30
Kuchli qon oqqanda zudlik bilan tibbiyot xodimini chaqirilishi zarur.
Bu usulda
bog‗langanda, 1,5-2 soatdan so‗ng yig‗ib, agar tez yordam kelmasa, qayta bo‗g‗ib
bog‗lab, so‗ngra tibbiyot muassasiga jo‗natish zarur.
Qon oqishini barmoqlar bilan bosib to‘xtatish.
1. Jarohatning yuqorisidagi qon tomirlarini barmoqlar bilan tegishli suyakka
bosib qon oqishini tez to‗xtatsa bo‗ladi.
Odamning badanida bir qator nuqtalar bo‗lib, shu nuqtalardan qon
tomirlarini tegishli suyakka bosish mumkin. Qon tomirlarini bosishning eng qulay
joylari va usullari
14-rasmda ko‗rsatilgan:
14-rasm. Buramadan foydalangan holda qonni to„xtatish tartibi:
a) bog„lash yo„li bilan; b) tayoqcha bilan burash yo„li bilan; v) tayoqchani mahkamlash yo„li
bilan;
- yuzning pastki qismidagi qon tomirlaridan oqayotgan qonni jag‗
arteriyasini pastki jag‗ chetiga bosib to‗xtatiladi;
- chakka va manglaydan oqayotgan qonni chakka arteriyasini quloq oldidan
bosib to‗xtatiladi;
- bosh va bo‗yinning katta jarohatlaridan oqayotgan qonni uyqu arteriyasini
bo‗yin umurtqa suyagiga bosib to‗xtatish mumkin;
- qo‗ltiq osti va yelka jarohatidan oqayotgan qonni o‗mrov
osti arteriyasini
31
o‗mrov chuqurchasidagi suyakka bosib to‗xtatiladi;
- bilak jarohatidan oqayotgan qonni yelka arteriyasini yelkaning o‗rtasidan
osib to‗xtatiladi;
- panja va barmoqlar jarohatidan oqayotgan qonni bilakning panja oldi
qismidagi ikkita arteriyani bosib to‗xtatiladi;
- oyoqlar jarohatidan oqayotgan qon son arteriyasini chanoq suyagiga bosib
to‗xtatiladi. Oyoq panjasi jarohatidan oqayotgan qon panjaning ichiga o‗tuvchi
arteriyani bosib to‗xtatiladi;
- qonayotgan tomirni barmoqlar bilan suyakka
birmuncha qattiq bosish
kerak.
2. Qon oqishini to‗xtatish uchun tomirni barmoqlar bilan bosgandan ko‗ra,
qo‗l yoki oyoqni bo‗g‗imidan bukish yaxshi natija beradi.
Agar shikastlangan kishining yengini yoki shimini tezgina shimarib,
jarohatdan yuqoridagi bo‗g‗imni oxiriga qadar qattiq bukilsa va shu bukilgan joyga
dumaloq qilib o‗ralgan har qanday materialni qistirib qo‗yilsa, jarohatga boradigan
arteriya bosiladi. Shu holatda oyoq yoki qo‗lni gavdaga bog‗lab qo‗yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: