«elеktr enеrgеtika»
Yuqori magnit tarqalishiga ega bo’lgan transformatorlar
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. TAJRIBA QO’RILMASINI TO’ZILISHI
1. Yuqori magnit tarqalishiga ega bo’lgan transformatorlar:
CHo’lg’amlarni induktiv qarshiligini oshirish yo’llari: transformatorni birlamchi va ikkilamchi chulg’amlari o’zakning har xil sterjenlariga o’rnatiladi, yoki bitta sterjenga joylashtirilganda chulg’amlar orasida masofa bo’lishi lozim. Payvand tokini qiymatini rostlash uchun transformatsiya koeffitsentini o’zgartirib, birlamchi va ikkilamchi chulg’amlarni sektsiyalash yo’li bilan, yoki birlamchi va ikkilamchi chulg’amlarni orasidagi masofani o’zgartirish yuli bilan erishish mumkin. Sanoatda TS; TSK; TSP-1; TSP-300; TSP-500 rusumidagi payvandlash transformatorlari chiqariladi. 27 2. Qushimcha reaktiv g’altakli transformatorlar, payvand zanjiriga ketma-ket ulanadi va shu g’altak yordamida keskin tushadigan tashqi xarakteristika paydo bo’ladi xamda payvand toki rostlanadi. Sanoatda STZ-24, ST-34 rusumidagi payvand transformatorlari chiqariladi. Payvand tokini rostlashini induktiv qarshiligini o’zgartirish yo’li bilan bajariladi. Yoki magnit o’tkazgichdagi havo oralig’ini kupaytirish yoki kamaytirish yo’li bilan erishiladi. ST- 34 rusumli payvand transformatorining texnik ma‘lumotlari : (laboratoriya sharoitida tadqiq qilinadi) Birlamchi kuchlanish =220 V Ikkilamchi kuchlanish =60 V Nominal ishchi kuchlanish =30 V Payvand toki 150A dan 700A gacha ravon rostlanadi. Nominal payvand toki =500 A Ikkilamchi zanjirlarni qisqichlarida nominal foydali quvvat qiymati =15 kVt Iste‘mol qilinadigan quvvat =33.5kVA 5. TAJRIBA QO’RILMASINI TO’ZILISHI: Eksperimental harakteristikalarini olish uchun ikkilamchi zanjirda yuklamani hosil qiladigan qo’rilma bo’lishi shart. Payvand transformatorining ikkilamchi zanjirlar yuklamasi, chuyan elementlaridan terilgan aktiv qarshiliklardan iborat. Qarshilik qiymati keng chegaralarda o’zgarishi, PVI-8 paket o’zgichlarini sektsiyalarini shuntlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Ikkilamchi tok qiymati 300/5 , 600/5 tok transformatorining qisqichlardagi ulangan ampermetr A2 bilan ulchanadi ,va paket qayta ulagich PP yordamida qayta ulanadi. Birinchi hollatda A2ni shkalasi 300 A, ikkinchi holatda -600 A ni tashkil qiladi. Laboratoriya sharoitida payvandlash qo’rilmasida katta tok bilan bajariladigan tajriba ishlarini bajarish murakkab bo’lganligi uchun, ushbu tajriba kafedraning korxonalaridagi filiallarida o’tkazish rejalashtirilgan. Laboratoriya sharoitida esa payvandlash transformatorning birlamchi chulg’amiga 0,10 Un gacha bo’lgan kuchlanishli ta‘minot manbasiga ulanib ikkilamchi cho’lg’amidagi kichik toklarda yoyning yonish fizik jarayonlarini tavsiflarini va o’rganish mumkin. Shuningdek energetik tizimlar qo’rilmalarini modellashtirish masalalarini MATLAB ning Power System Blockset paketi yordamida 28 yechish mumkin. Bu paket boshqa paketlardan texnik qo’rilmalarini loyihalash bilan farq qiladi. Umuman olganda MATLAB tizimi va uning tarkibidagi paketlari yordamida avtomatik tizimlarning modellarini qo’rish, ularni tahlil va sintez qilish, energetika masalalarini yechish, energetik qo’rilmalarni funktsiyasini modellashtirish, qurilgan modellar asosida parametrlarni keng diapazonda (poyonda) o’zgartirib tajriba o’tkazish, matematik tenglamalarni yechimlarini grafik ko’rinishda olish mumkin. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling