Ekomanitoring ekspertiza
Download 67.03 Kb.
|
Jiyanboyev izzatullo
Qisqacha xulosalar
Ekologik ekspertiza ob’ektning xilma-xilligiga mos holda uning yo’nalishlari ham bir-biridan tubdan farq qiladi. Amaliyotda uning tabiiy, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, tabiiy-texnik, geotexnik tizimlar, tabiiy xo’jalik regionlari bo’yicha amalga oshiriladigan yo’nalishlari keng qo’llaniladi. Ekologik ekspertiza o’tkazishda loyihalardagi atrof tabiiy muhitga ta’sirning xususiyatlari, ularni aniqlash, taxlil qilish, baholash va hisobga olish nuqtai nazaridan quyidagi komleks yo’nalishlari ajratish mumkin: 1) texnologik (texnika) ekologik ekspertizasi; 2) korxona ekologik ekspertizasi; 3) shaharsozlik ekologik ekspertizasi; 4) tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni o’zgartirish loyihalarining ekologik ekspertizasi. Texnologik ekologik ekspertiza texnologiya va texnikaning ekologik mos kelishi va resurs iste’moli sig’imini (xajmini) aniqlash asosida zarur xulosalar va yechimlarga kelishni bildiradi. Texnika texnologiya, materiallar moddalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir barcha texnologik xujjatlar davlat ekologik ekspertizadan o’tkazilishi shart. Korxonalar loyihalarining ekologik ekspertizasi ushbu korxona qurilishning ehtimol tutilayotgan ekologik oqibatlarini atrof muhitning maqbul yo’l qo’yiladigan (me’yordagi) xolati bilan taqqoslab, ob’ektiv ekspertiza xulosalarini chiqarishni bildiradi. Xulosalar tabiiy resurslardan foydalanish bo’yicha amaldagi normativ-texnik va yo’riqnomauslubiy xujjatlarga, tabiat muhofazasi qonunchiligi talablariga asoslanadi. Shaharsozlik ekologik ekspertizasi shaharsozlik faoliyati sohasidagi xujjatlarning ekologik xavfsizlik talablariga mos kelishini yoki kelmasligini aniqlash bilan shug’ullanadi. Tabiatni o’zgartirish loyihalarining ekologik ekspertizasi mintaqaviy va mahalliy (lokal) darajada nazarda tutilayotgan tabiiy muhit o’zgarishining ekologikijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini va ekologik xavfsizligini baholab, xulosa chiqarishni bildiradi. ХULOSA Ekologik ekspertiza mamlakat tabiatini muhofaza qilish tizimining ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, u aniq ravshan ekologik tadbirlar tizimini amalga oshiradi. Ekologik ekspertiza tizimi O’zbekistonda barpo etilgan mustahkam huquqiy asosga tayanib o’z faoliyati amalga oshiradi. Bu sohadagi asosiy qonun xujjati «Ekologik ekspertiza to’g’risida»gi qonundir. Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi zimmasiga yuklangan. Davlat ekologik ekspertizasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo’mitalarining ixtisoslashgan ekspert bo’linmalari tomonidan o’tkaziladi. Ular birgalikda O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining yagona davlat ekologik ekspertizasi tizimini tashkil etadi. Davlat ekologik ekspertizasi orgonlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar shartnoma asosida amalga oshiriladi. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasining struktura va mazmuniga quyidagi talablar qo’yiladi: 1) Davlat ekologik ekspertizasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining ekspert orgonlari mutaxasislari tomonidan o’tkaziladi; 2) ekologik ekspertiza jarayonida ekspertlar taqdim etgan xujjatlar rasmiylashtiriladi va ko’rib chiqiladi; 3) ko’rib chiqish natijalari bo’yicha Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi tuziladi; 4) xulosaga ijrochiekspert, raxbarning muovini tomonidan qayd belgisi qo’yiladi va ekspert bo’linmasi raxbari tomonidan imzolanadi; 5) xulosa nusxasi ekspertiza ob’ekti joylashgan xududdagi tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi ekspertiza bo’limiga bildirish uchun jo’natiladi; 6) ekspertiza o’tkazish muddati 45 kun belgilanadi; 7) ekspertiza o’tkazish muddatlari shartnomada belgilanadi. Davlat ekologik ekspertizasi xulosasi mazmuni va matni rasmiy tasdiqlangan matnda (formada) ifodalaniladi. Download 67.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling