24
Bu maqsadda metall yoki ho‗l buyumlarni ishlatish mutlaqo yaramaydi.
Tok ta‘sirida qolgan kishining quruq etagi (kiyimining
badanga tegmay
turgan joyi) dan tortib simdan ajratsa ham bo‗ladi, ammo bunda uning kiyimi
quruq bo‗lishi lozim (
10-rasm).
Shu bilan birga, atrofdagi metall buyumlarga va
tok ta‘sirida qolgan kishi badanining ochiq joyiga
tegib ketmaslik uchun juda
ehtiyot bo‗lish kerak.
Shuningdek, avval qo‗lni yaxshilab izolyatsiyalanmay turib, tok ta‘sirida
qolgan kishini oyog‗idan
tortish ham yaramaydi, chunki uning poyafzali ho‗l
bo‗lishi va poshnasidagi mixlardan tok o‗tishi mumkin.
10-rasm. 1000 V gacha bo„lgan elektr qurilmadan jabrlanuvchini kiyimini quruq joyidan
tortib olish yo„li bilan tok ta‟siridan qutqarish tartibi
Tok ta‘sirida qolgan kishiga yordam berish uchun uning badanining ochiq
joyiga qo‗l tekkizish zarur bo‗lsa, qo‗lga rezinali qo‗lqop va oyoqqa kalish kiyish
yoki qo‗lga sharf o‗rash, yengni tushirish lozim va hokazo, juda bo‗lmaganda, tok
ta‘sirida
qolgan kishiniig ustiga rezina, rezinali material (plashch) yoki oddiy
quruq material tashlash kerak. Oyoq tagiga quruq taxta yoki o‗zidan tok
o‗tkazmaydigan
quruq taglik solish, kiyimni va boshqalarni o‗rab qo‗yish ham
mumkin. Mumkin qadar, bir qo‗l bilan ish bajarish kerak (
11-rasm).
25
11-rasm. Kuchlanishi 1000 V gacha bo„lgan elektr qurilmadan jabrlanuvchini bir qo„l
bilan tortib olish tartibi
Past kuchlanishli tok ta‘sirida qolgan kishi qo‗llari bilan bir simni mahkam
ushlab, tok uning gavdasi orqali yerga o‗tayotgan bo‗lsa,
uning oyoqlari tagiga
quruq taxta qo‗yish, oyog‗iga arqon yoki kiyim solib uni yerdan uzish va tok
ta‘siridan qutqarish kerak. Biroq bunda yordam berayotgan kishi ham o‗ziga, ham
shikastlangan kishiga nisbatan yuqorida aytilgan ehtiyot choralarini ko‗rishi lozim.
Zarur bo‗lsa, past kuchlanishli simlarni dastasi quruq bolta bilan chopib uzish (
12-
rasm) yoki izolyatsiyalangan tegishli asbob bilan qirqish kerak.
Bu vaqtda juda
ehtiyot bo‗lish lozim (simga tegmasdan, qo‗lga rezinali qo‗lqop,
oyoqqa
izolyatsion kalish kiyib, har qaysi simni alohida qirqish kerak).
Do'stlaringiz bilan baham: