Электр хавфсизлиги


-rasm. 1000 V gacha bo„lgan elektr qurilmalarda simlarni kesish orqali tok ta‟sirida


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

12-rasm. 1000 V gacha bo„lgan elektr qurilmalarda simlarni kesish orqali tok ta‟sirida 
qolgan jabrlanuvchini qutqarish yo„llari 


26 
Yuqori kuchlanishli tok ta’siridan qutqarish yo‘llari. 
Shikastlangan kishini yerdan ko‗tarish yoki qurilmaning tok o‗tib turgan 
qismidan ajratish uchun, qo‗llarga rezinali qo‗lqop va oyoqlarga izolyatsion etik 
kiyib, kuchlanishga mo‗ljallangan shtangadan foydalanish kerak (13-rasm). 
13-rasm. 1000 V gacha bo„lgan elektr qurilmalarda o„tkazgichni izolyatsiyalangan shtanga 
bilan olib tashlash yo„li orqali jabrlanuvchini tok ta‟siridan qutqarish tartibi 
Elektr uzatish liniyalarida tok ta‘sirida qolgan kishini yuqorida aytib o‗tilgan 
usullarining biridan foydalanib, tok ta‘siridan tez va xavfsiz qutqarishning iloji 
bo‗lmasa, liniyaning hamma simlarini (ustiga boshqa yerlangan sim tashlash yo‗li 
bilan) qisqa tutashtirish va yer bilan (xavfsizlik texnikasi bo‗yicha umumiy 
qoidalarga muvofiq) yaxshilab birlashtirish zarur. Bunda liniya simlari ustiga 
tashlanadigan simlar qutqaruvchi kishiga tegib ketmasligi uchun tegishli choralar 
ko‗rish lozim. 
Bundan tashqari quyidagilarni inobatga olish kerak: 
1. Shikastlangan kishi baland joyda bo‗lganida, uning yiqilib ketmasligi 
uchun tegishli choralarni ko‗rish kerak; 
2. Shikastlangan kishi faqat bitta simga tegib turgan bo‗lsa, uni tok ta‘siridan 
qutqarish uchun shu simning o‗zini yerga tutashtirish ham ko‗pincha kifoya qiladi; 
3. Liniya simlarini qisqa tutashtirish yoki yerga tutashtirilganda, shunga 
ishlatiladigan simni oldin yer bilan birlashtirish, so‗ngra yerga tutashtiradigan 
liniya simlariniig ustiga tashlash kerak; 


27 
4. Shuni ham esda tutish lozimki, liniyadagi tokning sig‗imi katta bo‗lsa, bu 
tok manbadan ajratilgandan keyin ham liniyada kishining hayoti uchun xavfli 
zaryad saqlanib qolishi mumkin. Bunday hollarda liniyani yaxshilab yerga 
tutashtirish kerak. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling