Электр хавфсизлиги


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/163
Sana06.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1751132
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК

“Bir, ikki, uch” deb gavda bilan oldinga asta-sekin engashiladi va 
gavdaning butun og‗irligini qo‗llarga tashlab shikastlangan kishining pastki 
qovurg‗alariga bosiladi (shikastlangan kishi nafas chiqaradi), kaftlarni 
shikastlangan kishining biqinidan olmay, gavda orqaga tashlanadi (shikastlangan 
kishi nafas oladi). 
“To„rt, besh, olti” deb sanagandan keyin, yana “bir, ikki, uch” deb, asta-
sekin engashiladi va gavdaning og‗irligini qo‗llarga tushirib, shikastlangan 
kishining pastki qovurg‗alariga bosiladi, va shunday harakatlar takrorlanaveradi. 
Ikkinchi usul. Agar yordamchilar bo‗lsa, ikkinchi usulni qo‗llangan ma‘qul, 
chunki bu usul yaxshiroq natija beradi. Biroq bu usulda yordam beruvchilar tez 
charchab qoladi, ular almashib turishlari kerak bo‗ladi (7-rasm). 
7-rasm. Ikki kishi bo„lganda sun‟iy nafas berish va yurakni tashqaridan massaj qi-lish 
tartibi 


21 
Ikkinchi usulda, shikastlangan kishini chalqancha yotqizish, boshini orqaga 
tashlamoq uchun kuragi tagiga kiyimini o‗rab qo‗yish va og‗zini shilimshiqdan 
tozalash, tilini chiqarib pastga, iyakka qarab sal tortish va shu holda ushlab turish 
lozim. Yordam beruvchi shikastlangan kishining bosh tomoniga tiz cho‗kadi, 
uning ikkala qo‗lini tirsagi yaqinidan ushlab ko‗krak qafasining yon tomonlariga 
asta-sekin bosadi (bunda shikastlangan kishi nafas chiqaradi). 
“Bir, ikki, uch” deb shikastlangan kishining qo‗llari yuqoriga ko‗tariladi va 
orqa tomonga tortiladi (bunda shikastlangan kishi nafas oladi), “to„rt, besh, olti” 
deb, qo‗llar yana ko‗krak qafasining yon tomonlariga asta sekin bosiladi va shu 
harakat takrorlanaveradi. 
Yordamchilar bo‗lsa, ikkinchi usulda ikki kishi sun‘iy nafas oldiradi. 
Ularning har biri shikastlangan kishining yon tomonida bir oyoq bilan tiz cho‗kib, 
uning bir qo‗lidan ushlaydi va sanab turib bir vaqtda mos harakat qiladi. Uchinchi 
kishi shikastlangan kishiniig tilidan ushlab turadi. 
Sun‘iy nafas oldirish to‗g‗ri o‗tkazilayotgan bo‗lsa, ko‗krak qafasini bosib 
qo‗yib yuborganda kekirdak orqali havo o‗tishi tufayli bir xil (ingraganga 
o‗xshagan ovoz) chiqadi.
Ovoz chiqmaganligi shikastlangan kishining tili orqaga ketib halqumiga 
tiqilib qolganini va o‗pkaga havo kirmaganini bildiradi. Bunday hollarda 
shikastlangan kishining tilini ko‗proq chiqarish kerak. 
Shikastlangan kishining qo‗li yoki o‗mrovi singan bo‗lsa, ikkinchi usulni 
qo‗llash yaramaydi. 
Sun‘iy nafas oldirishning har ikkala usulida ham shikastlangan kishining 
ko‗krak qafasini juda qattiq bosish yaramaydi, chunki uning qovurg‗asini sindirib 
qo‗yish mumkin. Bundan tashqari ikkinchi usulda, xususan qorin qattiq bosilsa, 
me‘dadagi ovqat siqib chiqarilishi va havo yo‗llariga tiqilib qolish ehtimolidan xoli 
emas. 
Shuningdek, ikkinchi usulda shikastlangan kishining qo‗llarini kuch bilan 
qattiq siltash yaramaydi, chunki bunday hollarda qo‗lni chiqarib, hatto sindirib 
qo‗yish ham mumkin. 


22 
Sun‘iy nafas oldirishning har ikkala usulida ham shikastlangan kishi 
badanining sovqotishiga yo‗l qo‗yish, uni yerga, tosh ustiga, beton yoki temir 
polga biror issiq narsa yozmasdan yotqizish yaramaydi. Shikastlangan kishini 
isitish uchun tanasiga va oyoqlariga issiq suvli shisha, qizdirilgan g‗isht yoki tosh 
qo‗yib ustiga biror narsa yopish kerak. Issiq suvli shisha, qizdirilgan g‗isht yoki 
tosh shikastlangan kishining badanini kuydirib qo‗ymasligi uchun, biror narsa 
bilan o‗rab qo‗yiladi. Bu ishlarni juda tez, sun‘iy nafas oldirishni to‗xtatmay, nafas 
olish paytida, ya‘ni qo‗llarni (birinchi usulda yordam beruvchining qo‗llari yoki 
ikkinchi usulda shikastlangan kishining qo‗llari) shikastlangan kishining ko‗krak 
qafasidan 2-3 sekundga olganda qilish kerak. 

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling