Ekologiya va mehnat muhofazasi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Xushnid
ASOSIY QISMI
I-BO„LIM SANOAT KORXONALARIDA SANOAT XAVFSIZLIGI VA YONG„IN XAVFSIZLIGI TA‟MINLASH ASOSALARI 1.1. Sanoat xavfsizligi va yong„in xavfsizligini ta‟minlashdagi normativ- normativ huquqiy xujjatlari Sanoat xavfsizligi to‗g‗risidagi qonunchilik ―Xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligi to‗g‗risida qonuni, O‗zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 oktabr, ―Sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‗tkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi to‗g‗risida‖gi 784-son qarori, «Xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligi to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar haqida‖gi 2008 yil 10 dekabr, 271-son qarori, O‗zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‗ining 2009 yil 24 avgustdagi ―Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini o‗tkazish qoidalarini tasdiqlash to‗g‗risida‖ 167- sonli buyrug‗i va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‗zbekiston Respublikasining sanoat xavfsizligi to‗g‗risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‗lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‗llaniladi. O‗bekiston Respublikasining ―Xavfli ishlab chiqarish obektlari sanoat xavfsizligi to‗g‗risida qonuni, Qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 29 iyunda qabul qilingan. Senat tomonidan 2006 yil 25 avgustda ma‘qullangan 2006 yil 28 sentabrda kuchga kirgan. 23 moddadan iborat. ―Xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligi to‗g‗risida qonuni Qonunning maqsadi- xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat 9 Xavfli ishlab chiqarish obektlari jumlasiga: 1) quyidagi xavfli moddalar: -portlash-yong‗in xavfi bo‗lgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin bo‗lgan moddalar; -tasdiqlangan standartlarga muvofiq tirik organizmga ta‘sir qilish darajasiga ko‗ra I, II va III xavflilik darajalariga (o‗ta xavfli, yuqori darajada xavfli va o‗rtacha darajada xavfli) mansub zararli moddalar; -muayyan turdagi tashqi ta‘sir chog‗ida issiqlik ajratgan va gazlar hosil qilgan holda o‗z-o‗zidan juda tez tarqaladigan kimyoviy o‗zgaruvchan portlovchi moddalar; -inson sog‗lig‗i va atrof muhit uchun xavfli konsentratsiyali moddalar mavjud bo‗lgan ishlab chiqarish chiqindilari foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‗q qilinadigan; 2) 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan uskunalardan foydalaniladigan; 3) ko‗chmas asosga o‗rnatilgan yuk ko‗tarish mexanizmlari, eskalatorlar, osma yo‗llar, funikulyorlardan (tog‗ temir yo‗llaridan) foydalaniladigan; 4) qora va rangli metallar eritmalari hamda ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan; 5) konchilik ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va boyitish ishlari, shuningdek yer osti sharoitida ish olib boriladigan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek boshqa ishlab chiqarish obektlari kiradi. Sanoat xavfsizligi talablari- qonunchilik hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda nazarda tutilgan shartlar, taqiqlar, cheklashlar va boshqa majburiy talablar bo‗lib, ularga rioya etilishi sanoat xavfsizligini ta‘minlaydi. 10 Xavfli ishlab chiqarish obektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishni amalga oshirish uchun loyiha hujjatlari sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‗lishi zarur. O‗zbekiston respublikasining qonuni ―Yong‗in xavfsizligi to‗g‗risida‖gi Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 24 iyunda qabul qilingan. Senat tomonidan 2009 yil 28 avgustda ma‘qullangan. Ushbu Qonunning maqsadi yong‗in xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Yong‗in xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organ O‗zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir (bundan buyon matnda Favqulodda vaziyatlar vazirligi deb yuritiladi). Favqulodda vaziyatlar vazirligi: yong‗in xavfsizligi to‗g‗risidagi qonunchilikning ijrosini ta‘minlaydi; yong‗in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi; yong‗indan saqlash xizmati bo‗linmalarini yong‗inni o‗chirish texnikasi va boshqa texnika vositalari bilan jihozlash sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi; yong‗inlarni o‗chirishni, yong‗in zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarishni amalga oshiradi; barcha turdagi yong‗indan saqlash xizmati bo‗linmalarining yong‗inlarni o‗chirishga shayligi holati va yong‗inlar profilaktikasiga doir ishlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; yong‗in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqadi; yong‗in xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalarni va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi; davlat yong‗in nazoratini amalga oshiradi; yong‗in xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud bo‗lmagan taqdirda binolar, inshootlarni va boshqa obektlarni 11 qurish, kapital ta‘mirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir loyiha hujjatlarining yong‗in xavfsizligi talablariga rioya qilinishiga taalluqli qismini ko‗rib chiqadi; qurilish uchun maydonlar tanlash komissiyasining, shuningdek qurilishi tugallangan obektlarni foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarining ishida ishtirok etadi; yong‗in xavfsizligi sohasida yong‗inga qarshi targ‗ibotni, o‗qitishni va axborot bilan ta‘minlashni amalga oshiradi; yong‗in xavfsizligining ilmiy-texnik jihatdan ta‘minlanishini muvofiqlashtiradi; yong‗in xavfsizligi sohasidagi sertifikatlashtirishni belgilangan tartibda amalga oshiradi, yong‗in xavfsizligi sohasidagi qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyat (harakatlar) turlarini boshlaganlik to‗g‗risidagi xabarnomalarni qabul qiladi va ularning reyestrini yuritadi; yong‗inlar va ularning oqibatlari hisobini yuritadi; davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish hamda yong‗inlarning oldini olishga doir tadbirlar o‗tkazish to‗g‗risida yozma ko‗rsatmalar beradi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling