Ekologiya va mehnat muhofazasi
Yong„in xavfsizligi bo„yicha binolar komplekslarini
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Xushnid
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Yong„in xavfsizligi bo„yicha xajmiy-rejalashtirish va konstruktiv yechimlar
2.2. Yong„in xavfsizligi bo„yicha binolar komplekslarini
loyihalashtirishda Binolar komplekslarini loyihalashtirishda front bo‗ylab har 100 metrdan keyin yong‗in o‗chirish avtomashinalari va yong‗in-qutqaruv texnikalari uchun o‗tish yo‗llari (yoki tonnellar)ni ko‗zda tutish kerak. Bunday o‗tish yo‗llarinining balandligini kamida 4,25 m va kengligi kamida 3,5 m bo‗lishi lozim. Baland binolar va boshqa imoratlar orasidagi yong‗inga qarshi oraliqlar, ularning yong‗inga chidamliligi darajasidan kelib chiqib, quyidagi masofalarlardan m. kam emas: 28 - yong‗in bardoshliligi I–II darajaga teng bo‗lgan binolargacha - 15 m; - yong‗in bardoshliligi III–IV darajaga teng bo‗lgan binolargacha - 25 m; Yonma-yon turgan baland binolar orasidagi masofani 30 m.dan kam bo‗lmagan holda qabul qilinadi. Baland bino va avtotransport vositalari turishi uchun mo‗ljallangan ochiq maydonlar orasidagi yong‗inga qarshi oraliqlar 15 m.dan kam bo‗lmagan holda qabul qilinadi. Binolarga kirib kelish yo‗llarini loyihalashtirishda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda foydalaniladigan maxsus texnikalarni harakatlanishi uchun mo‗ljallangan yo‗l qismlarida harakatlanishni cheklash va avtomobillar doimiy va vaqtincha turishi (transport parkovkasi)ga ruxsat etilmasligini nazarda tutish lozim. Baland bino va portlabyonish va yong‗in xavfliligi bo‗yicha A-G toifadagi obektlar hamda An-Gn toifadagi tashqi qurilmalar orasidagi masofa avariya holatlarida, shu jumladan baland bino qulaganda jarohatlantiruvchi omillar ta‘siriga yo‗l qo‗ymasligi kerak. Qabul qilingan masofalar asosliligi hisob-kitoblar orqali tasdiqlanishi lozim. 2.3. Yong„in xavfsizligi bo„yicha xajmiy-rejalashtirish va konstruktiv yechimlar Binolar bitta yoki bir necha funksional bo‗lmalardan iborat bo‗lishi mumkin. Binolarning hajmiy-rejalashtirish yechimlari loyihalashtirish uchun belgilangan topshiriqning funksional vazifasiga javob berishi lozim. 4-rasm. Binolarning umumiy ko‗rinishi 29 Binolar va funksional elementlarning hajmiy-rejalashtirish yechimlari ularga yuklatilgan funksiyalar bajarilishi, texnologik jarayonlarni amalga oshirilishi hamda odamlarni evakuatsiya qilish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish imkoniyatini ta‘minlashi lozim. Ichiga-yoniga qurilgan avtomobil garajlari- turargohlari (parkinglari)ni loyihalashtirayotganda ushbu bo‗lim hamda SNiP 21- 02-99 «Stoyanki avtomobiley» talablariga amal qilish kerak. Shuningdek, asoslangan holatlarda SP 300.1325800.2017 «Sistemi struynoy ventilyatsii dimoudaleniya podzemnix i kritix avtostoyanok»dan foydalanishga ruxsat etiladi. Avtomobillar garaj-turargohlarini baland binoning yer ostidagi, sokol va yer ustidagi qavatlarida, shu jumladan binoga yonma-yon qurilgan (stilobat) qismida joylashtirga ruxsat etiladi. Ushbu bo‗lim talablariga muvofiq, garaj-turargohlarning xonalari boshqa maqsadlar uchun mo‗ljallangan xonalardan konstruktiv jihatdan ajratilgan bo‗lishi, amaldagi loyihalashtirish meyorlari talablariga muvofiq joylashgan alohida kirish va chiqish joylariga ega bo‗lishlari lozim. Avtomobillar garaj-turargohlari xonalaridan chiqish va binoga kirish joylari amaldagi loyihalashtirish meyorlari bilan belgilangan yong‗in xavfsizligi talablariga muvofiq bo‗lishi kerak. Baland binoning yer osti, sokol qavatlarida va stilobatlarida faqat ushbu binoda yashovchilar va ijarachilarning yengil avtomobillari uchun garajturargohlarni joylashtirishga ruxsat etiladi. Bunday garaj-turargohlarga kirish joylarini ko‗rib chiqish va tekshirish maydonchasi mavjud bo‗lgan shlyuzlar bilan jihozlash lozim. Har bir binoda yoki komplekslar tarkibiga kiradigan va loyihalashtirish uchun topshiriqda belgilangan imoratlarda YOHTMBP nazarda tutilishi lozim. Ushbu boshqarish punktlari tabiiy yoritilgan bo‗lishi va individual sanitariya nuqtasi (yuvinish xonasi, dush, hojatxona), havoni ventilyatsiyalash va konditsionerlash tizimi bilan jihozlangan bo‗lishi hamda SHNQ 2.04.09-07 qoidalarining 12.55 bandida keltirilgan talablarga javob berishi kerak. 4.6. Baland binolar funksional yong‗indan xavfliligi bo‗yicha bir yoki bir necha tasnifga 30 mansub yong‗indan himoya bo‗lmalarini o‗z ichiga olishi mumkin. Baland binolarda funksional yong‗indan xavfliligi buyicha quyidagi sinflarga mansub yong‗indan himoya bo‗lmalarini ko‗zda tutishga ruxsat etiladi: F1.3 - ko‗p xonadonli turar joy uylari; F1.2 - mehmonxonalar; F4.3 - boshqaruv organlari muassasalari, loyihalash-konstruktorlik tashkilotlari, axborot va tahrir-nashriyot tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, banklar, idoralar, ofislar. Baland binolarda aholiga xizmat ko‗rsatish korxonalari xonalarini (F.3) va yengil avtomobillar turargohlarini (F.5.2) joylashtirish mumkin. Baland binolarda joylashtirishga yo‗l qo‗yilmaydi: - maktabgacha ta‘lim muassasalar, qariya va nogironlar uylari, kasalxonalar, maktab-internatlar va bolalar muassasalarining yotoqxonalari (F1.1); - 10 m dan yuqori balandlikda hisoblab chiqilgan insonlar sig‗dirish qobiliyati 600 kishidan ko‗p, 28 m dan ortiq balandlikda; – 300 kishidan ko‗p va 50 m dan yuqori balandlikda – 100 kishidan ko‗p; — F5.1 tasnifidagi xonalar portlab-yonish va yong‗in xavfi bo‗yicha A, B, V1 – V3 toifalariga mansub; - F5.2 tasnifidagi xonalar portlab-yonish va yong‗in xavfi bo‗yicha A, B, V1 toifalariga mansub; - V2 toifasiga tegishli xonalarni binoning stilobat qismidan baland bo‗lmagan sathda, V3 va V4 toifali xonalarni esa binoning har qaysi qavatida joylashtirishga ruxsat etiladi; V3 toifali xonalarni stilobat qismidan balandroq qavatlarda odamlar ko‗p yig‗iladigan xona bilan yonma-yon joylashtirishga yo‗l quyilmaydi. Balandligi 100 m.gacha bo‗lgan baland binolarni qurilish konstruksiyalarining yong‗in bardoshlilik darajasini SHNQ 2.01.02 talablariga muvofiq I darajali yong‗inga chidamli etib, 100 m dan ortiq bo‗lganda esa 4-jadvalga muvofiq qilib loyihalashtirish lozim |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling