Elektr energetikasi


Download 1.91 Mb.
bet10/30
Sana21.09.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1683715
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
yoritish uzbek tajriba 3 kurs

3- Tajriba ishi

LED CHIROQ PARAMETRLARINI ANIQLASH



Ishning maqsadi: Lyuminessent chiroqlarning ulanish sxemasini asosiy yorug‘lik va elektrik xarakteristikalarini va xususiyatlarini o‘rganish, hamda antistroboskopik ikki chiroqli bir fazali manba sxemasini tadqiq qilish.

Nazariy qism


Lyuminessent chiroqlar silindrik shishali trubka-kolbadan tashkil topgan; kolbaning ichki sirti nurlanish qobiliyatiga ega bo‘lgan modda bilan qoplanadi. Bu modda lyuminafor deb ataladi. SHishali trubka (kolba) argon gazi va bir qancha simob tomchilari bilan to‘ldiriladi. Lyuminafor ultrabinafsha nurlanishning ko‘rinarli qismiga o‘zgartiradi. Trubka ichining oxirlariga volframli spiraldan iborat elektrodlar kavsharlangan, elektrodlarga kuchlanish tok manbaidan beriladi.
CHiroqda nurlanish hosil qilish uchun dastlab elektrodlarni qizdirish kerak. Dastlab qizdirish issiqlik emissiyasini ta’minlaydi, so‘ng razryad paydo bo‘ladi; boshida argon muhitida, keyin esa simob bug‘lariga o‘tadi. YOyli razryadga ega bo‘lish uchun maxsus uskuna startir xizmat qiladi, u qisqa vaqt elektrodlar zanjiriga ketma-ket ulanadi. Starter bimetalli elektrodlari bor kichkina gaz razryadi chirog‘idan iborat.
Starterda uchqunli razryad hosil bo‘ladi, bu vaqtda bimetall plastinka qiziydi, egiladi va lyuminessent chiroqning elektrodlar zanjirini yoqadi. Zanjirda tok oqib o‘tadi, uning miqdori tarmoq kuchlanishi va zanjir qarshiligi qiymatlari bilan aniqlanadi. Tokning oqib o‘tishi natijasida chiroq elektrodlari qiziydi, starter elektrodlari esa soviydi va lyuminessent chiroqning elektrodlar zanjirini uzadi. Bunda tokning kamayishi sababli, g‘altakda o‘zaro induksiya eyuk paydo bo‘ladi, chiroqdagi kuchlanish oshadi va chiroqda elektr razryadi hosil bo‘ladi. Bu keyinchalik, muvozanat qarshiligi to‘g‘ri tanlansa, barqaror ushlab turiladi. CHiroq bilan ketma-ket g‘altak ulanadi, bu chiroqdagi ish tokini cheklash va chiroq ulanganda paydo bo‘ladigan yoyli razryadni ushlab turish uchun xizmat qiladi.
Elektr energiyasini spektrning ko‘rinarli qismida, nurlanish energiyasiga o‘zgartirish simob bug‘laridagi elektrli razryad va uni spektrning ultrabinafsha qismidagi nurlanishga o‘zgartirish natijasida bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida lyuminaforga ta’sir qiladi va uni spektrning ko‘rinarli qismidagi energiyaga o‘zgartiradi. Lyuminessent chiroqning nurlanish rangi asosan lyuminafor tarkibi bilan aniqlanadi.
Lyuminessent chiroqda elektrodlar oralig‘ining buzilishi tarmoq kuchlanishining qiymatidan ancha yuqori bo‘lgan yondirish kuchlanishi deb ataladigan kuchlanishda bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda qizdirilgan elektrodli zamonaviy lyuminessent chiroqlarning quyidagi xillari ishlab chiqariladi (ular bir-biridan nurlanish rangi bilan farq qiladi): «LD» markali kunduzgi yorug‘lik chirog‘i; «LXB» markali sovuq-oq yorug‘lik chirog‘i; «LB» markali oq yorug‘lik chirog‘i va «LTB» markali issiq-oq yorug‘lik chirog‘i.
Lyuminessent chiroqning yonishi va keyingi ishonchli ishlashini ta’minlash uchun ishga tushirishni rostlovchi uskuna «PRA» qo‘llaniladi. U, yuqori ko‘rsatkichlarda, uzluksiz ishlashi lozim. Ishga tushirishni rostlovchi uskuna starterli va startersiz bo‘ladi. Startersiz «PRA» cho‘g‘lanma transformatorlardan iborat. Sxema tarmoqqa ulanganda, cho‘g‘lanma chulg‘amlar yordamida qizdiriladi. Elektrodlar harorati ko‘tarilishi bilan yondirish kuchlanishiga erishiladi; yondirish kuchlanishi salt yurish kuchlanishiga teng bo‘lganda, chiroqda razryad boshlanadi.
Lyuminessent chiroqlar cho‘g‘lanma chiroqlarga qaraganda yuqori foydali ish koeffitsientiga ega, LD-20 Vtli chiroqlar esa – kuchlanishi 127 V ga mo‘ljallangan starterga ega. Kontaktlarining kuyib qolishini kamaytirish uchun starterga parallel qilib S1 sig‘imli kondensator ulangan.
Tajriba qilish uchun bevosita berilgan sxemalarda chiroqlar tarmoqning bir fazasiga ulangan. Bir chiroqning zanjiriga qarshilik g‘altagi, ishga tushirishni rostlovchi uskuna (PRA) ulangan va bu chiroqning zanjirida kuchlanishdan ortda qoluvchi tok (I1) oqib o‘tadi. Boshqa chiroqning zanjiriga g‘altak bilan ketma-ket kondensator ulangan, uning qarshiligi g‘altak qarshiligidan taxminan ikki marta kattadir (I2). Umumiy zanjirda ikki chiroq toklarining geometrik yig‘indisiga teng bo‘lgan tok oqib o‘tadi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling