Ekologiya va mehnat muhofazasi
Yong„in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Xushnid
1.3. Yong„in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish
va amalga oshirish Yong‗in xavfsizligi chora-tadbirlari yong‗in xavfsizligini ta‘minlashga, shu jumladan yong‗in xavfsizligi talablarini bajarishga doir harakatlardir. Yong‗in xavfsizligi chora-tadbirlari yong‗in xavfsizligi to‗g‗risidagi qonunchilikka, yong‗in xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, shuningdek yong‗inlarga qarshi kurashish tajribasi, moddalar, materiallar, 13 texnologik jarayonlar, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar, binolar va inshootlarning yong‗in xavfliligiga baho berish asosida ishlab chiqiladi. Moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) mazkur moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarning yong‗in xavfliligi ko‗rsatkichlarini, shuningdek ulardan foydalanishda qo‗llaniladigan yong‗in xavfsizligi chora-tadbirlarini tegishli texnik hujjatlarda ko‗rsatishi kerak. Tashkilotlar, binolar, inshootlar va boshqa obektlar uchun yong‗in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda, shu jumladan ular loyihalashtirilayotganda yong‗inlar chog‗ida odamlarning evakuatsiya qilinishini hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki saqlab qolinishini ta‘minlovchi yechimlar nazarda tutilishi kerak. Aholi punktlari va boshqa hududlar uchun yong‗in xavfsizligi chora- tadbirlari tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi. Yong‗inlarni o‗chirish odamlarning hayotini asrab qolish hamda sog‗lig‗ini saqlash, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni asrash hamda yong‗inlarni bartaraf etish harakatlaridan iboratdir. Yong‗indan saqlash xizmati bo‗linmalari tomonidan yong‗inlarning o‗chirilishini tashkil etish tartibini Favqulodda vaziyatlar vazirligi belgilaydi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va yong‗in-qutqaruv bo‗linmalarining yong‗indan saqlash xizmatining boshqa turlari, vakolatli organlar, avariya-ta‘mirlash xizmatlari va o‗zga xizmatlar bilan yong‗inlarning o‗chirilishini tashkil etishni ta‘minlashga doir hamkorligi kelishuvlar bilan tartibga solinadi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‗in-qutqaruv bo‗linmalarining kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilish tartibi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‗g‗risidagi qonunchilik bilan belgilanadi. 14 Yong‗inlarni o‗chirish uchun yong‗indan saqlash xizmati bo‗linmalarining kuchlari va vositalarini jalb qilishning mintaqalararo hamda mahalliy darajalardagi rejalari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. Yong‗inlar to‗g‗risidagi xabarlarni qabul qilish uchun aholi punktlarining telefon tarmoqlarida yagona raqam — 101 o‗rnatiladi. Yong‗in kelib chiqqanligi to‗g‗risidagi xabarni olgach, Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‗in-qutqaruv bo‗linmalari yong‗in joyiga darhol jo‗nab ketishi shart. Zarur hollarda, yong‗inlarni o‗chirish chog‗ida yong‗in kuchayishining (tarqalishining) hamda yong‗in bilan bog‗liq bo‗lgan, odamlarga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, atrof tabiiy muhitga tahdid soluvchi xavfli omillarning oldini olish uchun: yong‗inlar tarqalgan (tarqalish ehtimoli bo‗lgan) va xavf keltirib chiqaradigan joylarga kirib borishga doir; yong‗inlarning kuchayishiga (tarqalishiga) to‗sqinlik qiladigan va ularni bartaraf etishni ta‘minlaydigan sharoitlarni yaratishga doir; tashkilotlar va fuqarolarda mavjud bo‗lgan aloqa, transport vositalaridan, asbob-uskunalardan, yong‗inni o‗chirish vositalari va olovni o‗chirish moddalaridan keyinchalik o‗rni belgilangan tartibda qoplanishi sharti bilan foydalanishga doir; tegishli xizmatlarni jalb etgan holda jamoat tartibini ta‘minlash, yong‗inlar o‗chirilayotgan joylarni qo‗riqlash (shu jumladan yong‗inlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablarini, sharoitlarini tekshirish chog‗ida), yo‗l harakatini tartibga solish, evakuatsiya qilish va (yoki) yong‗in kelib chiqqan joyda boshqa tadbirlarni amalga oshirishga doir harakatlar bajariladi. Yong‗indan saqlash xizmati bo‗linmalari yong‗inlarni o‗chirish, yong‗inlar va avariyalarning kelib chiqishi hamda kuchayishining (tarqalishining) oldini olish bilan bog‗liq zarur ishlarni amalga oshirishda yong‗inni o‗chirish maqsadi uchun tabiiy va sun‘iy suv manbalaridan suv bilan bepul ta‘minlanadi. 15 Asosli tavakkalchilik doirasida harakat qilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining shaxsiy tarkibi va yong‗inni o‗chirishda qatnashgan boshqa ishtirokchilar yetkazilgan zararning o‗rnini qoplashdan ozod qilinadi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling