Elektr energetikasi


a) Yorug‘lik kuchi taqsimlanishining bo‘ylama egri chiziqlari b)


Download 1.91 Mb.
bet2/30
Sana21.09.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1683715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
yoritish uzbek tajriba 3 kurs

a) Yorug‘lik kuchi taqsimlanishining bo‘ylama egri chiziqlari

b) Bo‘ylama egri
chiziqlar oilasi

Tarmoq kuchlanishining uning nominal qiymatiga nisbatan pasayishi chiroq nurlayotgan yorug‘lik oqimining va uning quvvatining kamayishiga olib keladi. YOrug‘lik oqimining kamayishi quvvatiga qaraganda tezroq bo‘ladi, bu kuchlanish pasayganda yorug‘lik unumining kamayishi bilan aniqlanadi. Kuchlanish 2,7%-ga o‘zgarganda, o‘rtacha yonish muddati 13%-ga o‘zgaradi.


YOrug‘lik manbalari yoki yoritish uskunalarining yorug‘lik kuchining fazoning turli yo‘nalishlaridagi taqsimlanishi jadval yoki egri chiziqlar tarzida ko‘rsatiladi.
Simmetrik nurlanuvchilar uchun yorug‘lik kuchining taqsimlanishi, yorug‘lik kuchi taqsimlanishining bo‘ylama egri chiziqlari bilan ko‘rsatilishi mumkin [1]. YOrug‘lik kuchi taqsimlanishining bo‘ylama egri chiziqlari odatda qutbli koordinatalar sistemasida quriladi. O‘n gradusli doiralar (150 va hokazo) o‘rtasiga to‘g‘ri keladigan to‘g‘ri chiziqlar va ma’lum masshtabda yorug‘lik kuchiga tegishli yig‘ilgan aylanalar to‘rni tashkil qiladi. YOrug‘lik kuchining qiymatlari masshtab bo‘yicha har bir chiziqlarda ajratiladi, hosil bo‘lgan nuqtalar esa bir tekis chiziq bilan tutashtiriladi (2-a rasm).
Agar nurlanuvchi nosimmetrik bo‘lsa (ya’ni simmetrik o‘qi bo‘lmasa), unda manba o‘qidan o‘tgan turli tekisliklar bilan nurlanuvchining kesishi yorug‘lik kuchi taqsimlanishining turli egri chiziqlarini hosil qiladi. Bu tekisliklar birlashtirilsa, bo‘ylama egri chiziqlar oilasi yuzaga keladi; bu egri chiziqlarning har biri, nurlanuvchini kesgan tekisliklarning burchagi  bilan xarakterlanadi (2-b rasm).
Sanoat korxonalarida (ish joylarining etarli yoritilishini baholash uchun), jamoat binolarining xonalarida, ochiq hududlarda hamda tajriba sharoitida yoritilganlikni o‘lchash zaruriyati tug‘iladi.
YOritilganlikni o‘lchash uchun lyuksmetr deb ataladigan maxsus fotometrik asbob qo‘llaniladi. Oddiy fotoelektrik (ob’ektiv) lyuksmetr zanjiriga ko‘rsatkichli galvanometr ulangan selenli fotoelementni tashkil qiladi. Galvanometrning shkalasi rang harorati T=2854 K bo‘lgan, nurlanishining spektral tarkibi o‘rtacha quvvati 200-300 Vt li cho‘g‘lanma chiroqning spektral tarkibiga yaqinlashadigan standart manba bo‘yicha bevosita lyuksda darajalanadi.
Ish va tajriba sharoitlarida yoritilganlikni o‘lchash uchun YU-16 turidagi selenli fotoelement egiluvchan sim bilan, lyuksda darajalangan ko‘zguli shkalasi bor galvanometrga ulanadi. Asbob uchta asosiy o‘lchash oraliqlariga ega; 25 lk gacha, 100 lk-gacha va 500 lk gacha. Bir oraliqdan boshqa oraliqqa o‘tishga tegishli shuntlarni ulash bilan erishiladi.
Topshiriq

  1. Tajriba ishining bayonini hamda keltirilgan adabiyotlarni o‘rganing.

  2. CHo‘g‘lanma chiroqning xarakteristikalarini tarmoq kuchlanishining o‘zgarishiga bog‘lanishi bilan tanishing (1-rasm).

  3. YOritish uskunalarining yorug‘lik taqsimlanish egri chiziqlari bilan tanishing (2-a va 2-b rasmlar).

  4. Ob’ektiv lyuksmetrning ulanish sxemasi va ishlash prinsipi bilan tanishing (3-rasm).

  5. O‘lchov uskunasining elektr ulanish sxemasi 4 sxema asosida chizing.

  6. Tajriba ma’lumotlarini yozish uchun jadvallarning kerakli shakllarini tayyorlang (1-4 jadvallar).

  7. Tekshiruv savollariga javob bering.



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling