«elеktr enеrgеtika»
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.ISH TARTIBI.
1.ISHNING REJASI:
1. Payvandlash transformatorining pasport ma‘lumotlari bilan va konstruktsiyasi bilan tanishish. 2. Eksperiment qo’rilmani sxemasini o’rganish 3. Qo’rilmani qo’shib va drosselni xar xil xolatlardagi ekperimental xarakteristikalarni олиш. Payvandlash transformatorining xar xil rejimlardagi energetik ko’rsatkichlarni o’rganish. 2.ISH TARTIBI. 1. Payvandlash transformatorini pasport ma‘lumotlarini o’rganish. 2. Tajriba qo’rilmasini sxemasi. 3. Ekperiment va hisob ma‘lumotlarni jadvallari. 4. Millimetr kog’ozda xarakteristikalarni ko’rinishi. 25 3. UMUMIY MA‘LUMOTLAR 1- rasm. Payvandlash transformatorning Metallarni o’zaro atomar yoki molekulyar bog’lanish xisobiga ajralmaydigan qilib biriktirishga payvandlash deyiladi. Bu usul sanoatning hamma sohalarida metallarni va metalmas materialarni xar xil sharoitda, havoda , suv ostida va koinotda payvandlashda keng qo’llaniladi. Elektr payvandlash yoy payvand va kontakt (qarshilik hisobiga) payvandga bo’linadi. Elektr payvandlashda issiqlik energiyasi payvandlanadigan detallar bir-biriga tegib turadigan joyga bevosita yaqin joyda yoy razryad ko’rinishida ajraladi. Kontaktli payvandlashda payvandlanadigan detallarning bir-biriga tegib turadigan joyda ulardan elektr toki o’tganda issiqlik ajraladai. Elektr payvandlashda past kuchlanish va katta toklardan foydalaniladi. Elektr payvandlash uchun o’zgarmas tokdan xam o’zgaruvchan tokdan ham foydalanish mumkin. Payvandlash tokining kattaligi tug’ri tanlangan bo’lishi kerak, chunki katta tokda elektrod tez suyuqlanadi , tok yetarli darajada katta bo’lmasa, yoyning turg’unligi pasayadi. Payvandlash tokining kattaligi I ( Amperlarda) elektrodning diametri d (mm larda) ga bog’liq bo’lib , I= (40-60) d chegarasida belgilanadi. O’zgaruvchan tok yordamida payvandlash qo’rilmalari tik tushuvchi tashqi xarakteristika (tavsif) ga ega bo’lishi, ya‘ni salt ishlashda kuchlanishi 60-80 V bo’lganda yoyning osongina yonishini ta‘minlanishi, qisqa tutashuvda esa tokni 1.4 nominalgacha cheklashi lozim. Payvandlash qo’rilmasi uch qisimdan iborat: Payvandlash agregati, ta‘minot manbai va boshqarish pultli apparat qo’ti. Payvandlash texnikasida energetik 26 va ekspluatatsiya afzaliklari hisobidan o’zgaruvchan tok manbalari – payvandlash transformatorlari keng qo’llaniladi. Payvandlash transformatorlari birpostli va ikki postli turlariga bo’linadi.. Bir postli payvandlashda quvvati (10-30 kVA) bir fazali payvandlash transformatorlari qo’llaniladi. Payvandlash tokining ko’ppostli manbalari katta quvvat bilan xarakterlanadi va bir necha postni ta‘minlashga mo’ljallangan. Yoy payvandlashdagi jarayonlarni e‘tiborga olganda, bir postli payvandlash transformatorlariga qo’yidagi spetsifik talablar qo’yiladi: Salt yurish kuchlanishi yoyning tez yonishiga yetarli va payvandchilar uchun xavfsiz chegaralarida bo’lishi kerak ( 50-60 Volt). Payvand zanjirida qisqa tutashuv toki ishchi tokdan ortmasligi kerak (120- 140%). Qisqa tutashuv toki ortganda payvand tokining manbasi katta yuklanishlarga uchraydi va suyuk metall sachrab ketishi tufayli payvand sifati yomonlashadi. Payvand tokini manbasi payvand tokni rostlash imkonini yaratish kerak.SHu munosabati bilan payvand transformatorini tavsiflari bo’lishi shart.Payvandlash transformatorlari tashqi keskin tushuvchi xarakteristikalariga va payvandlash tokini keng chegalarida rostlash imkoniga ega.Bu transformatorlar yuqori induktiv qarshiligiga ega , bu xususiyat qisqa tutashuv tokining chegaralashiga va yoynini yonishiga imkoniyat beradi . Kuchlanish va tok o’rtasidagi fazalarni siljigan paytida o’zgaruvchan tokining yoyni yoqish va yonishi osonlashadi. Agarda fazalarni siljish burchagi kattalashsa ,tok yoyni nol qiymatida utgan momentida, kuchlanish qiymati yoyni qayta boshdan yoqishga yetarli bo’lmaydi. Payvand zanjiri induktiv bo’lganda, kuchlanishni kutarish va tok noldan utsa xam yoyni o’zluksiz yonish imkoniyatini beradi. Bir postli payvand transformatorlar sifatida qo’llaniladi: Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling