Maqsad funksiyasi va bog‘liqmas o‘zgaruvchilar. Eksperimentda, tadqiqot qilinadigan bog‘liq o‘zgaruvchi yoki bir necha o‘zgaruvchilarni to‘g‘ri tanlash juda muximdir. Bular maqsad funksiyasi deyiladi, ya`ni u bog‘liqmas o‘zgarib turadigan o‘zgaruvchilarni (faktorlarni) tadqiqot qilinayotgan bog‘liq o‘zgaruvchilar bilan bog‘lovchi funksiyadir:
Y = F( x1, x2, ...., xn)
Bunda: xn -bog‘liqmas o‘zgaruvchilar yoki argumentlar.
Maqsad funksiyasi - bir ma`noga ega bo‘lishi va tadqiqot ob`ektini eng to‘la ravishda miqdoriy baxolashi kerak.
Agar eksperiment maqsadi - identifikatsiyalash bo‘lsa, unda maqsad funksiyasi nazariy tadqiqotlar natijasida olingan formula orqali baxolanadi. Bu formula orqali bog‘liqmas o‘zgaruvchilar (faktorlar) topiladi, ular eksperiment jarayonida boshqariladi va o‘zgartiriladi.
Agar eksperiment maqsadi - maqbullash bo‘lsa, unda maqsad funksiyasi nomalum regressiya koeffitsentlarini polinominal tenglama yordamida matematik modellashtiriladi:
Y = 0 + 1 x1+ 2 x2 +... + nxn
- Eksperiment natijasida regressiya koeffitsentlarining sonli qiymatlari topiladi va xar bir faktorni, uni maqsad funksiyasiga ta`siriga ko‘ra muximligi aniqlanadi.
- Jarayon yoki ob’ektga ta’sir etuvchi faktorlarni tanlash qabul qilingan ishchi gipotezaga muvofiq nazariy ishlanmalarni taxlil qilish asosida amalga oshiriladi. Barcha faktorlar mazkur eksperiment uchun avval muximlik darajasiga koʻra saralanadi, soʻngra ulardan asosiylari va yordamchilari ajratiladi.
Bunda: n -regressiya koeffitsienti, xn -eksperiment jarayonida o‘zgartirish mo‘ljallangan faktorlar.
Faktorlar soni uncha koʻp boʻlmaganda ularning muximlik darajasi bir faktorli eksperiment boʻyicha aniqlanadi. Agar faktorlar soni katta boʻlsa, koʻp faktorlik taxlil qoʻllaniladi.
Oʻlchash vositalari eksperimentning maqsad va vazifasidan, oʻlchanadigan parametrlar tavsifi va talab etilayotgan aniqlikdan kelib chiqib tanlanadi. Qoidaga koʻra, standart, yalpi ishlab chiqiladigan oʻlchash vositalaridan foydalaniladi. Ayrim xollarda kamyob oʻlchovlar asbob va uskunalari bunyod etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |