«elеktr enеrgеtika»


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana21.02.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1218747
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
NAZORAT SAVOLLARI: 
1.Elektr payvand nima? 
2.Elektr payvandlash uchun qanaqa tok ishlatiladi. 
3.Payvand transformatorining ishlash tamoiylini tushuntirib bering? 
4.Drossel nimadan iborat? 
5. Tajriba ishlarini bajarish tartibini va metodikasini aytib bering.
6 .Payvand transformatorlarini qaysi turlarini bilasiz? 
7 ST-34 transformatorining texnik ma‘lumotlarini aytib bering?
 
ADABIYOT. 
1. Sergeev N.P. «Spravochnik svarshika» Vsshaya shkola 1988 god. 
2. Smirnov Ye.Ye. Smorodinov V.V. g. Sankt-Peterburg «Teplove protsess v 
metalle pri сварке»1999 god.http://:www.qraduale.nm.ru/artrles. 
3. Volkov Yu.S. Livshits A.L. Vvedenie v teoriyu formoobrazovaniya 
elektrofizikoximicheskimi metodami. 1992 god. Moskva. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
29 
TAJRIBA ISHI №5 
QARSHILIK SHAXTA PECHINI ISHINI TADQIQ QILISH. 
1. ISHDAN MAQSAD
Elektr qarshilik shaxta pechini qizitish jarayonini o’rganish, qizish, 
sovutish egri chizig’ini qurish uchun tajriba ma‘lumotlarini olish. Elektrpechni 
ish rejimi va boshqarish elektr sxemasi , pechlarni haroratini rostlash usullari 
va ularni energetik ko’rsatkichlari bilan tanishish. 
 
 
 
2. UMUMIY MA‘LUMOTLAR
1- rasm. Qarshilik shaxta pechi 
Elektr 
energiyadan 
bevosita 
texnologik 
jarayonda 
foydalanishni 
elektrotexnologiya deb ataladi. Elektr energiyasi issiqlik , mexaniq, kimyoviy 
va boshqa turlarga aylanib o’tadigan qurilmalar va shu bilan birga texnologik 
jarayon hosil qiladigan qurilmalarni elektrotexnologik qurilmalar deb ataladi. 
Elektrotexnologik jarayonlar sanoatda keng qo’llaniladi. “Elektrotermiya” 
tushunchasi o’z ichiga sanoatning turli sohalaridagi texnologik jarayonlarni 
oladi . Bularning negizida elektroenergiya yordami bilan materiallar va 
buyumlarni qizitishga xizmat qilish yotadi. Qizitish uchun elektroenergiyani 
qo’llash qator afzalliklarga ega: 
1. 
Kichik hajmda katta quvvatni jamlash va juda yuqori haroratlarni olish
imkoniyati;


 
30 
2. Qizitishning bir tekisda haroratli holatini rostlarining osonlashtirish. 
Ish joyining germetizatsiyalash va unda kimyoviy atmosferani yoki vakuumni 
yaratish imkoniyati ; 
3 . Elektrotexnologiya qo’rilmalirini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash 
qo’layligi,bu elektr pechlar va elektr qizitish moslamalarini o’zluksiz 
liniyalarga ulashga imkon beradi
4.Mehnat unumdorligini usishi mehnat sharoitlarini yaxshilash va jixozlarning 
zichligini oshirish imkoniyati; 
5.Legirlik elementlarini ko’yindiga o’tishning qisman miqdori; 
6.Bevosita qizitilayotgan moddada issiqlik energiyaning ajralib chiqishi;
Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirilishi usuliga asosan EQP lar 
ikki toifaga bo’linadi, ya‘ni bilvosita ishlovchi EQP lar va bevosita ishlovchi 
EQP lar. Bilvosita ishlovchi EQP larda elektr energiyasi maxsus qizitish 
elementlarda issiqlik energiyasiga aylantiriladi va issiqlik qizdirilayotgan 
maxsulotga issiqlik o’tkazuchanlik, konvektsiya va nurli issiqlik o’zatish 
usullarida o’zatiladi. Elektr qarshilik kamerali pechlari (EKPlar)
mashinosozlik, metallurgiya , yengil va kimyo sanoati , qurilish va kommunal 
xujalikda keng qo’llaniladi. Shaxta tipidagi pech-quvvati 3000-4000 kVt, 
ishchi harorati 1500 K ga teng bo’lgan yuqori qismida maxsus mexanizm yoki 
kutarish krani yordamida ochiladigan qalpoqga ega bo’lgan va ishchi kamerasi 
yer tubiga joylashtirilgan pechni ifodalaydi. Pechning asosiy ekspluatatsion 
kamchiligi maxsulotni yuklash va tushirish qiyinchiligi. 
2-rasm Shaxta pechini qo’rinishi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling