Ekologiya va mehnat muhofazasi


 Yong„inlar va ularning oqibatlarini hisobga olish


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana14.05.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1461356
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Xushnid

1.5. Yong„inlar va ularning oqibatlarini hisobga olish 
 
Yong‗inlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yong‗inlarga 
doir axborotni to‗plash hamda o‗zaro almashish tartibi O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Yong‗in xavfi yuqori bo‗lganda mahalliy davlat hokimiyati organlarining 
qarori bilan tegishli hududlarda yong‗inga qarshi alohida rejim o‗rnatilishi 
mumkin. 
Yong‗inga qarshi alohida rejimning amal qilishi davrida tegishli hududlarda 
yong‗in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan 
yong‗in xavfsizligiga oid qo‗shimcha talablar belgilanadi. 
Yong‗in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta‘minlashni ilmiy- tadqiqot, 
tajriba-konstruktorlik, loyiha tashkilotlari va boshqa ilmiy-texnik tashkilotlar
shuningdek tegishli ta‘lim muassasalari amalga oshiradi. 
Yong‗in xavfsizligi sohasidagi ilmiy-texnik ishlanmalarni moliyalashtirish 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
byudjeti 
mablag‗lari, tashkilotlarning 
mablag‗lari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan 
amalga oshiriladi. 
Yong‗in xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan ta‘minlashni muvofiqlashtirish 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
Tashkilotlar yangi texnologiyalar va mahsulotlar yaratilishida yong‗in 
xavfsizligini ta‘minlash maqsadida zarur ilmiy-texnik ishlanmalar amalga 
oshirilishini ta‘minlaydi. 
Yong‗in-texnik 
mahsuloti 
davlat 
buyurtmasi 
asosida, 
shuningdek 
tadbirkorlik faoliyati tartibida ishlab chiqariladi.Yong‗in-texnik mahsulotini ishlab 
chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Yong‗in xavfsizligi sohasidagi 
faoliyat (harakatlar) turlarini xabardor qilish tartibida amalga oshirish tartibi 
qonunchilikda belgilanadi.Yong‗in xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va 
xizmatlarni sertifikatlashtirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. 


19 
Yong‗in xavfsizligi sohasidagi majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‗lgan 
mahsulotlar va xizmatlarning ro‗yxati O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
Yong‗in xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarning yong‗in 
xavfsizligi talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun ular tashkilotlar hamda 
fuqarolar tashabbusiga ko‗ra ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‗tkazilishi mumkin. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling