2. Eksperiment bosqichlari.
Xar qanday eksperiment to‘rt asosiy bosqichga bo‘linishi mumkin:
Birinchi bosqich - eksperiment vazifalarini qo‘yish (uning maqsadini aniqlash), u qabul qilingan ishchi gipotezadan kelib chiqadi;
Ikkinchi bosqich - eksperimentni rejalashtirish, ya`ni tajribalarni o‘tkazish ketma-ketligini va ularning sonini aniqlash;
Uchinchi bosqich - eksperimentni tayyorlash va o‘tkazish. Bu bosqichga sinov jihozlarini tanlash, ular ishga tayyorlash (tekshirib ko‘rish va kalibrovka qilish), tajribalarini o‘tkazish, olingan oraliq natijalarni tekshirish;
To‘rtinchi bosqich - ishlov berilgan eksperiment natijalarining tahlili va bu tahlil asosida qarorlarni qabul qilish.
Eksperimentning maqsad va vazifasi ishchi gipoteza va tegishli nazariy ishlanmani taxlil qilish asosida aniqlanadi. Vazifa aniq boʻlishi, ularning soni uncha koʻp boʻlmasligi lozim:
oddiy eksperimenti uchun – 3÷4;
majmua eksperiment uchun esa – 8÷10 ta.
Vazifani qo‘yish - bu tadqiqot qilinayotgan ob`ekt yoki jarayonning mantiqiy modelini qurish bo‘lib, u oldindan ishlab chiqilgan ishchi gipoteza asosidagi eksperiment maqsadini o‘z ichiga oladi:
- Eksperimentning maqsadi - eksperiment identifikatsiyalash yoki maqbullash (optimallashtirish) maqsadida olib boriladi.
- Identifikatsiyalash - qandaydir ta`miniy nazariy bog‘lanishga, eksperiment natijasida olingan ma`lumotlarni mos kelishi xaqidagi gipotezani tekshirishdir. Ya`ni, eksperiment, nazariy tadqiqotlar natijalarini xamda eksperiment davrida olingan funksional yoki statistik bog‘lanishlarni tekshirish va tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Texnikaviy eksperimentlarning asosiy ko‘pchiligi ushbu guruxga kiradi.
Maqbullash – eng ma`qul yechimni qidirish, ya`ni, eksperimental yo‘l orqali tadqiqot qilinayotgan ko‘rsatkich yoki maqsad funksiyasini (maqbullash ko‘rsatkichini) ekstremal qiymatlarini (maksimumi yoki minimumini) topishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |