moslashish molekulyar darajadan boshlab to biotsenotik darajagacha kuzatilishi mumkin. Ko‘pchilik o‘simliklar ortiqcha qizib ketishdan saqlanish uchun boshqao‘simlik turining soyasida o‘sadi. Bu yerda moslashish biotsenotik darajada namoyon bo‘lmoqda. O‘simliklar dunyosida cho‘l sharoitida minimum suv sarflashga moslashish sifatida barglarning reduksiyalanishi yoki butunlay bo‘lmasligi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Fiziologik moslanishlar hayvonlarda ozuqa tarkibiga ko‘ra ovqat hazm qilish sistemasida fermentlarning ma’lum turlarini uchrashi yoki cho‘lda yashovchi hayvonlarning suvga bo‘lgan talabni qondirish uchun yog‘larning biokimyoviy oksidlanishdan foydalanishi kabilar kiradi. O‘simliklarda kuzatiladigan fotosintez jarayoni ham boshqa biokimyoviy jarayonlar kabi atmosferadagi gazlar tarkibiga bog‘liqdir. Xulqiy yoki etologik moslashishlar asosan hayvonlar uchun xos bo‘lib, turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Masalan, tashqi muhit bilan hayvon tanasi o‘rtasida normal issiq almashinuvi uchun uya qurish (boshpana topish), qulay sharoitli joyni izlab topish, shuningdek, qushlar va sut emizuvchilarda sutkalik va mavsumiy ko‘chib yurishlari ma’lum. Asalarilarning uyalarini haddan tashqari qizib ketganda qanotlarini qoqib uyani sovutishi. Hayvonlar faqat harorat omiliga xulqiy tomondan moslashib qolmay, balki namlik, yorug‘lik va boshqa ko‘pchilik ekologik omillarga ham moslashadi. Xulqiy moslanishlar yirtqichlarning o‘ljani izidan yurish, kuzatish kabilarda hamda o‘ljaning javob reaksiyalarida ham ko‘rinadi. O‘simliklarda ham ma’lum hulqiy moslashishlar kuzatiladi, masalan, quyoshninig haddan ortiq issiq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling