Elektr energetikasi
Qisqacha uslubiy ko‘rsatma va tajriba natijalarini
Download 1.91 Mb.
|
yoritish uzbek tajriba 3 kurs
Qisqacha uslubiy ko‘rsatma va tajriba natijalariniqayta ishlashUmumiy foydalanish jamoat binolarida lyuminessent chiroqli yoritish uskunalar ishlatiladi. YOritish uskunalari, quvvatlari 20, 30, 40, 80 Vt bo‘lgan bir-, ikki-, to‘rt- va undan ko‘p chiroqli bo‘ladi. Ushbu tajriba ishida quvvati 20 va 40 Vt bo‘lgan ikki chiroqli yoritish uskunalari o‘rganiladi. Lyuminessent chiroqning salbiy xususiyati tok o‘zgarganda yorug‘lik oqimining tebranishi, stroboskopik effekt va quvvat koeffitsientining (cos) kichikligidir. Ushbu kamchiliklarni yo‘qotish uchun lyuminessent chiroqning turli ulanish sxemalari qo‘llaniladi, bunda fazalarni siljitish va quvvat koeffitsientini oshirish uchun sig‘imlardan foydalaniladi. Tekshirish uchun berilgan chiroqlar sxemasi bir fazali zanjirga ulanadi. Bir chiroqning zanjiriga odatda g‘altak bilan qarshilik (PRA) ulangan, bu zanjirda kuchlanishdan ortda qolgan I1 toki oqadi, boshqa chiroqning zanjiriga g‘altak bilan ketma-ket sig‘im ulangan va bu zanjirda ilgarilab ketgan I2 toki oqadi. Umumiy zanjirda ikki chiroq toklarining geometrik yig‘indisiga teng bo‘lgan I3 toki oqadi. Barcha o‘lchov, hisoblarni bajarib va vektorli diagrammani qurib, quyidagilarga ishonch hosil qilish mumkin: 1. CHiroqlardagi toklar burchagiga surilgan, shuning uchun chiroqlarning o‘chishi bir vaqtda bo‘lmaydi va yorug‘lik oqimining tebranishi kamayadi, bu esa stroboskopik effektni yo‘q qiladi. 2. Umumiy tok bilan kuchlanish orasidagi siljish burchagi alohida chiroqlarning toki va kuchlanishi orasidagi burchaklardan (1 va 2) kichik, ya’ni butun sxemaning quvvat koeffitsienti alohida yoritish uskunalarining quvvat koeffitsientlaridan katta. Dastgohning har bir elementini va ularning vazifasini o‘rgana turib, lyuksmetrning tuzilishiga va undan foydalanish usuliga e’tibor bering. Agar sxemada «shunt» yoki qo‘shimcha qarshiliklar bo‘lsa, unda ularning parametrlarini yozish va o‘lchov asboblari bilan natijalar hisoblanayotganda ularni hisobga olish esdan chiqmasligi kerak. «LATR» yordamida dastlab nominal kuchlanish o‘rnatiladi, keyin elektr o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlarini kuzatib, chiroq va g‘altakdagi tok va kuchlanish qiymatlarini, hamda tarmoq kuchlanishini, chiroq, g‘altak va barcha uskunalarning quvvatini yozing. Lyuminessent chiroqlarining yorug‘lik oqimi taxminan yoritilganlikka mos va quyidagi tenglikka bo‘ysunadi deb olish mumkin: bu erda, F – nominal kuchlanishdan farq qiladigan kuchlanishdagi chiroqning yorug‘lik oqimi, lm; Fi – nominal kuchlanishdagi chiroqning yorug‘lik oqimi, lm; En – nominal kuchlanishda lyuksmetr bilan o‘lchangan yoritilganlik, lk; E – nominal kuchlanishdan farq qiladigan kuchlanishdagi chiroqning yoritilganligi, lk. Lyuminessent chiroqning yorug‘lik unumi N yorug‘lik oqimini uning quvvatiga nisbati kabi aniqlanadi: Uskunaning yorug‘lik unumi Nusk chiroqning yorug‘lik oqimining uskunaning quvvatiga nisbati kabi aniqlanadi: Lyuminessent chiroqning yorug‘lik oqimi va yorug‘lik unumini aniqlash bo‘yicha tajriba ishlari 1-rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha olib boriladi. «LATR» yordamida U=1. 1Unom qiymatga teng kuchlanish o‘rnatiladi, so‘ng uning qiymati U=(0,7+0,8) Unom qiymatgacha kamaytiriladi. O‘lchov natijalari 2-jadvalga kiritiladi. Umumiy maqsadda qo‘llaniladigan lyuminessent chiroqlarning texnologik xarakteristikalari va asosiy parametrlari 3-jadvalda keltirilgan. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling