1. Apparatlar, o‘lchov asboblari, chiroqlar va laboratoriya qurilmasining boshqa elementlari texnik ma’lumotlarini yozib oling.
2. Lyuksmetrning tuzilishi va ishlashi bilan tanishing.
3. 7 sxemaga asosan elektr sxemani chizing va yig‘ing.
4. CHo‘g‘lanma chiroqlar va «DRL» chirog‘ining toki, kuchlanishi va quvvatini aniqlang hamda volt-amper xarakteristikasini chizing.
5. Lyuksmetr yordamida cho‘g‘lanma chiroqlar va «DRL» chirog‘ining yorug‘lik oqimini o‘lchang va yorug‘lik unumini hisoblang.
6. Ikki xonali uyning qavat bo‘yicha elektr simlarining sxemasini o‘rganing
Qisqacha uslubiy ko‘rsatma
Laboratoriya dastgohida cho‘g‘lanma chiroq va ishga tushirishni sozlovchi uskuna (PRA), quvvati 250 Vt bo‘lgan o‘rta bosimli simob chirog‘i o‘rnatilgan. AP-50 turidagi o‘chirgich yordamida kuchlanish beriladi va LATR-4A turidagi avtotransformator yordamida tekshirilayotgan sxemaga berilayotgan kuchlanish o‘zgartiriladi. Yig‘ilgan sxemani tekshirish uchun A1, A2, A3 ampermetrlari, voltmetrlar va vattmetrlar, hamda yorug‘lik oqimini o‘lchash uchun YU-16 turidagi lyuksmetr o‘rnatilgan.
Ko‘cha va shohko‘chalarni yoritish uchun ko‘pincha DRL, DRN, DnaL turidagi o‘rta va yuqori bosimli lyuminessent chiroqlar qo‘llaniladi, chunki ularning yorug‘lik unumi juda yuqori. «DRL» chirog‘ining ulanish sxemasi 7-rasmda ko‘rsatilgan. «DRL» chiroqli yoritish uskunalari bir chiroqli, ikki chiroqli va olti chiroqligacha bo‘ladi.
Xonalarning yoritish tarmoqlarida, asosan, cho‘g‘lanma chiroqlar qo‘llaniladi (Unom=220V; Rnom=25; 40; 60; 100; 150; 200 Vt).
Lyuminessent chiroqli yorug‘lik uskunalari bir-, ikki-, uch-, to‘rt- va besh chiroqli bo‘lishi mumkin. Bir-uch chiroqli yoritish uskunasining ulanish sxemasi 8-rasmda ko‘rsatilgan.
«Rozetka» lar parallel, yoritish uskunalari esa o‘chirgich orqali ketma-ket ulanadi. Ikki xonali uyning yoritish elektr simlarining rejasi 9 rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |