Ekologiya va atrof muhit muhofazasi


Download 2.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/22
Sana19.07.2017
Hajmi2.82 Kb.
#11619
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
• gidrotexnik qurilmalardagi falokatlar va yirik suv omborlari
to‘g‘onlarining yorilishi hollari natijasida aholi yashash joylarini
suv  bosishi  xavfi;
• Qirg‘iziston  va  Òojikiston  hududidagi  chegaraoldi  zonalarda
radioaktiv  va  kimyoviy  xavfli  bo‘lgan  chiqindixonalar  va  tarkibida
kimyoviy modda bo‘lgan tog‘ jinslari uyumlari mavjudligi, daryolar va
atmosferaga kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning tashlanish xavfi;
• Sarez ko‘li to‘g‘onining buzilishi natijasida falokatli sel-toshqin
oqimi xavfi;
• qo‘shni davlatlardan xavfli infeksiyalar qo‘zg‘atuvchilarning
(o‘tishi) olib kirilish xavfi va h.k.
Xavfli  gidrometeorologik  holatlarni  kuzatish  tizimi,  noqulay
vaziyatlar ro‘y berishini bashorat qilish va tegishli chora-tadbirlar
ko‘rish usullarini ishlab chiqish zarurati quyidagilarni talab qiladi:

217
• sel oqimlari, toshqinlar, qor uyumlari ko‘chishi va shu kabi-
larni  yerdan,  aerokuzatuv  va  sun’iy  yo‘ldosh  orqali  kuzatish
tarmog‘ini tashkil qilish;
• xavfli  gidrometeorologik  holatlarni  bashorat qilish usullarini
ishlab  chiqish  hamda  transchegaraviy  oqimlar  holati  va  tuproq,
atmosfera havosi va yerusti suvlari ifloslanishini baholash;
• zamonaviy  axborot  texnologiyalari  va yuqori sifatli aerokosmik
suratga olish materiallari asosida yerlarni monitoring qilishni tashkil
etish hamda harakatdagi sel va toshqinga qarshi himoyalash tizim-
larini tiklash va yangilarini qurish;
• yuz berishi mumkin bo‘lgan xavfli gidrometeorologik holatlar
haqida  oldindan  xabar  berish  tizimlarni  tashkil  qilish  va  ularni
boshqarish  qoidalarni    ishlab    chiqish,  shuningdek,  bu  borada
o‘zaro harakatlar  tizimlarini takomillashtirish.
Òexnogen falokatlar va ofatlar quyidagi sabablar tufayli sodir
bo‘lishi  mumkin:
• xavfli  moddalarni  ishlab  chiqaruvchi,  ishlatuvchi, qayta ish-
lovchi, saqlovchi, hosil qiluvchi yoki tashuvchi obyektlardagi halokatlar;
• yonilg‘i-energetika,  kimyo  va  kommunikatsiya  tarmoqlari
obyektlaridagi halokatlar;
• temiryo‘l  va  aviatsiya  transportidagi,  avtomobil  yo‘llari  va
magistral  truboprovodlardagi falokatlar;
• gidrotexnika inshootlardan foydalanish tartibi va qoidalarini
buzish;
• qurilmalarning to‘satdan buzilishi va texnologik tarmoqlarda
vujudga  kelishi mumkin  bo‘lgan boshqa xavflar.
Aholi  va ichki hududlarga xavf soluvchi manba bo‘lgan texnogen
tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
• atmosferaga kuchli ta’sir etuvchi va yonish tufayli zaharli mod-
dalar chiqishi, sanoatlashgan tumanlarda yerosti va yerusti suvlari
ifloslanishi  natijasida katta zaharlanish zonalarining vujudga kelishi;
• aloqa, energiya va suv ta’minoti tizimlari me’yorda ishlashining
buzilishi, transport tizimi ishidagi uzoq muddatli buzilishlar;
• hayot faoliyatini ta’minlash tizimlaridan foydalanish tartibi
va yashash sharoitlarining buzilishi;

218
• aholining  salomatligiga  zarar  yetishi  yoxud  tiklab  bo‘lmas
yo‘qotishlar, odamning moslashuvchanlik imkoniyatlari chegara-
lanishi natijasida ruhiy faoliyatining buzilishi va h.k.
Korxona, tashkilot va muassasalar (yuridik shaxslar) xodimlar
hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarni favqulodda vaziyatlar-
dan  muhofaza  qilish  bo‘yicha  zarur  choralarni  rejalashtirishlari,
moliyalashlari va amalga oshirishlari shart. Shuningdek, fuqarolar
zimmasiga quyidagilar yuklatilgan:
• xavfsizlik choralariga rioya etishlari, ishlab chiqarish va texno-
logiya intizomi, ekologik xavfsizlik talablari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
• muhofazalanish  usullari,  jabrlanganlarga  birlamchi    tibbiy
yordam ko‘rsatish yo‘llarini o‘rganish hamda o‘z bilim va amaliy
ko‘nikmalarini  takomillashtirish;
• avariyalar,  ofatlar  va  halokatlar  tahdididan  darak  beruvchi
alomatlar sezilsa, tegishli organlarga xabar berish;
• avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa
ishlarni o‘tkazishda yordam berish.
1.  Nima  uchun  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini  tabiatdan  to‘g‘ri
foydalanish bilan birga qo‘shib olib borish talab etiladi?
2. Atrofdagi tabiiy muhit sifati va unga ta’sir ko‘rsatishning asosiy ekologik
me’yorlariga tavsif bering.
3. Òabiatdan ekstensiv va muvozanatli foydalanish nimani anglatadi?
4. Atmosfera havosiga chiqariladigan bug‘li gazlar chiqindilarini kamaytirish
uchun  nimalar  qilish  kerak?
5. Yerusti suvlarini ifloslanishdan himoya qilishda qanday himoyaviy chora-
tadbirlar ko‘zda tutiladi?
6. Oqova suvlarni tozalashning mexanik, fizik-kimyoviy, kimyoviy, biologik
usullarini  tavsiflang.
7. Òuproqning ekologik himoyasi nimalarni o‘z ichiga oladi?
8. Òuproqni suv va shamol eroziyasidan himoya qilish uchun qanday chora-
tadbirlar  zarur  bo‘ladi?
9.  Ikkilamchi  sho‘rlanish  va  tuproqlar  ifloslanishining  oldini  olish  uchun
nimalar  qilish  zarur?
10. Rekultivatsiya jarayoni qaysi bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
11. Nabotot dunyosini himoya qilish uchun qanday tadbirlar amalga oshirilishi
lozim?
?
NAZORAT SAVOLLARI

219
23-bob. EKOLOGIYA HUQUQI ASOSLARI
Ekologiya huquqi – huquqning tabiat va
jamiyat  o‘zaro  aloqadorligi  sohasidagi
ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  soluvchi
tarmog‘i.  Ekologiya  huquqi  tabiiy  resurs-
lardan foydalanish va atrof-muhit muhofazasini tashkil etishning
muhim vositasi hisoblanadi.
Ekologiya  huquqining  asosiy  manbalari  quyidagi  hujjatlar
hisoblanadi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi atrofdagi tabiiy muhit
muhofazasining  konstitutsion  asoslarini  «fuqarolar  atrof  tabiiy
muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar» (50-
modda) tarzida mustahkamlaydi. Shuningdek, unda mulkdan foyda-
lanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi shartligi (54-modda),
yer, yerosti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda
boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylik, ulardan oqilona foyda-
lanish zarurligi va ular davlat muhofazasida ekanligi (55-modda)
kabilar belgilab berilgan.
2.  Atrof-muhit  muhofazasi  sohasidagi  qonunlar  va  kodekslar
tabiiy boyliklarning huquqiy asoslarini ta’minlaydi. Ular sirasiga
yer, yerosti boyliklari, suv, atmosfera havosi, o‘simlik va hayvonot
dunyosini muhofaza  qilish  va  ulardan  foydalanish to‘g‘risidagi
Qonunlar kiradi.
Ekologik qonunchilik tizimini O‘zbekiston  Respublikasining
«Òabiatni muhofaza  qilish  to‘g‘risida»gi Qonuni boshqaradi. Ushbu
Qonun  tabiiy  muhit sharoitlarini saqlash va tabiiy resurslardan
oqilona foydalanishning huquqiy,  iqtisodiy va tashkiliy  asoslarini
belgilab  beradi.  Qonunning  maqsadi  inson  va  tabiat  o‘rtasidagi
munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizim-
lari, tabiat komplekslari va ayrim obyektlar muhofaza qilinishini
ta’minlashdan,    fuqarolarning    qulay  atrof-muhitga  ega  bo‘lish
huquqini kafolatlashdan iboratdir. Atrof-muhit muhofazasi masala-
lari  bo‘yicha  boshqa  qonunlar  me’yorlari  O‘zbekiston  Respub-
likasi Konstitutsiyasi va «Òabiatni muhofaza  qilish  to‘g‘risida»gi
Qonunga zid bo‘lmasligi lozim.
Ekologiya huquqi
manbalari

220
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi yerdan ilmiy asos-
langan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq
unumdorligini  tiklash  va  oshirishni,  tabiiy  muhitni  asrash  va
yaxshilashni  qat’iy  belgilab  beradi.  Kodeks  yuridik  va  jismoniy
shaxslarning yer maydonlariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni
ta’minlash  maqsadida  yer  munosabatlarini  tartibga  solishni,
shuningdek, bu sohadagi qonuniylikni belgilaydi.
Atmosfera  havosini  muhofaza  qilishning  huquqiy  asoslari
O‘zbekiston Respublikasining «Atmosfera havosini muhofaza qilish
to‘g‘risida»gi Qonunida aks etgan. Havo havzasini muhofaza qilish-
ning  eng  muhim  umumiy  tadbirlaridan  biri  atmosfera  havosiga
ifloslantiruvchi  moddalar  va  unga  fizikaviy  omillar  zararli  ta’sir
ko‘rsatishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi me’yorlari belgilanishi
hamda atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun kompen-
satsiya to‘lovlarini undirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Yerosti boyliklari to‘g‘risida»gi
Qonuni  mineral xomashyo va  yerosti suvlariga  bo‘lgan  ehtiyojlarni
qondirish uchun yerosti boyliklaridan oqilona, kompleks foydala-
nishni, yerosti boyliklari va atrof tabiiy muhitni muhofaza etishni
ta’minlash maqsadida yerosti boyliklariga egalik qilish, ulardan foy-
dalanish va ularni tasarruf etishda yuzaga keladigan munosabatlarni
(konchilik  munosabatlarini)  tartibga  soladi,  shuningdek,  yerosti
boyliklaridan foydalanuvchilar huquqlarini belgilab beradi.
O‘zbekiston  Respublikasining  «O‘simlik  dunyosini  muhofaza
qilish va undan  foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni tabiiy sharoitda
o‘sadigan  o‘simlik  dunyosini,  shuningdek,  takror  yetishtirish  va
genetik fondini saqlash uchun ekib o‘stiriladigan yovvoyi  o‘simlik-
larni  muhofaza  qilish  va  ulardan  foydalanish  sohasidagi  muno-
sabatlarni tartibga soladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza
qilish va  undan  foydalanish  to‘g‘risida»gi  Qonuni  quruqlikda,
suvda, atmosferada va tuproqda tabiiy erkinlik holatida yashaydigan,
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha turadigan
yovvoyi  hayvonlarni,  shuningdek,  ilmiy  yoki  tabiatni  muhofaza
qilish maqsadlarida yarim erkin sharoitda yoki sun’iy yaratilgan

221
yashash muhitida boqilayotgan hayvonot dunyosini muhofaza qilish
va ulardan  foydalanish  sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
O‘zbekiston  Respublikasining  «Muhofaza  etiladigan  tabiiy
hududlar  to‘g‘risida»gi  Qonunida  muhofaza  etiladigan  tabiiy
hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish
sohasidagi  munosabatlar  tartibga  solinadi.  Qonunning  asosiy
vazifalari tiðik, noyob, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni,
o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, inson
faoliyatining tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi oldini olishdan,  tabiiy
jarayonlarni  o‘rganishdan,  atrof  tabiiy  muhit  monitoringini  olib
borishdan, ekologik ma’rifat va tarbiyani takomillashtirishdan iborat.
O‘zbekiston  Respublikasining  «Chiqindilar  to‘g‘risida»gi
Qonunining maqsadi chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish
sohasidagi  munosabatlarni  tartibga  solishdan  iborat.  Qonunning
asosiy  vazifalari  chiqindilarning  fuqarolar  hayoti  va  sog‘lig‘iga,
atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘li-
shini kamaytirish va ulardan xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalani-
lishini ta’minlashdan iborat.
Shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasining  «O‘rmon  to‘g‘ri-
sida»gi, «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi,  «Aholini va hududlarni
tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish to‘g‘risida»gi, «Davlat yer kadastri to‘g‘risida»gi, «Davlat sani-
tariya nazorati to‘g‘risida»gi, «Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida»gi
kabi  Qonunlarida ham eng muhim ekologik me’yorlar va talablar
o‘z aksini topgan.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya va tabiatdan
foydalanish masalalari bo‘yicha Qarorlari, Farmonlari va Farmoyishlari
g‘oyat keng doiradagi ekologik masalalarga daxldor. Bunga O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2007-yil 9-avgustdagi «Xalqaro  shart-
nomalarga  qo‘shilish  to‘g‘risida»gi («Òranschegaraviy ochiq suv
oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda  foydalanish
bo‘yicha  Konvensiya»ga  (1992-yil  17-mart,  Xelsinki)  hamda
«Xalqaro  ochiq  suv  oqimlaridan  kemalar  qatnamaydigan  turda
foydalanish  to‘g‘risidagi  Konvensiya»ga (1997-yil 21-may, Nyu-
York)) Qarori misol bo‘ladi.

222
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan eko-
logiya, tabiatdan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi masalalari
bo‘yicha  ko‘plab  qarorlar  qabul  qilinib,  amaliy  chora-tadbirlar
belgilanadi. Bunga 1992-yil 9-martdagi «O‘zbekiston Respublikasi Qizil
kitobi to‘g‘risida»gi, 1998-yil 1-apreldagi «Biologik xilma-xillikni  saqlab
qolish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy harakatlar rejasi va
strategiyasi to‘g‘risida»gi, 2004 -yil 10-martdagi «Suv  toshqini  va  sel
oqimlarini    bexatar  o‘tkazish  bilan  bog‘liq  oldini  olish  va  bartaraf
qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlar misol bo‘ladi.
4.  O‘zbekiston  Respublikasi  Òabiatni  muhofaza  qilish  davlat
qo‘mitasining  me’yoriy  rasmiy  hujjatlari  qarorlar,  yo‘riqnomalar,
buyruqlar  ko‘rinishida  ekologiya,  tabiatdan  foydalanish  va  atrof-
muhit muhofazasining turli masalalari bo‘yicha chiqariladi. Òabiatni
muhofaza qilish davlat qo‘mitasining rasmiy hujjatlari boshqa vazirlik
va idoralar, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
5.  Mahalliy  hokimiyatlarning  me’yoriy  qarorlari  ekologiya,
tabiatdan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha amaldagi
me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to‘ldiradi va ularga aniqliklar kiritadi.
Atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish
va tabiat resurslaridan foydalanishning dav-
lat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar  Mahkamasi,  O‘zbekiston  Res-
publikasi Òabiatni  muhofaza  qilish davlat
qo‘mitasi,  davlat  boshqaruvi mahalliy idoralari amalga oshiradi.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga taalluqli huquqiy munosa-
batlarni tartibga soluvchi davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari:
1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi
va  Senatining  birgalikdagi  vakolatlari:  tabiatni  muhofaza  qilish
sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash; davlat
ekologiya dasturlarini tasdiqlash; tabiatni muhofaza qilish sohasidagi
qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish; hududlarni favqulodda
ekologik vaziyat, ekologik ofat va ekologik halokat zonalari deb e’lon
qilish,  bunday  zonalarning  huquqiy  rejimini  va  jabrlanganlar
maqomini belgilash;  tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni muvofiqlashtirib borish va h.k.
Atrof tabiiy muhitni
muhofaza qilish
davlat organlari

223
2.  O‘zbekiston  Respublikasi    Vazirlar  Mahkamasining    tabiatni
muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari: tabiatni muhofaza qilishga doir
yagona  siyosat  yuritish;  tabiat  resurslaridan    foydalanishni  tartibga
solish; tabiat kadastrining yuritilish tartibini belgilash va ta’minlash,
respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslar zaxiralarini tasdiqlash;
ekologik tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish
yuzasidan  chora-tadbirlar  ishlab  chiqish;  tabiiy  ofatlar  va  yirik
avariyalar  oqibatlarini  tugatish  chora-tadbirlarini  amalga  oshirish;
tabiiy  resurslardan  foydalanganlik,  atrof  tabiiy  muhitni  ifloslantir-
ganlik, chiqindilar, zararli ta’sir etuvchi boshqa narsalar joylashtirib
tashlaganlik uchun haq to‘lash tartibini, shuningdek, tabiiy resurs-
lardan  foydalanish  va  chiqindilar  joylashtirish  limitlarini  belgilash;
ekologiya maorifi va tarbiyasi tizimini yaratish  hamda  uning amal
qilishini  ta’minlash;  tabiatdan  alohida  tartibda  foydalaniladigan
hududlarning chegaralarini, tabiatni  muhofaza qilish va xo‘jalik faoliyati
rejimlarini tasdiqlash; tabiatni muhofaza  qilish  va tabiatdan foydalanish
sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish va h.k.
3.  O‘zbekiston  Respublikasi  Òabiatni  muhofaza  qilish  davlat
qo‘mitasining  vakolatlari:  vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari,  idoralar,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, ayrim shaxslar
tomonidan yer, yerosti boyliklari, suv, o‘rmon, hayvonot va o‘simlik
dunyosidan, atmosfera havosidan foydalanish hamda ularni muhofaza
qilishga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga
oshirish. Òabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z vakolatlari
doirasida qabul qilgan qarorlar davlat idoralari, korxonalar,  muassa-
salar,  tashkilotlar va fuqarolar uchun majburiydir.
4. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining tabiatni
muhofaza  qilish  sohasidagi  vakolatlari:  o‘z  hududida  tabiatni
muhofaza  qilishning  asosiy  yo‘nalishlarini  belgilash,  mintaqa
(hudud)ning ekologiya dasturini tasdiqlash; tabiiy resurslarni hisobga
olish va ularning holatiga baho berish,  ekologiya jihatidan zararli
bo‘lgan obyektlarni  ro‘yxatga olish; tabiatni muhofaza qilishga doir
tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan ta’minlash; tabiiy resurslardan
foydalanish huquqini beruvchi, sanoat yoki ro‘zg‘or chiqindilarini
to‘plash yoki ko‘mib tashlashga ruxsatnomalarni belgilangan tartibda

224
berish  yoki  ularni    bekor  qilish;  tabiiy  resurslardan  foydalanganlik
uchun to‘lovlar undirish; tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat
o‘rnatish,  atrof-muhitga  zarar  yetkazayotgan  mahalliy  ahamiyatga
molik obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to‘xtatish va qayta
ixtisoslashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish va h.k.
Ekologik  ekspertiza  —  rejalashtirila-
yotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik
va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga
muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro‘yobga
chiqarish mumkinligini aniqlashdan iborat.
Ekologik ekspertiza quyidagi  maqsadlarda o‘tkaziladi:
• mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning  ekologik
talablarga muvofiqligini aniqlash;
• rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa
xil  faoliyat  atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy
ta’sir  ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa yoki shunday ta’sir ko‘rsatayotgan
bo‘lsa, bunday faoliyatning  ekologik xavflilik darajasini aniqlash;
• atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish  va  tabiiy  resurslardan
oqilona  foydalanish  bo‘yicha  nazarda  tutilayotgan  tadbirlarning
yetarliligi va asosliligini aniqlash.
Ekologik  ekspertiza  davlat  va  jamoat  ekologik  ekspertizasi,
shuningdek, ekologik audit tarzida amalga oshiriladi. O‘zbekiston
Respublikasi  Òabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi  davlat
ekologik ekspertizasini tashkil etadi va o‘tkazadi.
Davlat ekologik ekspertizasi obyektlari: qurilishlar uchun yer
maydonlarini ajratish materiallari; loyihaoldi va loyiha hujjatlari;
tabiiy resurslardan foydalanish  bilan bog‘liq xo‘jalik va boshqa xil
faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy
hujjatlar  loyihalari; texnika, texnologiya, materiallar, moddalar,
mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga  doir hujjatlar; atrof tabiiy
muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi
ishlab turgan korxonalar va boshqa obyektlar; muhofaza etiladigan
tabiiy  hududlar,  favqulodda  ekologik  vaziyat  va  ekologik  ofat
zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkaziladigan hududlarni
majmuiy tekshirish materiallari; shaharsozlik hujjatlarining barcha
turlari va h.k.
Ekologik ekspertiza

225
Ekologik  ekspertizaning  asosiy  prinsiðlari:  qonuniylik;  xolislik;
asoslilik; ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning majburiyligi;
har qanday rejalashtirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ehtimol
tutilgan ekologik xavflilik farazi; xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof
tabiiy muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sirini baholashning majmuiyligi.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda:
• taqdim etilgan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to‘g‘ri-
sidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi tekshiriladi;
• rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa
xil faoliyatning ekologik va ijtimoiy oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lu-
motlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi tahlil qilinadi;
• biologik, kimyoviy moddalar va texnologiyalarning atrof tabiiy
muhitga ta’sirini baholashning asosliligi tekshiriladi;
• rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa
xil  faoliyatni  amalga  oshirish  oqibatlarining  ekologik  xavfliligi
darajasini baholashning to‘g‘riligi tekshiriladi;
• ekologik  xavfsizlik  talablarini  ta’minlashga  doir  chora-tad-
birlarning yetarliligi  va asosliligi aniqlanadi va h.k.
Davlat ekologik ekspertizasi natijalari bo‘yicha xulosa tuzilib,
obyektni  ro‘yobga  chiqarish  mumkinligi  yoki  mumkin  emasligi
to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Davlat ekologik ekspertizasining
xulosasi  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  ijro  etilishi
majburiydir. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lmay
turib, loyihalarning bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan
moliyalanishi, shuningdek, ularning ro‘yobga chiqarilishi taqiqlanadi.
Jamoat ekologik ekspertizasi ekologik asoslanishi taqozo etiladigan
har  qanday  faoliyat  sohasida  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  va
fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Jamoat ekologik
ekspertizasini amalga oshirishga to‘sqinlik qilinmaydi. Jamoat ekologik
ekspertizasining xulosasi tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.
Ekologik audit – ekologik auditor  (firma)lar tomonidan  qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda o‘tkaziladigan, atrof
tabiiy  muhit  holatiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatayotgan,  ishlab  turgan
korxonalar  va  boshqa  obyektlarni  mustaqil  ekologik  ekspertiza
qilishdir.  Ekologik  audit  xo‘jalik  va  boshqa  xil  faoliyat  obyekti
mulkdorining qaroriga binoan o‘tkaziladi.

226
Atrof tabiiy muhit holati va uning resurs-
larini kuzatish, hisobga olish, ularga baho
berish va istiqbolini belgilashni ta’minlash
maqsadida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi tashkil
etilgan.
Atrof tabiiy muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish usti-
dan kuzatuv maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek,  faoliyati
atrof tabiiy muhit holatini yomonlashtiradigan yoki yomonlashtirishi
mumkin bo‘lgan korxona, tashkilot va muassasalar tomonidan amalga
oshiriladi. Maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek, korxona,
tashkilot  va  muassasalar o‘z kuzatuvlariga doir materiallarni tegishli
davlat idoralariga taqdim etadilar.
Ekologik monitoring «O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy
muhit  monitoringi  dasturi»ga  muvofiq  olib  boriladi.  Mazkur

Download 2.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling