Ekologiya video ssenariy
Kirish (Zaynobiddin)
XXI asr deganda birinchi navbatda nimani tassavur qilamiz, kundan kun rivojlanib borayotgan texnologiya, koinotni egalash, marsga ko’chib borish. To’g’ri bular hozirgi davrni tasvirlab bera oladigan asosiy jarayonlar.
Undan tashqari XXI asrni tasvirlab bera oladigan yana bir muhim jarayon bor.
Bu – Yer Sayyorasining ekologik jihatdan ayanchli ahvolga kelib qolishi.
Hozirgi kunda global ekologik muammolar tufayli sayyoramiz borgan sari o’lib boryapti.
Bugungi videoda sizlar bilan eng dolzarb ekologik muamolar qatoriga kiradigan iqlim o’zgarishi haqida gaplashamiz va unga yechim topishga harakat qilib ko’ramiz.
Asosiy qism (Jamshid) Iqlim o‘zgarishi muammosi yildan-yilga dolzarblashib bormoqda. Nima sababga ko‘ra iqlim bunchalik injiq bo‘lib qoldi? Bu holatni o‘zgartirish uchun biz nima qilishimiz lozim? Bizni kelajakda nimalar kutmoqda?
Jazirama kunlarda hammamiz ko’pincha global isish haqda ko‘p o‘ylaymiz, Biroq ob-havoning so‘nggi davrlardagi bunday injiqliklarini umumiy qilib «iqlim o‘zgarishi» deb atash to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki ob-havo nafaqat yozgi kunlarda, balki qishda ham o‘z injiqliklarini ko‘rsatmoqda.
Iqlim o'zgarishi - katta mavzu. Bu mavzu ichiga
Global isish
Issiqxona effekti
Muzlarning erishi
Dengiz suvi sathining ko'tarilishi
Ozon qatlamining emirilishi
Kabi muammolarni kiritsak boladi.
Nima yuz bermoqda? (1-qism) (Zaynobiddin)
Global isish bilan bir qatorda, iqlim o‘zgarishi muammosi qatoriga yog‘ingarchiliklarning bir maromda emasligi, gohida quruqchilik bo‘lishi, gohida esa birdan yog‘ingarchiliklar ko‘payib hududlarni suv bosishi ham kiradi. Aslida iqlim o‘zgarishlarining sababi nimada? Keling, bir boshdan, hozirgi davrdagi holatni tahlil qilishdan boshlaymiz.
Yer sayyorasidagi o‘rtacha harorat qanchaga ko‘tarildi? (Ozvuchka Zaynobiddin)
Do'stlaringiz bilan baham: |