Eksperimental psixologiya


Download 1.01 Mb.
bet10/124
Sana22.10.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1716157
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   124
Bog'liq
2 5307842827755991336

Tabiiy ekspyerimyentda tyekshiriluvchining faoliyati tabiiy holatlarda o`rganilib, ekspyerimyent ta`sirida esa faqatgina tashqi sharoitlar o`rganiladi, xolos, ya`ni tashqi sharoitlar o`zining tabiiy tartibida emas, balki tadqiqotchi hoxlaganidyek o`zgartiriladi.
Ta`limiy ekspyerimyent ham o`ziga xos ravishda qiziqarli rivojlanishga egadir. U psixologik tadqiqotda gyenyetik prinsipni joriy etilishiga sabab bo`ladi. Ta`limiy ekspyerimyentda tadqiqotchining holati mohiyatan o`zgarib turadi. Holat o`zgarishi mavjud dalil va qonuniyatlarga sodda psixologik ta`rif byerishdan boshlab, zarur bo`lgan psixik jarayonlarni ryeja asosida rivojlanishtirishdan iborat. O`rganilayotgan hodisa ekspyerimyentator tomonidan yaratiladi va chyetdan uning kyelib chiqishi va rivojlanishi kuzatiladi. Tadqiqotchi yangi paydo bo`lgan psixologik hodisaning xossalarini qanday bo`lish kyerakligini bilishi va shunga qarab harakat qilishi kyerak. SHunga ko`ra tashqaridan ekspyerimyental shart-sharoitlar aniq tizimda tashkil etiladi va tashqi ko`rinishga ega bo`lgan jarayon ichki psixologik jarayonga bosqichma-bosqich ravishda o`tishi (intyeriorizasiya) ta`minlanadi. Jarayon ichkiga o`tgandan so`ng boshqa ko`rsatgichlar tizimi bo`yicha o`rganiladi.
Ta`limiy ekspyerimyentga qarama-qarshi bo`lgan bir usul borki, u tyestlar myetodi dyeb ataladi. Agar har qanday ekspyerimyent o`zining myetodik jihatidan yo`nalganligiga ko`ra qonuniyatlarni o`rganishga qaratilgan bo`lsa, tyestlar aynan hozirgi kuzatilayotgan jarayonni o`lchab yoki sinab ko`rilishidir. Tyest yordamida psixologik jarayonning o`lchovi yoki bahosi byeriladiki, shunga ko`ra kyeyingi tadqiqotlar uchun yo`nalishlar byelgilanadi. Dyemak, tyestdan olingan natija istiqbol uchun zamin, lyekin o`lchov natijasi aynan hozirgi sharoitda to`g`riligi bilan isbotlanib turadi.
Tyestning ahamiyati shundan iborat bo`ladiki, u psixologiya fanining inkor etib bo`lmas katta yutug`i bo`ldi. CHunki o`zining qisqa standartlashgan va matyematik tahlilga qaratilgan myetodikalari bilan odamlar orasida, yoki odamning o`z-o`ziga munosabatiga tartiblilik va ilmiylikni kiritdi. Bu bilan stixiyali ravishdagi sub`yektivizm va kundalik inkor hukmlaridan odamlarni xalos etadi. Lyekin tyestni tuzuvchi tadqiqotchidan yuqori kasbiy mahoratni va yuqori ahloqiy javobgarlikni talab etadi. CHunki kapitalistik tuzilishdagi davlatlarda tyestlarning amaliyotda qo`llanilishi shuni ko`rsatmoqdaki, bunda odamlarning sinfiy va irqiy tyengsizligini go`yoki oqlab chiqishyapti. Agar tyestlar kam malakali va mahoratga ega bo`lmagan mutaxassislar tomonidan qo`llanilsa, tyekshiriluvchilarning ekspyerimyentda va amaliyotdagi faoliyatini o`lchash va solishtirish qiyin bo`ladi.
Psixologiya fanida ekspyerimyent myetodining tabiati to`la-to`kis aks etgan yo`riqnoma dyeyarli yo`q va bo`lishi ham mumkin emas. Uni bir martadayoq butunlay o`rganib bo`lmaydi.Ekspyerimyentni o`tkazish bir vaqtning o`zida o`ta murakkab va shu bilan birga qiziqarli, ijodiy jarayondir. Ekspyerimyentni o`tkazish tadqiqotchidan kasbiy mahorat va o`tkazish tyexnikasidan xabardor bo`lishni talab etadi. Har qaysi ekspyerimyentning muvaffaqiyati psixologik tadqiqotni o`tkazishda quyidagi talablarni amalga oshirishni taqozo etadi.
1.Ekspyerimyentni ryejalashtirish:
- tadqiq qilinayotgan psixologik faoliyatga ta`sir etuvchi omillarning ko`pligini hisobga olish;
- ushbu psixologik faoliyatga komplyeks ta`sirni tahlil qilish;
- yechimini kutayotgan masalalarning murakkabliligini hisobga olish;
- byeriladigan xulosalarning oqibatini chamalab ko`rish;
- psixologik faoliyat matyematik- statistik va taxminlar nazariyasi myetodlari yordamida amalga oshiriladi. Ekspyerimyentning kyelajak taqdiri aynan ryejalashtirishga bog`liq bo`lib, ekspyerimyentning mantiqiy va xronologik sxemasini tuzishga, sonini byelgilash va zaruriy o`lchovlar miqdorini byelgilashga imkon byeradi. Bundan kyeyin matyematik tahlil qilish ryejasini ishlab chiqish, o`lchovlarni tanlashga yordam byeradi.
2.Tashqi muhitning ta`sirini maksimal o`rganib chiqish maxsus moslashtirilgan xonalar (laboratoriya) bo`lishini talab qiladi. Laboratoriya tashqi shovqin-suronlardan holi bo`lib, shovqin o`tkazmas xona hisoblanadi. Bu xona sanitar-gigiyenik, tyexnik, psixologik talablarga mos bo`lishi shart.
3.Tyexnik jihozlanish (apparatura) ekspyerimyentni aniq tashkil qilishga imkon byeradi. Lyekin qo`yilgan ilmiy vazifalarni amalga oshirishning muvaffaqiyati tyexnik vositalarga bog`liq bo`ladi.
4. Tyekshiriluvchilarni saralash, tadqiqotning vazifalari va myetodikasidan kyelib chiqadi. O`rganilayotgan jarayonga nisbatan tyekshiriluvchilarni dyeyarli sifat xaraktyeristikasi jihatidan bir xili saralanadi.
Tyekshiriluvchining tadqiqotga, ekspyerimyentga bo`lgan munosabati, motivasiyasi, emosional ryeaksiyalari ham o`z ta`sirini o`tkazadi. Inson faoliyatining samaradorligi nafaqat uning potyensial qobiliyatlari va bor imkoniyatlariga bog`liq bo`ladi, balki motivlarining kuchi, hohishiga ham bog`liq bo`lib, bu narsa uni konkryet faoliyatga undaydi. Motivasiyaning ortib borishi «emotiv xulq-atvorni» kyeltirib chiqaradiki, ya`ni bajarish faolligini u yoki bu miqdorda buzilishiga olib kyeladi. (nazorat susayadi, xatti-harakatlar styeryeotip ravishda sodir bo`ladi, o`qish faoliyati syekinlashadi va hokazo). Xususan, bajariladigan ish qanchalik murakkab bo`lsa, shunchalik u sababsiz inqirozga yuz tutavyeradi.
Ba`zi holatlarda ekspyerimyent darajasida tyekshiriluvchining syezish kuchi ortib kyetadi (syensibilizasiya), chunki bunga sabab psixologik sharoitlarning o`zgarishidir: tyekshiriluvchiga byeriladigan vazifani qaytadan o`zgartirib byerish, qo`zg`atuvchining xaraktyeri boshqacha bo`lib qolishi va hokazo.
Qanday bo`lmasin tadqiqotchi psixolog shunga ishonishi kyerakki, individual motivasiyalarning darajalari orasida farq dyeyarli katta bo`lmaydi va umumiy natijalarga ta`sir qilmaydi.
5. Tadqiqotchi har qanday ekspyerimyentning borishida byevosita va faol ishtirokchi hisoblanadi. Uning tashqi ko`rinishi, xaraktyeri, nutqi va xulq-atvori, tyempyeramyenti, kayfiyati va ko`pgina mayda ikir-chikirlar, tyekshiriluvchilarga emosional munosabati ham ryeal ekspyerimyentga o`z ta`sirini o`tkazadi. Ekspyerimyent olib boruvchi odatda yo`riqnomani yoddan bilishi kyerak va ayniqsa, ekspyerimyent o`tkazishdan avval o`zi ustida tadqiqot o`tkazib sinab ko`rishi kyerak. Bu esa foydadan holi emas.
Tadqiqotchi o`zini erkin xotirjam, o`ta hushyor tutib ekspyerimyent bosqichlarini yaxshi bilishi kyerak. Ekspyerimyent jarayonida esa byefarq holatda turadi.
Ba`zi hollarda galyeeffyekt hodisasi ham ko`p uchraydi, ya`ni olingan natijalarga tadqiqotchi o`zining farazini tasdiqlashi uchun ayrim o`zgarishlar kiritadi.
6. Tyekshiriluvchilarning diqqatiga qaratilgan yo`riqnoma ham ekspyerimyentning muhim qismi hisoblanadi. Aynan yo`riqnoma tyekshiriluvchini tadqiqot vazifasi bilan tanishtirib, unga aniq tayyorlanish imkonini byeradi va uning faoliyatiga aniqlik kiritadi. Yo`riqnoma yaqqol, qisqa va bir ma`noda bo`lishi kyerak. Qolavyersa, yo`riqnoma tyekshiriluvchining motivasiyasiga ham ta`sir etib, tadqiqotga ijobiy munosabatni shakllantirishi shart. An`anaviy tabiiy ilmiy ekspyerimyent mye`yoriy nuqtai nazardan nazariy qaraladi: agarda tajriba sinovlari vaziyatidan tadqiqotchini chiqarib tashlab va uning o`rniga avtomat bilan almashtirilganda, tajriba idyeal bo`lishi mumkin edi. Afsuski, inson psixologiyasi bu ishni amalga oshirib bo`lmaydigan fanlarga kiradi. Dyemak, psixolog har bir ekspyerimyent o`tkazuvchi uchun, shu jumladan uning o`zi ham – odam va odamga xos bo`lgan hamma xislatlar unda ham borligini hisobga olishga majbur. Birinchi navbatda – xatolar, ya`ni tajriba qoidasini bilmagan holda chyetlashish, tushunib turib aldash, natijalarni buzib ko`rsatishlarni bu yerda o`rganib chiqmaymiz. Xatolar bilan ish chyeklanmaydi – ularni ba`zan tuzatish mumkin. Ekspyerimyent, shu jumladan psixologik tajriba har qanday boshqa tadqiqotchi tomonidan takrorlanadigan bo`lishi kyerak. SHuning uchun uni o`tkazilishi sxemasi oddiy bo`lishi kyerak, ya`ni natijalarni takrorlash tajriba o`tkazuvchining mahorat bilan kasbiy harakatlariga, tashqi vaziyatlarga yoki hodisalarga bog`liq bo`lmasligi kyerak.
Faoliyatli yondashish nuqtai nazaridan, tajriba bu - sinaluvchining psixikasi xususiyatlarini aniqlash uchun uning faoliyati sharoitlarini o`zgartirib sinalayotgan odamga ta`sir ko`rsatuvchi tajriba o`tkazuvchining faoliyati. Ekspyerimyent jarayoni ekspyerimyentatorning faoliyati darajasi bo`lib xizmat qiladi: u sinovdan o`tuvchining ishini tashkil etadi, unga topshiriq byeradi, natijalarni baholaydi, tajriba sharoitlarini o`zgartiradi, sinovdan o`tuvchining xulqini va uning faoliyati natijalarini qayd etadi va boshqalar. Ijtimoiy nuqtai nazardan tajriba o`tkazuvchi rahbar, o`qituvchi, o`yin tashabbuskori vazifasini bajaradi, sinovda ishtirok etuvchi esa bo`ysunuvchi, bajaruvchi, o`quvchi, boshqariladigan o`yin ishtirokchisi sifatida bo`ladi.
Ekspyerimyent sxemasi, agarda uni ekspyerimyentator faoliyati sifatida qaraydigan bo`lsak, nyeobixeviorizm modyeliga mos kyeladi: stimul - oraliq o`zgaruvchilar – ryeaksiya. Ekspyeryemyentator sinaluvchiga topshiriq byeradi, sinaluvchi(oraliq o`zgaruvchi) ularni bajaradi. Agarda tadqiqotchi o`zining farazi tasdiqlanishidan(yoki noto`g`ri tasdiqlanishi) manfaatdor bo`lsa, u faqat tajriba guruhlari uchun alohida sharoitlarni yaratib, sinaluvchi «farazni tasdiqlashga» erishib tajribalar borishi va ma`lumotlarni tushuntirishni bilmagan holda o`zgartirishi mumkin, tajriba o`tkazuvchining bunday harakatlari – affyektlar manbaidir. Amyerikalik psixolog R. Rozyental` bu hodisani gryek afsonasi pyersonaji nomi bilan «Pigmalion hodisasi» dyeb ataydi.(Haykaltarosh Pigmalion ajoyib qiz Galatyeyaning haykalini yasaydi. U shunchalik go`zal ediki, Pigmalion Galatyeyaga oshiq bo`lib qoladi va xudolardan haykalga jon byerishlarini iltijo qilib so`raydi. Xudolar uning iltijolariga quloq soladilar va qizga jon kiradi.) Nazariyasi tasdiqlanishidan manfaatdor bo`lgan tadqiqotchi o`zi bilmagan holda, bu nazariya tasdiqlanadigan harakatlar bajaradi. Bu hodisani kuzatish mumkin bo`ladi. Buning uchun tadqiqot o`tkazishga uning maqsadlarini va farazlarini bilmaydigan tadqiqotchi-asissyentlar jalb etiladi. To`liq nazorat qilib borish – tajriba muallifi faraziga tanqidiy munosabatda bo`lgan boshqa tadqiqotchilar tomonidan natijalarni qayta tyekshirish. Ammo bunday holatlarda biz qarama-qarshi dalillardan holi bo`lmasligimiz mumkin – tajriba muallifi kabi nazoratchilar ham xato qilishlari mumkin. Tajribalar o`tkazilishi tomonlari bir xil tajriba o`tkazuvchilar esa teg ravishda beg`raz va malakaviylar degan firdan iborat. 1960yilgacha xukmronlik qilgan amerikalik psizologlar nuqtai nazarini N. Freydman ilmiy afsona deb atadi. Tadqiqotlar betaraf beg`araz emaslar. Ular tadqiqot natijalarini har xil kuzatadilar, qayd etadilar va baholaydilar.
Asosiy muammo tadqiqotlarning motivasiyalaridagi farqdir. Agarda ularning hammasi yangiliklarni bilishga intilsalar ham bilib olish yo`llari vositalari, maqsadlari haqidagi tasavvurlari ularda farq qiladi. Bundan tashqari, tadqiqqotchilar ko`pincha etnomadaniy jaoalarga taaluqli bo`ladilar. Lekin shu bilan birga “ideal sinovda ishtirok etuvchi ” kerakli psixologik sifatlarni to`plashga ega bo`lishi zaruz. Itoatkor bo`lishi, farosatli tadqiqotchi bilan hamkorlikda intiluvchi, ishchan do`stona munosabatli salbiy hislardan holi va muloyim bo`lishi kerak.
Ijtimoiy –psixologik nuqtai-nazardan ideal sinovda ishtirok etuchi modeli ideal bo`ysinuvchi yoki ideal bo`sunuvchi yoki ideal o`quvchi moduliga to`liq mos keladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling