Ekskursiya obyektlarini tanlash va baholash


Download 67.79 Kb.
bet3/4
Sana02.04.2023
Hajmi67.79 Kb.
#1319373
1   2   3   4
Bog'liq
ASILBEK KENJAYEV (Ekskursiya xizmati) 5-mavzu

Hozirgi vaqtda respublikamizda davlat ro`yxatida 7 mingdan ortiq tarixiy arxeologik va madaniy yodgorliklar, muzeylarimizda esa 10 mingdan ortiq eksponatlar saqlanmoqda. Shahar bilan tanishuv mavzusidagi ekskursiyada faqat tarixiy yodgorliklarni ko`rsatish noto`g`ri bo`ladi. Agar marshrutda yodgorliklardan tashqari boshqa inshootlar, ko`chalar, maydonlar, xiyobonlar, tarixiy joylar, tabiat yodgorliklari kiritilsa bu ekskursantlar taassurotini boyitadi. Yangi ekskursiya mavzusini tayyorlash jarayonida obyektlarni joyida o`rganish maqsadga muvofiqdir. Zarur ma‘lumotlarni kitob, albom, rasm kabi manbalardan olish mumkin. Gidning ekskursiya obyektini bevosita o`z joyida o`rganishi guruhni to`ri joylashtirishga, uni samarali ko`rsatishga yordam beradi. Obyektlar tanlangandan so`ng, har bir obyektga kartochka (pasport) tuziladi. Obyekt kartochkasi ma‘lumotlaridan shu va kelajakdagi mavzularni tayyorlashda ham foydalanish mumkin.

Obyekt kartochkasiga ma`lumotlar kiritish.

Obyekt kartochkasiga ma`lumotlar kiritish.

Obyekt kartochkasiga quyidagi ma‘lumotlar kiritiladi:

  • 1.Obyekt nomi (dastlabki va zamonaviy ) shuningdek, aholi orasida ishlatiladigan nomi.
  • 2. Obyekt bilan boliq bo`lgan tarixiy voqealar, uning vaqti;
  • 3. Obyektning joylashgan joyi, uning pochta manzili, hududi (shahar, qishloq, sanoat tashkiloti).
  • 4. Obyekt tavsifi(borish yo`li, muallifi, qanday materiallardan tayyorlanganligi, memorial taxtadagi yozuvi).
  • 5. Obyekt haqida ma‘lumot beruvchi manbalar (adabiyotlar, arxiv ma‘lumotlari, ozaki ijodiyot, bosmadan chiqarilgan asosiy ishlar va chiqarilmagan qo`lyozmalar).

Kartochkaga obyektning oldingi va hozirgi ko‗rinishdagi rasmi tikiladi. Tabiiy, arxitektura, arxeologik yodgorliklar kartochkasiga boshqa ma‘lumotlar ham ilova qilinishi mumkin, masalan, me‘moriy obyekt kartochkasiga u yerda yana haykal mavjudligi, devordagi yozuvlar va yodgorliklarning dekorativ bezaklari (ichki va tashqarisi), bino konstruksiyasi, texnik holati to‗risida ma‘lumotlar kiritiladi. Mintaqadagi barcha ekskursiya obyektlariga kartochkalarning mavjudligi yangi ekskursiya mavzularini tayyorlash jarayonini tezlashtiradi.


Download 67.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling