Elektr energetikasi


Download 1.91 Mb.
bet14/30
Sana21.09.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1683715
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
yoritish uzbek tajriba 3 kurs

Tekshirish texnikasi
Starter almashtiriladi. Agar chiroq starter almashtirilganda ham yonmasa, unda 500 V-ga mo‘ljallangan megometr bilan simlar izolyasiyasining yoritish uskunasi sirtiga nisbatan qarshiligi tekshiriladi. Agar simlar izolyasiyasining qarshiligi qoniqarli bo‘lsa, unda chiroq almashtiriladi.
3. YOritish uskunasi ulanganda chiroq oxirlari qorayadi va so‘ngra chiroq yonmaydi. CHiroqning keyingi tekshiruvida elektrodlarni kuyib qolganligi ma’lum bo‘ladi. Bularning sababi quyidagilar bo‘lishi mumkin:
a) chiroqning nosozligi (havoning kirib qolishi);
b) chulg‘amdagi havo oralig‘i sozlanishi buzilgan (oraliq yuqori kuchlanish ta’sirida bo‘lgan);
Tekshirish texnologiyasi: 500 V kuchlanishga mo‘ljallangan megometr yordamida yoritish uskunasining sirtiga nisbatan sim izolyasiyasining qarshiligi qoniqarli bo‘lsa, unda PRA uskunasi almashtiriladi.
4. CHiroq ulanganda, u doimo yonib o‘chadi, sababi:
a) emissiyaning (elektron chiqarilishi) yo‘qolishi;
b) starterning nosozligi;
v) chulg‘amdagi havo oralig‘i sozlanishi buzilgan (oraliq kichik, chulg‘am qarshiligi oshgan, chiroq kuchlanishi va toki kamaygan) bo‘lishi mumkin;
Tekshirish usuli: chiroqning yonishi tekshiriladi, agar chiroq normal yonsa, unda starter tekshiriladi. Agar starter normal ishlasa, unda PRA uskunasi almashtiriladi.
5. CHiroq ulanganda ravshan chaqnash kuzatiladi, shundan so‘ng chiroq yonmaydi va elektrodlar cho‘g‘lanmaydi.
a) sxema simlari izolyasiyasining buzilishi;
b) drossel chulg‘amida qisqa tutashuv;
v) chiroqning nosozligi.
Tekshirish usuli: megometr yordamida izolyasiya qarshiligi tekshiriladi. Agar u yaxshi bo‘lsa, unda chiroqning yondirilishi tekshiriladi. Agar chiroq normal yonsa, unda PRA uskunasi almashtiriladi.
6. CHiroq ulanganda (milt-milt etib turishi) kuzatiladi, lekin u yonmaydi va faqat bir elektrod nurlanadi.

Sababi:
a) sxemadagi xatolik (starter chiroq elektrodlariga ketma-ket ulangan);


b) patronning nurlanmayotgan elektrod tomonida qisqa tutashuv;
v) chiroqning nosozligi bo‘lishi mumkin.
Tekshirish usuli: sxemadagi barcha ulanishlar tekshiriladi, agar sxema to‘g‘ri bo‘lsa, unda chiroq oxiridagi patronlar almashtiriladi. Agar chiroqning oxirida nurlanish bo‘lmasa, unda chiroq nosoz bo‘ladi. Agar chiroqning joyi o‘zgartirilganda, chiroqning narigi oxirida nurlanish bo‘lmasa, unda patrondagi ulanish nosozligini yo‘qotish kerak.
7. CHiroq ulangan, u yaxshi, lekin xira yonadi.


Sababi:
a) ish holatida tokning kichikligi (PRA uskunasining nosozligi);
b) tarmoq qarshiligining kichikligi bo‘lishi mumkin.
Tekshirish usuli: yoritish uskunasi tekshiriladi, agar u ruxsat etiladigandan kichik bo‘lsa unda PRA almashtiriladi. PRA uskunasi nosoz bo‘lsa, tarmoqning normal kuchlanishida chiroq almashtiriladi.


Topshiriq

  1. Laboratoriya ishining bayoni, hamda keltirilgan adabiyotlar bilan tanishing.

  2. Lyuminessent chiroqli yoritish uskunalarining ulanish sxemalardagi elementlarning vazifasini aniqlang.

  3. Lyuminessent chiroqlarda, ishga tushirishning rostlovchi uskunada va starterda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nosozliklar bilan tanishing.

  4. Lyuminessent chiroqlar, ishga tushirishni rostlovchi uskuna, (PRA) va starterni tekshirish usullari bilan tanishib chiqing.

  5. Tekshiruv savollariga javob bering.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling