Электр хавфсизлиги
Birinchi yordam berish tadbirlari
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
2.4. Birinchi yordam berish tadbirlari
Birinchi yordam berish tadbirlari shikastlangan kishi tok ta‘siridan qutqarilgandan keyin uning qanday ahvolda bo‗lishiga bog‗liq. - agar shikastlangan kishi hushida bo‗lsayu, lekin bundan avval hushidan ketgan yoki ancha vaqt tok ta‘sirida qolgan bo‗lsa, tibbiyot xodimi etib kelguncha uni tamomila tinch yotqizib qo‗yish va 2-3 soat davomida unga qarab turish zarur. Agar zudlik bilan tibbiyot xodimini chaqirishning iloji bo‗lmasa, shikastlangan kishini transport vositasi yoki zambil bilan ta‘minlab, uni darhol davolash muassasasiga etkazish lozim; - shikastlangan kishi hushidan ketgan, lekin nafas olib turgan bo‗lsa, uni qo‗lay yotqizib tinch qo‗yish, kiyimlarining tugmalarini yechib, yoqalarini ochish, sof havo o‗tib turishini ta‘minlab, uning yonidagi ortiqcha odamlarni undan chetlatish lozim. Shikastlangan kishiga nashatir spirtini hidlatish, suv purkash (suvni og‗iz bilan purkash yaramaydi), badanini ishqalash va isitish kerak, hamda zudlik bilan tibbiyot xodimini chaqirish zarur. Agar shikastlangan kishining nafas olishi yomon, ya‘ni o‗layotganga o‗xshab siyrak va o‗htin-o‗htin nafas olayotgan bo‗lsa, sun‘iy nafas oldirishni davom ettirish shart; - shikastlangan kishida hayot belgilari (nafas olish, yurak urishi, puls) ko‗rilmaganida ham, uni o‗lgan deb hisoblash yaramaydi. Tokdan shikastlangan kishining o‗limi ko‗pincha soxta o‗lim bo‗ladi. Shunday holda yotgan kishiga darhol sun‘iy nafas oldirib, birinchi yordam berilmasa, uning hayoti asta-sekin so‗nib, o‗lib qoladi. Bunday hollarda tez yordam chaqiriladi va tibbiyot xodimi etib kelguncha tinmay sun‘iy nafas oldirib turiladi. O‗likdek bo‗lib qolgan kishini hayotga qaytarishda har bir daqiqa ham 28 g‗animatdir. Shu sababli, birinchi yordamni mumkin qadar tez va hodisa ro‗y bergan joyning o‗zidayoq bajarish lozim, agar bu joy shikastlangan kishiga yoki yordam beruvchiga xavfli bo‗lsa yoki u yerda yordam berishning iloji bo‗lmasa, shundagina shikastlangan kishini yordam berish uchun boshqa joyga ko‗chiriladi. Tokdan shikastlangan kishi yiqilib boshi majaqlangan bo‗lsa yoki gavdasi butunlay kuyib ketgan bo‗lsa, uni o‗lgan deb hisoblash mumkin. Boshqa hollarda uning o‗lgan-o‗lmaganini faqat mutaxassis yoki tibbiyot xodimi aniqlay oladi. Shikastlangan kishini yerga ko‗mish aslo yaramaydi, chunki bu foyda bermaydi va ustiga zarar ham keltiradi. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling