Elektr energetikasi


YOritilganlikni tajriba asosida aniqlash uslubi


Download 1.91 Mb.
bet5/30
Sana21.09.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1683715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
yoritish uzbek tajriba 3 kurs

YOritilganlikni tajriba asosida aniqlash uslubi
Fotoelement yoritilganligi o‘lchanadigan joyga o‘rnatiladi. Galvanometr ko‘rsatkichining joyiga qarab, o‘lchanayotgan yoritilganlikka to‘g‘ri keladigan lyuks miqdori aniqlanadi.
YOrug‘lik filtrlarini o‘rnatish yoki almashtirish quyidagicha amalga oshiriladi: fotoelement qopqog‘i soat ko‘rsatkichiga teskari tirgakkacha aylantiriladi va olinadi, taxlanadi yoki tashqari tarafiga tamg‘alangan pog‘onali yorug‘lik filtri almashtiriladi va qopqoq teskari tartibda kiygiziladi.
Pog‘onali yorug‘lik filtri yordamida yoritilganlikni o‘lchash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) galvanometr bo‘yicha lyuks miqdori belgilanadi;
b) olingan lyuks miqdori ushbu pog‘onali yorug‘lik filtrining raqamli ko‘paytirgichiga ko‘paytiriladi. Natijada yoritilganlikning qiymati lyuksda olinadi.

3
-rasm.
YU–16 turidagi lyuksmetrning prinsipial sxemasi
4-rasm. Tajriba ishining prinsipial sxemasi
Selenli fotoelement kuchli yorug‘lik manbalari ta’sirida «toliqadi» va uning sezgirligi kamayadi, shuning uchun fotoelementni yuqori yorug‘likda ochiq holda qoldirmaslik kerak, agar lyuksmetr fotoelement sezgirligining kamayishini ko‘rsatsa, unda lyuksmetrni qaytadan darajalash lozim.
O‘lchash vaqtida shuni yodda saqlash kerakki, lyuksmetrning inersiya qobiliyati bor, shuning uchun o‘lchash vaqtida ko‘rsatkichning turg‘un holatini kutish kerak.
YOrug‘lik oqimining og‘ish burchagi 600 dan yuqori bo‘lganda, asbobning ko‘rsatkichi kosinus qonuniga to‘g‘ri kelmaydi, bunday o‘lchovlarda fotoelementni oqimga perpendikulyar qo‘yiladi va uning ko‘rsatkichini fotoelementning ufqqa (gorizont) og‘ish burchagi kosinusiga ko‘paytirish kerak. SHunday qilib, yoritilganlik gorizontal tekislikda aniqlanadi.


YOrug‘likni hisoblash yo‘li bilan aniqlash uslubi
Hisobda yoritilganlikning to‘g‘ri va qaytarilgan tarkiblari alohida aniqlanadi. Umumiy holda, yoritilganlik (E) ikki tarkiblar (to‘g‘ri va qaytarilgan) yig‘indisidan iborat:

bu erda: ET.YO. – hisobiy tekislikdagi yoritilganlikning to‘g‘ri tarkibi;
EQ.YO – hisobiy tekislikda yoritilganlikning qaytarilgan tarkibi.
Gorizontal tekislikda yoritilganlikning to‘g‘ri tarkibi quyidagi ifoda bilan aniqlanishi mumkin (har bir chiroqdan)

bu erda: - ma’lum yo‘nalishdagi yorug‘lik kuchi


- zaxira koeffitsienti (berilgan xona uchun K=1,3);
- yoritgichning vertikal o‘qi orasidagi burchak;
NH – hisobiy balandlik (yoritgichdan hisob tekisligigacha bo‘lgan masofa)
YOritgichlar uchun ning qiymatlari yorug‘lik oqimi 100 lm bo‘lgan shartli chiroq uchun berilgan, shuning uchun bu qiymatni chiroqning haqiqiy yorug‘lik oqimiga qayta hisoblash kerak:

bu erda: Fch..h- chiroqning haqiqiy yorug‘lik oqimi, lm.
YOritilganlikning qaytarilgan tarkibini quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin:

bu erda: n - yoritgichlar soni;


Fch- chiroqning yorug‘lik oqimi, lm
yoritgichning FIK;
- qaytarayotgan sirtga tushayotgan oqim qismi.
urt- qaytarish koeffitsientining o‘rtacha qiymati.
Fp- polga tushayotgan qaytarilgan oqimning qismi, lm
Sh- hisob yuzasi, m2
K- zaxira koeffitsienti.
Qaytarayotgan sirtga tushayotgan oqim qismi aniqlanadi:
h
bu erda: n-nazorat nuqtalari soni;
Fyo - yoritgichlarning yorug‘lik oqimi, lm.
Polga yoki hisob nuqtasiga tushayotgan qaytarilgan oqimning qismi aniqlanadi:
Fp=1/1+2N(A+V)/AV

bu erda: N - xona balandligi, m


A, V -xonaning eni va uzunligi, m
Qaytarish koeffitsientining o‘rtacha qiymati ushbu ifoda bilan aniqlanadi:

bu erda: - devorning qaytarish koeffitsienti, (0,3);


sh- shiftning qaytarish koeffitsienti (0,5);
Sd –devorning yuzasi, m2
Ssh- shiftning yuzasi, m2



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling