Ekotizimlar ekologiyasi
Ekotizimda energiya oqimi
Download 0.53 Mb.
|
EKOTIZIMLAR EKOLOGIYASI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekotizimda mahsuldorlik
Ekotizimda energiya oqimiEkotizimlardagi organizmlarning hayot faoliyati va moddalarning aylanishi uchun energiya talab etiladi. Yashil o’simliklar hayot uchun zarur bo’lgan kimyoviy moddalarni olib, fotosintez jarayonida organik birikmalar to’playdi va Quyosh energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Ular hayvonlarga ozuqa beradigan tirik moddaning asosiy qismini tashkil etadi. Havo tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid gazlarining miqdorini tiklaydi va suvning aylanish jarayonida qatnashadi. O’simlik chirindilari tuproqda fosfor, kaliy, kalьtsiy, marganets kabi elementlarning bir me’yorda tarqalishiga yordam beradi. Bunday organizmlar avtotroflar deb ataladi. O’simliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi getertroflar esa oziqlanish jarayonida organik moddalarni karbonat angidrid, suv va mineral tuzlarga aylantiradi. Ular organik moddalarni o’simlik takror foydalanishi uchun yaroqli bo’lgan darajagacha parchalaydi. SHunday qilib, biogen moddalar tabiatda uzluksiz aylanib turadi. Organizmlar Quyosh energiyasini kimyoviy, mexanik va issiqlik energiyalariga aylantiradi. Bunda boradigan hammma o’zgarishlar energiyani yo’qotish bilan bog’liq bo’lib, u oxirgi issiqlikka aylanib tarqalib ketadi. Ekotizimda mahsuldorlikJamoaning hayot faoliyati natijasida organik moddalar to’planadi va sarf bo’lib turadi. Demak, har bir ekotizim ma’lum darajada mahsuldorlikka ega. Ekotizimning asosiy yoki birlamchi mahsuldorligi yashil o’simliklar tomonidan fotosintez jarayoni natijasida vaqt birligida to’plangan mahsulot hisoblanadi. Masalan, fotosintez natijasida o’rmondagi o’simliklar 1 ga maydonda 5 t organik modda hosil qilsa, bu umumiy yoki yalpi birlamchi mahsuldorlik deb qaraladi. Ammo o’simlikning hayoti uchun ham hosil bo’lgan moddalar sarf bo’ladi. Ekotizimda to’plangan barcha mahsulot (nafas olishga sarf bo’lgandan tashqari) jamoaning haqiqiy birlamchi mahsuldorligini tashkil etadi. Haqiqiy birlamchi mahsuldorlikni hosil qiluvchi organik moddalar geterotrof organizmlar uchun o’zlashtirilishi mumkin. Konsumentlar ham haqiqiy birlamchi mahsulot hisobiga organik modda to’playdi. Ular hosil qilgan mahsuldorlik ikkilamchi hisoblanadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling