Ekologiya va mehnat muhofazasi


 Yong„inni o„chirishga rahbarlik qilish


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana14.05.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1461356
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Xushnid

1.4. Yong„inni o„chirishga rahbarlik qilish 
 
Yong‗inni o‗chirishga rahbarlik qilish yong‗in joyiga yetib kelgan 
yong‗indan saqlash xizmatining katta tezkor mansabdor shaxsi (bundan buyon 
matnda yong‗inni o‗chirish rahbari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi, u 
yong‗inni o‗chirish harakatlarini bajarishda ishtirok etayotgan yong‗indan saqlash 
xizmatining shaxsiy tarkibini, shuningdek yong‗inni o‗chirishga jalb etilgan 
kuchlar va vositalarni yakkaboshchilik prinsipi asosida boshqaradi. 
Yong‗inni o‗chirish rahbari vazifalarning bajarilishi, yong‗inni o‗chirish 
harakatlarini bajarishda ishtirok etayotgan yong‗indan saqlash xizmati shaxsiy 
tarkibining hamda yong‗inni o‗chirishga jalb etilgan kuchlar va vositalarning 
xavfsizligi uchun javob beradi. 
Yong‗inni o‗chirish rahbari yong‗inni o‗chirish harakatlari amalga 
oshirilayotgan hudud chegaralarini, mazkur harakatlarni bajarishning tartibini va 
o‗ziga xos jihatlarini belgilaydi, shuningdek yong‗in chog‗ida odamlarni, yuridik 
va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish bo‗yicha qarorlar qabul qiladi. 
Zarur hollarda, yong‗inni o‗chirish rahbari boshqa qarorlar, shu jumladan 
yong‗inni o‗chirish harakatlari amalga oshirilayotgan hududdagi yuridik va 
jismoniy shaxslarning huquqlarini cheklaydigan qarorlar qabul qilishga haqli. 
Yong‗inni o‗chirish rahbarining ko‗rsatmalari yong‗inni o‗chirish harakatlari 
amalga oshirilayotgan hududdagi barcha tashkilotlar va fuqarolarning ijro etishi 
uchun majburiydir. 
Yong‗in o‗chirilayotganda yong‗inni o‗chirish rahbarining harakatlariga 
aralashishga yoki uning farmoyishlarini bekor qilishga hech kim haqli emas. 
Yong‗in xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar yong‗in xavfsizligi 
talablarini amalga oshirish, shuningdek yong‗inlar profilaktikasini ta‘minlash va 


16 
yong‗inlarni o‗chirish maqsadida bajariladi hamda ko‗rsatiladi. Yong‗in xavfsizligi 
sohasidagi ishlar va xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
yong‗in xavfsizligi sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, 
ularning malakasini oshirish; 
aholiga yong‗in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‗llashni o‗rgatish; 
yong‗inga qarshi targ‗ibot ishlarini amalga oshirish; 
ilmiy-texnik maslahatlar berish va ekspertizalar o‗tkazish; 
tashkilotlarni, aholi punktlari va boshqa hududlarni yong‗inlardan muhofaza 
qilish; 
yong‗in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish, sinovdan o‗tkazish, xarid qilish 
va yetkazib berish; 
moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni 
yong‗in xavfsizligi jihatidan sinovdan o‗tkazish; 
loyiha, tadqiqot ishlarini bajarish; 
olovdan himoya qilish va pech-mo‗rikon ishlarini bajarish; 
yong‗inga qarshi himoya tizimlari va vositalarini montaj qilish, ularga texnik 
xizmat ko‗rsatish hamda ularni ta‘mirlash; 
yong‗inga qarshi aslaha-anjomlarni, yong‗inni o‗chirishning birlamchi 
vositalarini ta‘mirlash va ularga xizmat ko‗rsatish, olovni o‗chirish moddalarining 
sifatini tiklash. 
Yong‗in xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar jumlasiga qonunchilikka 
muvofiq boshqa ishlar va xizmatlar ham kiritilishi mumkin. 
Yong‗inga qarshi targ‗ibot aniq maqsadni ko‗zlagan holda jamiyatni 
ommaviy axborot vositalari, maxsus adabiyotlar va reklama mahsulotlarini nashr 
etish hamda tarqatish, muayyan mavzuga bag‗ishlangan ko‗rgazmalar, ko‗riklar, 
konferensiyalar o‗tkazish va aholini xabardor qilishning qonunchilikda 
taqiqlanmagan boshqa shakllaridan foydalanish orqali yong‗in xavfsizligi 
muammolari va yong‗in xavfsizligini ta‘minlash yo‗llari haqida xabardor qilishdir. 


17 
Yong‗inga qarshi targ‗ibotni yong‗indan saqlash xizmati, shuningdek 
yong‗indan saqlash xizmati ko‗magida vakolatli organlar, mahalliy davlat 
hokimiyati organlari, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari, tashkilotlar va 
fuqarolar o‗tkazadi. 
Tashkilotlarning 
xodimlariga 
yong‗in 
xavfsizligi 
chora-tadbirlarini 
qo‗llashni o‗rgatish ish beruvchilar (ma‘muriyat, mulkdorlar) tomonidan yong‗in 
xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, tegishli vakolatli organlar 
tasdiqlagan va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan maxsus dasturlar 
bo‗yicha olib boriladi. 
Maktabgacha 
ta‘lim tashkilotlarida bolalarga va boshqa ta‘lim 
muassasalarida ta‘lim olayotgan shaxslarga yong‗in xavfsizligi chora-tadbirlarini 
qo‗llashni majburiy tarzda o‗rgatish mazkur muassasalar tomonidan tegishli 
vakolatli organlar tasdiqlagan va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan 
maxsus dasturlar bo‗yicha amalga oshiriladi. 
Umumiy o‗rta, o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarida bolalarga 
yong‗in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‗llashni o‗rgatish, ularni kasbga 
yo‗naltirish, yong‗inga qarshi targ‗ibot tizimini takomillashtirish hamda 
yong‗inlarning oldini olishga va yong‗in chog‗ida to‗g‗ri harakat qila bilishga 
qaratilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish maqsadida qonunchilikka muvofiq 
yosh yong‗in o‗chiruvchilar drujinalari tashkil etilishi mumkin.. 
Vakolatli organlar yong‗in xavfsizligi uchun noqulay sharoitlar to‗g‗risida 
o‗z vakolatlari doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligini darhol va bepul asosda 
xabardor qilishi shart. 
Faoliyati to‗liq yoki qisman O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti 
mablag‗lari hisobidan moliyalashtiriladigan ommaviy axborot vositalari yong‗in 
xavfsizligi masalalariga doir tezkor axborotni bepul asosda e‘lon qilishi shart. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish 
organlari yong‗in xavfsizligini ta‘minlash yuzasidan qabul qilgan qarorlari haqida 
aholini xabardor qilishi shart. 


18 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling